Rasmiy ish qog’ozlari uslubi. Bular eng ko’p va keng tarqalgan nutq ko’rinishlari bo’lib, shaxslar bilan shaxslar orasidagi, shaxslar bilan idora o’rtasidagi, shaxs bilan davlat idoralari orasidagi ijtimoiy munosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi.
Qisqalik, aniqlik, soddalik rasmiy ish qog’ozlarining bosh belgilaridir. Ibora va jumlalar bir qolipda bo’ladi.
Ommabop (publitsistik) uslub. Ommabop uslub- matbuot, radio, teleko’rsatuvlarga xos bo’lgan tildir. Bu uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, bosh maqolalardan iborat bo’ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali izchil ifodalanadi. Zarur o’rinda asoslar keltiriladi. SHuning uchun ham rasmiy xabarlar “muxbirimizning xabar berishicha, elchixona xodimining so’ziga ko’ra, muxbirimiz voqea ro’y bergan joydan xabar beradi.... ” va hokazo iboralarini qo’llanadi.
Ommabop uslubni shakllantiruvchi vositalar ijtimoiy- siyosiy so’zlar qatlami bo’ladi: fuqorolik burchi, iqtisodiy tejamkorlik, siyosiy vaziyat, hukumat tangligi.
Ilmiy uslub. Fan va texnika tili ilmiy uslub deyiladi. Ilmiy tilning asosi atama, ta’riflar, qoidalar, qonunlardir. Masalan, atamalar faqat bir ma’noda qo’llanib, o’zi ifodalayotgan tushunchaning tub mohiyatini ko’rsatadi, masalan, o’zak, negiz, yasovchi qo’shimcha, turlovchi va tuslovchi qo’shimchalar, shakl yasovchi kabi atamalar- so’z tarkibiga oid lingvistik tushunchalarni ifodalaydi.
Badiiy uslub. Badiiy asarlar o’ziga xos uslubda yoziladi. Badiiy uslub umumiy hususiyatlarga ega bo’lish bilan birga, uning har bir turi (nazm, nasr, hikoya, qissa, roman, doston, fel’eton, esse, fantastika, qo’shiq va b.) o’z yo’li va vositalari, o’z uslubiga ega bo’ladi.
Ma’lumki DTSida belgilab berilgan ona tili ta’limi mazmuni aniq mavzular va til materiallari asosida dastur va darslikda o’z ifodasini topadi. Ular biri ikkinchisining ijrochisi bo’lib, bir-biriga muvofiq kelishi lozim.
Xulosa qilib aytganda tilshunoslikning barcha bo’limlari singari adabiy til uslublarini o’qitishning mazmuni metodist olimlarning ko’p yillik kuzatishlari, tajribalari, tajriba natijalarining tahlili asosida takomillashtirilib kelinmoqda. Ayniqsa, adabiiy til uslubiyatini o’qitishning amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Topshiriqlar:
Adabiy til uslublari mavzusini qisqacha konspektlashtiring.
Adabiy til uslublarining asosiy vazifalari nimalardan iborat.
Adabiy til uslubini yaratuvchi vositalarni bilib oling.
Mavzu yuzasidan ikkita test tayyorlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |