Декабрь 2020 10-қисм
Тошкент
MASALALARNING O‘QUVCHILAR BILIM OLISHIDAGI AHAMIYATI
Ismoilova Shohista Zayniddinovna
Toshkent viloyati Toshkent tumani
7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini har tomonlama rivojlantirish pedagogik jarayonning asosiy
tarkibiy qismidir. O‘quvchilarga ularning qobiliyatlarini namoyon qilishga imkon berish, mus-
taqilligini va ijodiy potinsialini rivojlantirish boshlang‘ich maktabning asosiy vazifasidir. Bu
masalalarni muvofaqiyatli hal qilish uchun ko‘p tomondan o‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan
qiziqishning shakllantirilganligiga bog‘liq.
O‘quvchilarning bilim olishga qiziqishlarini rivojlantirishda tafakkur asosiy rol o‘ynaydi.
Tafakkur bilan bir vaqtda va uning bilan bog‘liq ravishda barcha bilim olish jarayonlari rivojlanadi.
Tafakkurning rivojlanishi bilan birgalikda “fikran, sodda ishlarni rejalashtirish”, o‘zining
harakatlarini baholash xususiyatlari rivojlana boradi.
Matematika tafakkurni rivojlantirish uchun asosiy zamin bo‘lib xizmat qiladi. Tafakkurni
rivojlantirishning konkret usullari mavjud emas. Biz o‘quvchilar tafakkurini umuman o‘stiramiz,
matematika o‘rgatish va h.k lar orqali.
Dastlabki matematik bilimlarni o‘quvchilar o‘zlarining oldingi bilimlariga mos ravishda bir-
biri bilan bog‘liq holda o‘zlashtiradilar. Bunda ular tafakkurning ular bilimlarga mos darajasidagi
amallari: analiz, sentiz, taqqoslash, abstraktlashtirish, konkretlashtirish, induksiya va deduksiyadan
foydalanishadi, mulohazalar yuritishadi. Matematik bilimlarni o‘zlashtirish o‘quvchilarning
fikrlashini rivojlantiradi. Tafakkur amallarini bilib olish esa o‘z navbatida yangi bilimlarni
o‘zlashtirishni yengillashtiradi.
Real dunyo predmetlari va hodisalarni o‘rganish uchun biz ularni xayolan (fikran) kichik
qismlarga ajratamiz, ya’ni analiz qilamiz; qismlar yoki predmetlar va hodisalar orasidagi
bog‘lanishni o‘rganamiz, ya’ni sentiz qilamiz. Tafakkurning bu amallari o‘zaro bog‘liqdir.
Analiz va sintez amallari arifmetikani o‘rganishda ham, mashqlar bajarilganda ham,
masalalar yechilganda ham ishlatiladi. Birinchi sinfdayoq o‘quvchi to‘plam elementlarini real
ko‘rinishda qismlarga ajratadi, o‘rganadi va ularni birlashtiradi. Keyinchalik esa u xayolda, fikran
analiz va sintez amallarini bajara boshlaydi.
Matematikaning har qanday bo‘limini o‘rgatishda ham analiz va sintez amallaridan keng
foydalanilаdi. Bu amallar matnli masalalarni yechishda ham ishlatiladi.
O‘qituvchi rahbarligida o‘quvchi masalaning mazmunini analiz qiladi, uni sonli ma’lumotlarga
ajratadi, berilgan qism va topilishi kerak bo‘lgan noma’lumlarni aniqlaydi.
Murakkabroq arifmetik masalalarni yechishda murakkab hamda nozik analiz va sintez usullari
ishlatiladi.
Boshlang‘ich matematikani o‘rgatishda taqqoslash usulidan ham foydalaniladi. Bunda berilgan
arifmetik masalalardagi ob’ektlar va ularning qismlari o‘zaro taqqoslanadi, o‘xshash va o‘xshash
bo‘lmagan xususiyatlar aniqlanadi.
90
Do'stlaringiz bilan baham: |