24-SAVOL:
Давлат органини ва давлат ташкилотларининг фарқли жиҳатларини кўрсатган ҳолда, уларни атрофлича муҳокама қилинг.
Давлат органлари - давлат функцияларини амалга ошириш- да ҳокимият ваколатига эга бўлган давлат механизмининг асосий бўғини. Масалан, прокуратура, суд, ички ишлар органлари ва бошқалар ҳокимият ваколатига эга бўлган давлат органларидир. Давлат функцияларини бажаришда қатна- шувчи ва бунинг учун тегишли ҳокимият ваколатларига эга бўлган давлат механизмининг бўғинидир. Давлат органлари бевосита давлат функцияларини амалга оширишга қаратилган, ўзаро боғлиқлиқ ва нисбий мустақил бўл- ган қонун чиқарувчи, ижро этувчи ва судлов органлари (ташкилий тузилмалар)нинг ҳамкорликда фаолият юритувчи ягона тизи- мидир. Мазкур органлар давлати аппаратининг бир қисми ҳисоб- ланиб, давлат функциясини амалга оширувчи маълум давлат ҳокимияти ваколатларига эга бўлган, бажарилиши мажбурий ҳуқуқий ҳужжатлар чиқарадиган, маълум тартибда ташкил этилган идоралардир. Давлат органлари тузилиши жиҳатидан алоҳида ва мустақил ташкилот эканлиги, доимий персоналлар – давлат хизматчиларининг мавжудлиги, фаолиятининг моддий-молиявий жиҳатдан барқарор таъминланганлиги билан ажралиб туради. Давлат ташкилотлари – бевосита ишлаб чиқариш ҳамда таъминот билан шуғулланувчи давлат идораси ҳисобланиб, дав- лат учун стратегик аҳамиятга эга бўлган функцияларни бажаради. Мазкур ташкилотларнинг асосий қисмини давлат ўз монополия- сида қолдиради. Метро, трамвай, троллейбус, электр энергияси тармоғини бошқариш, алоқа тизими шулар жумласидандир
25-SAVOLDAN 28-SAVOLGACHA:
Давлат тузилиш шакли бўлган унитар давлат, унинг турлари ва бошқа давлат тузилиши шаклларидан фарқли хусусиятларини тушунтириб беринг.
Davlatning tuzilish shakli deganda, muayyan davlatning siyosiy, ma’muriy, hududiy tuzilishi va uning oliy organlari bilan mahalliy organlari o'rtasidagi aloqalar e’tirof etiladi. Davlatning tuzilish shakli ikkiga bo`linadi: oddiy (unitar) va murakkab(federativ va konfederativ).
Oddiy(unitar) davlat tuzilishida mamlakat ma’muriy-hududiy qismlarga(viloyatlar, shtatlar, okruglar, grafliklar, tumanlarga) bo`linib, u yagona oliy organ, yagona boshqaruv organlari tizimiga, faqat bitta umumdavlat konstitutsiyasiga, yagona fuqarolikka, muayyan yaxlit hudud, davlat chegarasi, yagona armiya, yagona pul birligi va qonunchilik tizimiga ega bo`ladi.Bunda har bir ma’muriy-hududiy birlik davlat tuzilmasi maqomiga ega bo`ladi. Unitar davlatlar(lotincha«unitas» so`zidan olingan bo`lib– “yagona”, “bir butun” degan ma’noni anglatadi) oddiy tuzilishga ega yaxlit davlat bo`lib, to`la siyosiy birlik ekanligi bilan farqlanib turadi. Unitar davlatlarning alohida turi bo`lib Avtonom hududli unitar davlarlar hisoblanadi.ularda yagona hudud tarkibida avtonom tuzilmalar bo`ladi. Avtonom hududli davlatlarga Xitoy o`z tarkibida bir qator avtanomiyalarga ega- Tibet Ichki Mo`g`ilsiton,Ispaniya Basklar misol bo`ladi.
Unitar davlat Federativ davlatdan farqili jihati shundan iboratki:Bunda yagona oliy organ, yagona boshqaruv organlari tizimiga, faqat bitta umumdavlat konstitutsiyasiga, yagona fuqarolikka, muayyan yaxlit hudud, davlat chegarasi, yagona armiya, yagona pul birligi va qonunchilik tizimiga ega bo`ladi Federativ davlatda esa teng huquqli respublikalar, shtatlar, kontonlar va boshqa davlat tuzilmalarining ixtiyoriy birlashuvi asosida tashkil topadi. Federatsiya tarkibiga kiruvchi davlatlar ixtiyoriy ravishda birlashib markazlashgan davlatni tashkil qiladi. Federativ davlatning belgilari uning hududi subyektlar yigindisidan iborat bo`ladi. Qonun chiqaruvchi organ ijro etuvchi sud hokimiyati federatsiya subyektlar miqyosida ham bo`ladi.Federatsiya davlatlarida ikki fuqarolik mavjud bo`lib har bir fuqaroning bir vaqtning o`zida ham federativ davlat fuqarosi,ham federatsiya subyektining fuqarosi bo`lishi mumkin.Federatsiyaning subyektlari davlat belgilariga konstitutsiyasiga oliy davlat davlat hokimiyat organlariga o`z ramzlariga ega bo`ladi. Demak shuni xulosa qilib aytishimiz kerakki, Unitar davlatda hamma organlar,tashkilotlar muassalar bir yagona davlat tarkibida bo`ladi.Federativ davlatlarda esa federatsiyada ham federatsiya tarkibiga kiragan subyektlarda ham davlat organlari tashkilotlar muassasalar bo`lishi mumkin
26-SAVOL:
Давлат тузилиши шакли сифатида конфедерацияни тавсифланг ва унинг белгиларини кўрсатинг.
Do'stlaringiz bilan baham: |