Декабрь 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TA’LIMIY O‘YINLARDAN FOYDALANISHNING
SAMARALI USULLARI
Jumaniyazova Mexrinisa Madrimovna,
Shovot tumanidagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining
boshlang‘ich tarbiya fani o‘qituvchisi.
Emaill: mehriniso@inbox.uz.Tel:+99 42433 47
Annotatsiya: Maqolada boshlang‘ich sinflarda ta’limiy o‘yinlardan foydalanishning samarali
usullari haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar: boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, o‘yin, bola, ko‘rgazmalilik,ta’limiy
Ma’lumki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning asosiy faoliyati o‘yinlardir. Maktabda 45 daqiqa
o‘rnidan qimirlamay darsni tinglab, o‘qituvchi tomonidan berilayotgan barcha ma’lumotlarni
o‘zlashtirish yosh bolalar uchin juda murakkab jarayondir. Buni oldini olish uchun o‘yin va ta’lim
faoliyatlarini chambarchas bog‘lash zarur. Ya’ni dars jarayonida ta’limiy va harakatli o‘yinlardan
foydalanish, ta’lim samaradorligini biz istagan darajadanda yuqori bo‘lishiga erishishimiz
mumkin. Dars jarayonida ta’limiy o‘yinlardan foydalanish bolada erkin muloqotga kirishish,
o‘z fikrini erkin bayon etish hamda yangi bilimlarni, tasavvurni ishga solgan holda to‘laligicha
esda saqlab qolish imkonini beradi. Ta’limiy o‘yinlarning yana bir jihati shuki, u bolada ikki
miya yarim sharlarining bir vaqtning o‘zida ishlashini ta’minlaydi. Miyadagi bunday faollik
berilgan axbarotni bir vaqtning o‘zida qabul qiladi, esda saqlaydi uni qayta tahrirlab berilgan
savolga tez va aniq javob berishni ta’minlaydi.O‘yin - bola hayotining uzviy qismidir. O‘yin
orqali bola atrof -muhit, tabiat hodisalari, manzaralari, buyumlar, o‘simliklar,hayvonlar dunyosi
bilan tanishadi.Boshlang‘ich ta’lim davrida o‘quvchilarning aqliy va jismoniy faoliyatini tashkil
qilishda didaktik o‘yinlar alohida ahamiyatga ega. Matematika darslarida didaktik o‘yinlardan
foydalanish o‘quvchilar zehnini o‘stirish, tez hisoblash ko‘nikmalarini oshirishda muhim
ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlar jarayonida o‘quvchilar o‘yin qoidalariga qat’iy rioya qilishga
o‘rganadilar, inoqlik his - tuyg‘ulari dunyoqarashlari shakllanib boradi.Ta’lim jarayonida didaktik
o‘yinlar o‘quvchilarning xususiyatiga ko‘ra tashkil etilishi kerak. Bu esa ularga bilim berishni
yengillashtirishga, ko‘rgazmalilikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarni toliqtirmaslik,
zeriktirmaslikimkonini yaratadi. Har bir didaktik o‘yinni boshlashdan oldin o‘quvchilarga
o‘yinning qoidasi, mazmuni, yakuni nimadan iborat ekanini o‘qituvchi tomonidan tushuntiriladi.
O‘quvchilar uni tushunib, anglab, shu asosda harakat qiladilar. Quyida matematika darslarida
o‘tkaziladigan ayrim didaktik o‘yinlardan namunalar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |