Декабрь 2020 10-қисм
Тошкент
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTAB O‘QUVCHILARINI KASB-HUNARGA VA
BITIRUVCHILARNI OLIY TA’LIMGA YO‘NALTIRISH
Fayzanova Umida Xusenovna
Navoiy viloyati Navoiy tumani
53-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori
Annatatsiya:Ushbu maqolamda maktab o‘quvchilarini kasb- hunarga yo‘naltirish va
bitiruvchilarning oliy ta’limga yo‘naltirishning o‘ziga hos hususiyatlari haqida yozilgan
Kalit so‘zlar: Maktab, ota-ona, oila, o‘quvchi, o‘qituvchi, olit ta’lim.
Bitiruvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda faqat qiziqishlari va kasbga bo‘lgan
munosabatlaridan tashqari bugungi kunda hududimizdagi imkoniyatlar va kadrlarga ehtiyojni
hisobga olish, shuningdek, bandlikka ko‘maklashish markazining yillik hisobotlari bilan tanishib
chiqishi kerak. Bu faqat o‘quvchilar emas, balki o‘qituvchilar va ota-onalarning oldida turgan
muhim masalalardan biri.
Kasbiy, hududiy diognostika tahlilidan kelib chiqib bitiruvchilarga bundan keyin texnik,
texnolog, muhandis kabi yo‘nalishlarda o‘qishini taklif etishimiz lozim.
Maktablarning umumiy vazifasi o‘quvchilarni mustaqil hayotga va ishlab chiqarish korxonalarida
mehnat qilishga tayyorlashdir. Maktablarda kasb-hunarga yo‘naltirish psixologik-pedagogok va
tibbiy chora-tadbirlar tizimidan iborat bo‘lib maktab bitiruvchisiga jamiyat ehtiyojlari va uning
qobiliyatlarini inobatga olgan holda kasb tanlashga yordam beradi. O‘quvchilarni mustaqil
kasbni tanlash imkoniyatlari saviyasining pastligi sababli maktabda kasb-hunarga yo‘naltirish
ishlari eng avvalo ularning kasbiy qobiliyatlari va mayinliklarini aniqlash, shuningdek rivojlanish
dinamikasini o‘rganish vazifalarini hal qilishni taqozo etadi.
Endi pedagogik- psixolog ta’rafdan yondashadigan bo‘lsak, quyidagilarni joriy etishni taklif
qilamiz:
1. O‘quvchilarga kasbiy maslahat markazini tashki etish.
2. Markaz rahbarligiga texnologiya, boshlang‘ich sinf, tabiiy fanlar va aniq fanlar yo‘nalishi-
dagi o‘qituvchilarni ta’yinlash.
3. 1-11-sinf o‘quvchilarini maktab kasbiy maslahat va ilmiy ishlar markaziga jalb etish.
4. Yosh xususiyatlariga qarab sinflarga bo‘lish.1-4-sinf o‘quvchilari uchun kasb alifbosi, kas-
blar o‘yini, kasblar bo‘yicha qiziqishlar haritasi, yosh xuxusiyatiga qarab test, so‘rovnoma, rasm-
lar anketasini olib, tahlil qilish
5. 5-7-sinf uchun kasbiy ma’lumotlar,konferensiyasi, seminar, onlayn tarzda oliy ta’lim
muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va targ‘ibot ishlarini olib borish.
6. 7-9 sinf o‘quvchilari uchun grafik asosida tanlangan yo‘nalishlari bo‘yicha ish berish muas-
sasasi ma’mutiyati bilan onlayn aloqalar o‘rnatish, uchrashuv tashkil etish, ekskursiyalar uyusht-
irish, shu yo‘nalishlar aks etgan ma’lumotlar (kitob, afisha, tarqatmalar, videoroliklar) tarqatish.
7. 9-11-sinf o‘quvchilarining qiziqishidan kelib chiqib to‘rt tomonlama (o‘quvchi, ota-ona,
maktab va ish beruvchi) shartnoma tuzish va bu bo‘yicha “Maktab-oila-mahalla-oliy o‘quv yurt-
lari-tuman hokimligi” tizimini yo‘lga qo‘yish.
8. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda nazoratni yo‘lga qo‘yish.Maktab rahbariyati, bandlik-
ka ko‘maklashish markazi, tuman hokimligi hisobotlarini onlayn tarzida olib borish.
xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatov tomonidan yoshlarimizga bir vaqtning o‘zida bir nechta
oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish imkoniyatini berish tashabbusining amaliyotga tatbiq etishi,
ularning ta’lim olish huquqlarini kengaytirishga hizmat qiladi. Biz umumiy o‘rta ta’lim rahbarlari
o‘quvchilarimizni yurtimiz rivojiga hissa qo‘shishi uchun shart-sharoit yaratib berishimiz kerak
deb o‘ylayman.
87
Do'stlaringiz bilan baham: |