d) standartlashtirish bo‘yicha xalqaro, davlatlararo va milliy tashkilotlarning
rasmiy axborot nashrlari hisoblangan klassifikatorlar,
kataloglar, ko‘rsatkichlar,
ro‘yxatlar, byulletenlar;
e) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi barcha normativ hujjatlarning
elektron variantlari.
III. Davlat fondini to‘ldirish
7. Normativ hujjatlarning Davlat fondini to‘ldirish va yuritish maqsadida
tasdiqlangan normativ hujjatlar ular tasdiqlangan kundan boshlab o‘n kun mobaynida
O‘zbekiston
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga hamda
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat vakolatli organlariga ularning faoliyati
yo‘nalishlari bo‘yicha yuboriladi.
8. Normativ hujjatlar to‘plamida quyidagilar bo‘lishi kerak:
a) tasdiqlangan normativ hujjatlarning qarorlari (buyruqlari) matnlari,
shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalarning matnlari, ushbu
hujjatlarning asl nusxalarining nusxasi qog‘ozda va elektron manbalarda (kelishilgan
formatda) bir nusxada;
b) bosma nashr shaklida tasdiqlangan normativ
hujjatlarning ikki nusxasi
(kelishilgan formatda).
IV. Davlat fondini yuritish
9. Normativ hujjatlar belgilangan tartibda jamlab va yakka tartibda hisobga
olinishi kerak.
10. Amal qilish muddati tugagan normativ hujjat belgilangan tartibda Davlat
fondidan chiqariladi va uning bir nusxasi arxiv hujjati sifatida qolishi kerak.
Ushbu
nusxaga “Arxiv nusxasi” shtampi bosiladi. Arxiv nusxalari arxivda kamida 10 yil
saqlanadi.
11. Davlat fondiga tushgan har bir normativ hujjat, qanday tarzda nashr
etilishidan va manbaning turidan (qog‘ozda, elektron manbada) qat’i nazar,
yillik
Texnik reglamentlar va standartlar ko‘rsatkichlarida aks ettiriladi.
12. Hujjat bekor qilinganda yoki bir hujjat boshqa hujjat bilan almashtirilganda
raqamli katalogda tegishli hujjatga bibliografik kartochkaning chap tomondagi
hoshiyasiga uning almashtirilganligi yoki bekor qilinganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.
13. Bekor qilingan yoki almashtirilgan normativ hujjatlarning bibliografik
kartochkalari yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan belgilar bilan birgalikda raqamli katalogda
avvalgi joyida qoldiriladi va ulardan ma’lumotnoma-axborot xizmatlari ko‘rsatishda
foydalaniladi.
14. Normativ hujjatlarni zarur tarzda saqlash
uchun ularning saqlanishini
ta’minlaydigan joy ajratiladi.
15. Davlat fondining normativ hujjatlari belgilangan tartibda doimiy ravishda
dolzarblashtirilishi kerak.
16. Arxivda saqlanayotgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kartotekaga
kiritilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: