Denov filiali pedagogika fakulteti



Download 7,27 Mb.
bet195/360
Sana11.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#544168
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   360
Bog'liq
Denov filiali pedagogika fakulteti (3)

Uyga vazifa. 388-mashq. O’quvchilar mashqni shartiga ko‘ra mustaqil bajaradilar. Nuqtalar o‘rniga shaxs-son qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib, gaplarni yozishlari haqida yo‘llanma beriladi.

O’qituvchi ma’nosi qiyin so‘zlarni oldin o‘quvchilardan so‘raydi, so‘ng o‘zi so‘zlarni izohlab beradi.

  1. Lug‘at ishi. nafim — foydam, yordamim; zimma — o‘z ustiga, o‘z bo‘yniga; foz.il — olim odam; komil — kamolotga yetgan, yetuk inson; zalolat — yo‘ldan ozish.

  2. Darsda o‘tilganlarga yakun yasash.

  • Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar nimani bildiradi?

  • Harakatni bildirgan so‘zlar qaysi turkumga kiradi?

  • Fe’llargapda qanday bo‘lak vazifasida keladi?

  • Fe’lning bo‘lishsizlik shakli qanday hosil bo‘ladi?

  • Fe’lning shaxs-son qo'shimchalari bilan qo‘llanishi nima deyiladi?

  1. O’quvchilarni rag‘batlantirish.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
1. Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o’qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009. - 163 b.
2. U. Masharipova, M.Umarova.Ona tili 3-sinf. Metodik qo’llanma –Tosh.: Sharq,2016.–121-125 b.
3. X.G’ulomova, T.G’afforova.1-sinfda Ona tili darslari -T.: Sharq, 2003.- 103-105 b.
4. R.Ikromova. –Ona tili 4-sinf. T.-2015: O’qituvchi, 126-128 b.


28-amaliy mashg’ulot. 7.5. Fe’l zamonlarini o’rganish darslari
va ishlanmasini tuzish. (2 soat)
Reja:

  1. Fe’l zamonlarini o’rganish xususiyatlari.

  2. Fe’l zamonlarini o’rganish bo’yicha nazariy-metodik savol-javob o’tkazish.

  3. Fe’l zamonlariga doir dars fragmentlarini kuzatish va tahlil qilish.

  4. Talabalar faoliyatini baholash.

Fe’l zamoni formasining mohiyati ish-harakat qachon bajarilishini, ya’ni ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytda, undan oldin va keyingi bajarilishini taqqoslash asosida ochiladi. O‘quvchilar o‘zlari bajargan yoki bajarayotgan harakatlarni kuzatadilar, shuningdek, keyin nima qilishlarini muhokama etadilar. Xuddi shunga o‘xshash kuzatishni tabiatda bo‘layotgan o‘zgarishlar yuzasidan ham o‘tkazadilar. Bu mavzu bahorda o‘tiladi. Shuning uchun bolalar kuzatish asosida Bahor keldi. O‘rik, olcha gulladi. Gullar ochilayapti. Endi gilos pishadi. Bahordan so‘ng yoz keldi. Yozda u lagerga bormoqchi kabi gaplar tuzadilar.


Gapdagi fe’llarga so‘roq berib, ish-harakatining bajarilishi payti, ya’ni ish-harakat bajarilayotganini (nima qilyapti? o‘qiyapti, ochilyapti), oldin bajarilganini (nima qildi? o‘qidi, keldi, gulladi) va keyin bajarilishi (nima qilmoqchi? Yodlamoqchi, bormoqchi) aniqlanadi. Aniq kuzatish asosida yig‘ilgan bu leksik materiallar o‘qituvchi rahbarligida umumlashtiriladi va xulosa chiqariladi.
1. Fe’llar zamon bilan o‘zgaradi. Fe’l uch zamonni bildiradi: hozirgi zamon, o‘tgan zamon, kelasi zamon.
2. Hozirgi zamon fe’llari nima qilyapti? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, hozirning o‘zida, ya’ni nutq so‘zlanayotgan vaqtda bajarilayotgan harakatni bildiradi.
3. O‘tgan zamon fe’li nima qildi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, harakatning oldin, ya’ni nutq so‘zlanayotgan vaqtdan oldin bajarilganini bildiradi.
4. Kelasi zamon fe’li nima qilmoqchi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, harakatning keyin, ya’ni nutq so‘zlanayotgan vaqtdan keyin bajarilishini bildiradi. boshlang‘ich sinf o‘quvchilari fe’l zamonlarini unga beriladigan so‘roqdan bilib oladilar. So‘roqdan uning leksik ma’nosi ham bilinib turadi.
Fe’lning zamon formasini yasash va bilib olish uchun o‘quvchilarni so‘roqlardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish ham muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish uchun avval kollektiv ravishda ishlanadi va o‘quvchilar e’tibori so‘roq bilan fe’l zamonining bog‘lanishini aniqlashga qaratiladi. Zamon formasini hosil qilish uchun fe’lning ikkinchi shaxs-birlik formasi asos qilib olinadi (Boshlang‘ich sinflarda fe’lning bosh formasi o‘rganilmaydi).
Fe’lga so‘roq berish bilan fe’l zamoni hosil qilinadi.


Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish