Декабрь 2020 10-қисм Тошкент BOSHLANG‘ICH SINFDA O‘QITUVCHINING O‘QUVCHILAR BILAN O‘ZARO HAMKORLIGI Hakimova Hurmat Alimovna Navoiy viloyati Karmana tumani 31-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Annatatsiya:Ushbu maqolamda boshlang‘ich siflarda o‘qituvchi va o‘quvchilarning dars
mobaynida o‘zaro hamkorligi haqida yozganman.Bu hamkorlik o‘qituvchi va o‘quvchi dars
mobaynida birga ishlash yo‘llari haqida yoritilgan
Kalit so‘zlar:O‘quvchi,o‘qituvchi, ta’lim, ixtisoslashgan.
Bugungi kunga qadar amaldagi o‘quv jarayonida o‘quvchi-o‘qituvchi munosabatlarida
monologik ish uslubi hukmronlik qilmoqda: hamon o‘qituvchi gapiradyan vaqt mobaynidai,
o‘quvchi tinglaydi. O‘quvchi faqat belgilab qo‘yilgan muayyan vaqt mobaynida o‘z fikrini bayon
qilishi mumkin. Shunda ham uning aytgan fikrlari mustaqil bo‘lmaydi. O‘quvchi tomonidan
bayon qilingan fikr asosan o‘qituvchi uchun muhim bo‘lishi kerk. Bu fikr o‘quvchi uchun
qanchalik muhimligu inobatga olinmaydi. pedagogik jarayonni diolglashtirish birinchi navbatda
mavjud vaziyatlarda o‘qituvchi bilan o‘quvchi mavqeyi teng bo‘lishiga erishishni talab qiladi.
Bu mavqe o‘quv jarayonining teng huquqli ishtirokchilari, o‘zaro hamkorlik hamda muloqot
jarayoniningsub’ekti tarzida namoyon bo‘lishi kerak. O‘quv faoliyati mayillarni aniqlash
didaktikaning markaziy masal;alaridan hisoblanadi.
Bu esa o‘z navbatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘quv jarayonida o‘quvchi faoliyatini induviduallashtirish
bilan bog‘liqdir. Quydagi uch shartga amal qilgandagina o‘quvchida egallagan bilim va
tajribalarga asoslangan o‘quv mayllari hosil bo‘lishi mumkin:
O‘quvchi har doim menga nimani o‘rgatsalar o‘sha narsani o‘rganish qiziqarli, degan o‘y
bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etishi;
Meni kim o‘qitishi ahamiyatli, degan savolni o‘z oldiga qo‘ya bilishi;
Meni qanday o‘qitishlari muhim, degan savolga javob topishi kabilar.
Bugungi kunga qadar mutaxassislar juda kam ahamiyat bergan muhim bir dalil ham mavjudki,
bu dalil o‘quvchida o‘quv mayllarning jadal rivojlanishida alohida o‘rin egallaydi. O‘qituvchi
o‘quvcilar uchun har doim kattalar jamiytining azosi hisoblanadi.U o‘z o‘quvchilari ularning ota-
onalariga nisbatan ko‘proq muloqotda bo‘ladi. Bu shak-shubhasiz o‘quvchining kattalar olami
bilan aloqa o‘rnatishga alohida ta’sir ko‘rsatadi.Ta’lim berishda individual ta’limdan foydalanish
uning samaradorligini oshirishda alohida ahamiyatga ega. O‘quvchining individual xususiyatlari,
qiziqishlariga qarab bilimlarini taqdim etish imkoniyatini beradi. Bu esa o‘quvchining kasb
ttanlashi uchun qulay pedagogik sharoit yaratish, ularning tanlovlarini qo‘llab-quvvatlashga
ko‘maklashadi. Shu bilan birga o‘quvchilarning mustaqil, ongli tanlovlarini ta’minlaydi.
Buning natijasida o‘quvchilar o‘zlarining shaxsiy hayot yo‘llarini loyhalashtirish imkoniyatiga
ega bo‘ladilar, ularda tadqiqotchilik, loyhalash, erkin muloqat va tanlov ko‘nikmalari tarkib
topadi. Tabaqalashtirilgan bilimlar yordamida ular o‘zlarining individual kasbiy yo‘nalishlarini
belgilashga intiladilar. Maktab ta’limini tabaqalashtirish asosida kasbiy sohalarga ajrashi maqsadiga
yo‘naltirilgan pedagogik harakatlar ixtisoslashgan shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv jarayoni sifatida
tarkib toptirishga imkoniyat beradi. Bu esa o‘quv jarayonini individuallashtirishning samarali
shakli hisoblanadi. Buning natijasida har bir o‘quvchining shaxsiy quvvatlari namoyon bo‘ladi
va ro‘yobga chiqadi. Har qanday ixtisoslashgan ta’lim jarayonida birinchi navbatda o‘quvchi
shaxsiga yo‘naltirilgan uni rivojlantiruvchi darslarni o‘qitish o‘qituvchi oldidagi maqsadlardan
biri bo;lib qolishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. N.N.Alimov,J.R Nurmatov “pedagogik texnologiyalar”(o‘quv uslubiy qo‘llanma)2007-yil
2. G.Boymurodova,x.Sattarova, Z.Kabilova.”O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma,T-
“Sharq” 2017-yil