Davom ettirish chora-tadbirlari haqida


VII. Komissiya majlisiga materiallarni tayyorlash tartibi



Download 447,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana21.04.2022
Hajmi447,77 Kb.
#569970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-amaliy

VII. Komissiya majlisiga materiallarni tayyorlash tartibi
21. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari texnik reglamentlar loyihalarini 
vakolatli organlarga ularning vakolatiga muvofiq ekspertizadan o‘tkazish uchun 
quyidagicha to‘plamda kiritadilar: 
a) ilova qilingan xat; 
b) kitobcha holiga keltirilgan davlat va rus tillaridagi 2 nusxa texnik reglament 
loyihasi; 
v) texnik reglament loyihasi ishlab chiqilganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma 
nusxasi; 
g) texnik reglament ishlab chiqilishi va joriy etilishining texnik-iqtisodiy 
asoslanishi; 
d) qabul qilinishi texnik reglament talablariga rioya etilishini ta’minlaydigan 
standartlashtirish bo‘yicha xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy (Yevropa) standartlar 
yoki boshqa normativ hujjatlar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan ilova; 
e) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining texnik reglament loyihasi 
to‘g‘risidagi mulohazalari haqidagi ma’lumotnoma; 
j) tushuntirish xati; 
z) texnik reglament loyihasi bo‘yicha kelishmovchiliklar to‘g‘risidagi 
ma’lumotnoma (kelishmovchiliklar mavjud bo‘lganda); 
i) ishlab chiquvchi tashkilot va texnik reglamentni joriy etadigan davlat yoki 
xo‘jalik boshqaruvi organi tomonidan tasdiqlangan texnik reglamentni joriy etish 
bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
k) mahsulotlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilangan talablarga 
muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan namunalar olish, mahsulotlarni sinash va 
o‘lchash metodlarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ 
hujjatlar ro‘yxatlarini tasdiqlaydi. 
(21-band “k” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2016-yil 8-sentabrdagi 289-sonli 
qaroriga 
asosan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 
36-son, 415-modda) 
Sanab o‘tilgan barcha hujjatlar, ilova qilingan xatdan tashqari, elektron shaklda 
ham (kelishilgan formatda) taqdim etiladi. 
22. Komissiya texnik reglament loyihalarini ko‘rib chiqish jarayonida 
qo‘shimcha materiallarni, masalan, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari 
bo‘yicha hisobotlarni, ishlab chiqarishni texnologik jihatdan tayyorlash natijalarini
sinash bo‘linmalari akkreditatsiyasi, ishlab chiqarish laboratoriyalari attestatsiyasi, 
xodimlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rashga haqlidir.


23. Texnik reglamentlar loyihalari Komissiyaga tushgandan keyin 
ekspertizaning quyidagi turlari amalga oshiriladi: 
a) texnik ekspertiza — texnik reglament nomining texnik reglamentlarni ishlab 
chiqish dasturiga, shuningdek texnik topshiriqqa (u mavjud bo‘lganda) muvofiqligini 
aniqlaydi, shuningdek standartlashtirish bo‘yicha tasdiqlangan normativ hujjatlarga 
muvofiq texnik reglamentlar bayoni va mazmunining to‘g‘riligi tekshiriladi; 
b) iqtisodiy ekspertiza — texnik reglament joriy etilishining texnik-iqtisodiy 
samaradorligi hisob-kitobi, shuningdek tushuntirish xatida ko‘rsatilgan tasdiqlovchi 
hujjatlarning to‘g‘riligini tekshiradi; 
v) ekologik ekspertiza — texnik reglamentlar mazmunining ekologik normalar 
va talablarga muvofiqligini tekshiradi
g) sanitariya-gigiyena va epidemiologik ekspertiza — texnik reglamentlar 
mazmunining sanitariya-gigiyena hamda epidemiologik normalar va talablarga 
muvofiqligini tekshiradi; 
d) metrologik ekspertiza — O‘zbekiston Respublikasining o‘lchovlari bir 
xilligini ta’minlash tizimining normativ hujjatlari talablariga muvofiq o‘tkaziladi;
e) terminologik ekspertiza — hujjatning davlat tilida va rus tilida ekanligini, 
texnik reglamentda belgilangan ilmiy-texnik atamalar qo‘llanilishi to‘g‘riligini, davlat 
va tarmoq terminologik standartlariga rioya qilinishini tekshirish bosqichi hisoblanadi;
j) huquqiy ekspertiza — texnik reglamentlar mazmunining qonun hujjatlari 
talablariga muvofiqligini belgilangan tartibda tekshiradi. 
24. Komissiya kotibi Komissiyaning har bir a’zosini, o‘z vakolatlari doirasida 
ekspertizadan o‘tkazish uchun, ushbu Nizomning 
21-bandida
ko‘rsatilgan hujjatlar 
to‘plami bilan ta’minlaydi. 
25. Komissiyaning har bir a’zosi ushbu Nizomning 
21-bandida
ko‘rsatilgan 
zarur hujjatlar olingan paytdan boshlab ekspertiza natijalari bo‘yicha o‘z mulohaza va 
takliflarini Komissiya kotibiyatiga 15 kalendar kundan ortiq bo‘lmagan muddatda 
yuboradi. 
26. Taqdim etilgan materiallar ishchi organ tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ishchi 
organ ushbu materiallarni Komissiya majlisida ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtiradi, 
Komissiya majlisi kun tartibini tayyorlaydi va hujjatlar to‘plamini Komissiya kotibiga 
taqdim etadi. 
27. Komissiya kotibi ushbu Nizomga 
1-ilovaga
 muvofiq umumiy yoki maxsus 
texnik reglament loyihasini ekspertizadan o‘tkazish natijalari, texnik reglamentlarga 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek amal qilish muddati tugagan texnik 
reglamentlarni bekor qilish to‘g‘risidagi takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar 
bo‘yicha Komissiya a’zolarining fikr-mulohazalari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani 
tayyorlaydi. Taqdim etilgan materiallarni Komissiya majlisida ko‘rib chiqish ishlab 
chiquvchi tashkilotlarning vakillari jalb etilgan holda amalga oshiriladi. 
28. Komissiya majlisining kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha hujjatlar 
turkumida qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan materiallar (ekspert xulosalari
tahliliy ma’lumotlar, jadvallar va hokazolar) va Komissiya qarori loyihasi bo‘lishi 
kerak. 
29. Komissiya kotibi taqdim etilgan materiallar to‘g‘risida Komissiya raisiga 
axborot beradi. Komissiya raisi kun tartibi va taqdim etilgan materiallar ma’qullangan 


taqdirda Komissiya majlisi o‘tkaziladigan vaqt va sanani, shuningdek Komissiya 
majlisiga taklif etiladigan shaxslar ro‘yxatini belgilaydi. 
30. Komissiya kotibi ishchi organ bilan birgalikda majlis materiallarining 
protokol loyihasi bilan birgalikda Komissiya a’zolariga, zaruriyat bo‘lganda esa — 
majlisga taklif etilgan boshqa shaxslarga yuborilishini ta’minlaydi.

Download 447,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish