G. Sh. Mamutova, S. Seytmuratov, K. A. O`



Download 20,02 Kb.
Sana04.06.2017
Hajmi20,02 Kb.
#10393
MATEMATIKA DARSLARIDA Interfaol TA`LIM SHAKLINI AMALDA QO`LLASH

G. Sh. Mamutova, S. Seytmuratov, K.A. O`mirbaeva

Nukus Davlat Pedagogika instituti

Bugungi davr faol harakatlar, izlanishlar, tezkor axborotlar, ilg`or texnologiyalar zamonidir. Ayniqsa, aniq fanlar muallimi bo’lish o’qituvchidan alohida mas’uliyat, kuchli bilim, tinimsiz izlanishni talab qiladi. Bu sohada muvaffaqiyat qozonish, tilga tushish o’z-o’zidan bo’lmaydi. Ammo tinimsiz mehnat o’z samarasini bermasdan qo’ymaydi.

Tafakkur — bu inson ijodiy faolligining yuksak shakli. Shuning uchun o’quvchilarda ijodiy faollik zaminida yotuvchi mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish umumta’lim maktablari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Zero, mustaqil ijodiy fikr yurituvchi yoshlargina mamlakatimiz kelajagining porloq bo’lishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’sha oladilar.

Ma’lumki, o’quvchi faoliyati butun ta’lim-tarbiya jarayonining asosi hisoblanib, o’qituvchi turli-tuman usullardan foydalangan holda o’quvchi faoliyatini aniq maqsadlar tomon yo’naltirib turadi. Umumta’lim maktablarining asosiy maqsadi yoshlarni fan asoslari bilan qurollantirish, ularni bilim olishga, mustaqil va erkin fikrlashga o’rgatishdan iboratdir.

Prezidentimiz alohida ta’kidlaganlaridek, «Agar bolalar erkin fikrlashga o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o’z yo’liga. Mustaqil fikrlash esa katta boylikdir. O’qituvchining bosh vazifasi o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan iboratligini ko’pincha yaxshi tushunamiz, lekin afsuski, amalda, tajribamizda unga rioya qilmaymiz».

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovastion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish kundan-kunga kuchayib bormokda. Innovastion texnologiyalar, pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to’liq foydalaniladi. Interfaol metodlar pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib, ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o’ziga xosligi — ular faqat pedagog, o’quvchi va talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:



  • o’quvchini dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga yo’llash;

  • o’quvchilarning o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarining doimiy ravishda bo’lishini ta’minlash;

  • o’quvchining bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirish;

pedagog va o’quvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatining tashkil etilishi.

Pedagogik texnologiyaning maqsadi — o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil etib natijaga erishish, o’quv jarayonida o’quvchining mustaqil fikrlay olishi, ijodiy ishlay olishi, izlanishi, tahlil eta olishi va xulosa chiqara olishi, shuningdek, o’ziga, guruhga, guruh esa unga baho bera olishi kerak. O’qituvchining esa bunday faoliyat uchun imkoniyat va sharoit yarata bilishi o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir darsning mavzusi, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor. Pedagogik texnologiya yakka tartibdagi jarayon bo’lib, o’quvchi ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilgan pedagogik jarayondir.

Interfaol degani buo’qituvchi va o’quvchining o’zaro hamkorligi asosida dars samaradorligini oshirish, o’quvchida mustaqil fikrlash. ko’nikmalarini shakllantirishning fikr-mulohaza, bahs orqali amalga oshirilishidir.

O’quvchi qo’yilgan maqsadga mustaqil, o’zi faol ishtirok etgan holda yakka, juftlikda, guruhlarda javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, yozadi, so’zga chiqadi. Dalil va asoslar orqali fikrini yoritib berishga harakat qiladi. Har qanday matematik tushuncha yoki nazariy mavzu o’quvchilarga ma’lum bir metodlar asosida tushuntiriladi. Ana shunday metodlar ikki yo’nalishda bo’lib, ulardan biri o’qituvchining tushuntirish metodlari, ikkinchisi esa o’quvchilarning qabul qilish metodlaridir O’qituvchining tushuntirish metodlari ma’ruza, suhbat va mustaqil ishlardan iborat. O’qituvchi bir soatlik darsi jarayonida ana shu uchta metoddan foydalanib dars jarayonini olib boradi. O’qituvchi tomonidan tushuntirilgan mavzuni o’quvchilar reproduktiv, evristik va izlanish metodlari yordamida qabul qiladilar.

Agar o’qituvchi dars jarayonida mavzuni ma’ruza metodi bilan tushuntirsa, o’quvchilar reproduktiv metod bilan qabul qiladilar. Bunda mavzu materialining mazmuni mantiqiy tahlil qilinmaydi, ma’ruza metodi bilan dars o’tishda o’qituvchining o’zi juda faol bo’lib, talabalar esa faol bo’lmaydi. Agar o’qituvchi mavzuni suhbat metodi bilan tushuntirsa, o’quvchilar evristik metod bilan qabul qiladilar. Bunda talabalarning tushuntirilayotgan mavzu materialiga nisbatan faolligi oshadi, chunki o’qituvchi mavzu mazmunini mantiqiy ketma-ketlikka ega bo’lgan savollar asosida o’quvchilar bilan birgalikda ochib beradi, bunda bevosita o’quvchilar ham savollarga javob berish orqali dars jarayonida faol ishtirok etadilar. Umuman olganda suhbat metodi bilan dars o’tishning mohiyati shundan iboratki, o’qituvchi tomonidan sinf o’quvchilari uchun o’tiladigan mavzu materialining mazmuni muammo qilib qo’yiladi, so’ngra maqsadga tomon yo’naltiruvchi savollarni o’quvchilarga berish orqali qo’yilgan muammo hal qilinadi.

Agar o’qituvchi mavzuga doir misol yoki masala echmoqchi bo’lib dars jarayonini rivojlantirgan bo’lsa, u mustaqil ishlash metodi bilan dars o’tadi, bunda o’quvchilar qo’yilgan masala yoki misolni echish uchun fikrlaydilar, izlanish metodi bilan mavzuni o’zlashtiradilar. Bunday dars jarayonida o’quvchilar juda faol bo’ladi, chunki ular echish uchun doskaga o’qituvchi tomonidan yozib qo’yilgan misol yoki masala yuzasidan mustaqil holda fikrlaydilar, o’ylaydilar va mantiqiy xulosa qiladilar, bu bilan ularda mantiqiy fikrlash rivojlanadi.

O’qituvchining tushuntirish va o’quvchining qabul qilib olish metodlari asosida ular ongida bilish deb ataluvchi psixologik jarayon hosil bo’ladi. Bugun ta’lim-tarbiya jarayonini davr talablariga mos ravishda amalga oshirishning eng zarur omili bo’lgan zamonaviy darsning har biri o’quvchi-yoshlar uchun o’ziga xos quvonch doirasiga, har bir ta’lim dargohi esa shodlik maskaniga aylanishi lozim. Xususan, darsga ishonch bilan kelib, o’z o’qituvchisini alohida hurmat va e’zoz bilan kutib olish tuyg`usini shakllantirish bugungi kun ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy mezonlaridandir. Uqituvchi dars paytida o’quvchilarga to’g`ri yo’l-yo’riq berib tursa, o’zlashtirishi qiyin bo’lgan bolalar faol ishtirokchiga aylanganini o’zlari bilmay qoladilar.

Ma’lumki, o’quvchi faoliyati butun ta’lim-tarbiya jarayonining asosi hisoblanib, o’qituvchi turli-tuman usullardan foydalangan holda o’quvchi faoliyatini aniq maqsadlar tomon yo’naltirib turadi. Prezidentimiz I.A.Karimov «Ta’lim-tarbiya—ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib, ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad — ozod yurt, bo’lmaydi»

Adabiyotlar:


  1. N.N. Azizxo’jaeva Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat T.: -2003 y

  2. И. КаримовУзбекстан, устремленныйвХХIвек – Т.: Узбекстан. 1999 г

Резюме:

Bugungi davr faol harakatlar, izlanishlar, tezkor axborotlar, ilg`or texnologiyalar zamonidir. Ayniqsa, aniq fanlar muallimi bo’lish o’qituvchidan alohida mas’uliyat, kuchli bilim, tinimsiz izlanishni talab qiladi. Bu sohada muvaffaqiyat qozonish, tilga tushish o’z-o’zidan bo’lmaydi. Ammo tinimsiz mehnat o’z samarasini bermasdan qo’ymaydi.



Summary:

Today, the period of active movements, research and operational information, in the are of advanced technology. Especially teachers of science a special responsibility to be a teacher and a good knowledge, further research is needed. Success in this area, said the decline is not granted. However, the hard work is not without its results.
Download 20,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish