III. Komissiya a’zolarining majburiyatlari va javobgarligi
6. Komissiya a’zolari quyidagilarga majbur:
a) Komissiya ishida qatnashish;
b) Komissiya tomonidan qarorlar qabul qilinishida ovoz berishda qatnashish;
v) ko‘rib chiqish uchun kiritilayotgan texnik reglamentlar loyihalari bo‘yicha
tegishli xulosalarni o‘z vaqtida taqdim etish;
g) ushbu Nizom talablariga rioya qilish.
7. Komissiya a’zolari ishlab chiqilgan texnik reglamentlar loyihalari, texnik
reglamentlarga
o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar yuzasidan o‘tkazilgan
ekspertizaning to‘liqligi va xolisligi, shuningdek amal qilish muddati tugagan texnik
reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar
tayyorlanishi va taqdim etilishi uchun javob beradilar.
IV. Komissiyani shakllantirish
8. Komissiya Komissiyaning raisi, rais o‘rinbosarlari va a’zolaridan iborat
tarkibda shakllantiriladi. Ish yuritishni tashkil etish uchun Komissiya a’zosi bo‘lmagan
Komissiya kotibi tayinlanadi.
Komissiya a’zolari soni toq va Komissiya raisini o‘z ichiga olgan holda kamida
5 kishidan iborat bo‘lishi kerak.
9. Vakolatli organning rahbari yoki rahbarning o‘rinbosari Komissiya raisi
hisoblanadi.
10. Komissiya tarkibiga:
a) texnik reglamentlar talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini
amalga oshiradigan vakolatli organlar va davlat boshqaruvi organlari;
b) kasaba uyushmasi organlari (mehnatni muhofaza qilish yuzasidan);
Oldingi
tahrirga qarang.
(10-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 30-sonli
qaroriga
asosan 2020-yil 18-
apreldan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y.,
09/20/30/0061-son)
g) loyihalash, ilmiy-texnik va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari vakillari kiritiladi.
11. Texnik jihatdan tartibga solish obyektining tarmoq mansubligiga qarab
(aniq texnik reglament) texnik reglament ko‘rib chiqilishidan manfaatdor bo‘lgan:
a) texnik reglamentni joriy etadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi
organlarining;
b) qayta ko‘rib chiqilishi, o‘zgartirishlar kiritilishi yoki texnik reglamentlar
qabul qilinishi munosabati bilan bekor qilinishi kerak bo‘lgan mahsulotga,
jarayonlarga, ishlar va xizmatlarga o‘zaro bog‘liq normativ hujjatlarni tasdiqlagan
(qo‘llaydigan) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, standartlashtirish bo‘yicha
texnik qo‘mitalar va bazaviy tashkilotlarning;
v) tarmoq, ilmiy va loyihalash tashkilotlarining;
g) texnik reglamentlarni ishlab chiquvchi tashkilotlarning yetakchi olimlari va
mutaxassislari Komissiya a’zolari bo‘lishi mumkin.
12. Komissiya tarkibi ushbu Nizomning
10-11-bandlarida
ko‘rsatilgan
tashkilotlarning taqdimnomasi bo‘yicha vakolatli organning farmoyishi (buyrug‘i)
bilan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |