2-§. Davlat funksiyalarining tasnifi
Har qanday davlatning funksiyalarini ichki va tashqi funksiyalarga
bo‘lish mumkin. Davlat funksiyalarining ichki va tashqi funksiyalarga bo‘linishi umumiy xarakterga ega. O‘z navbatida, davlatning ichki va tashqi funksiyalari ham turli-tuman bo‘ladi. Ichki funksiyada davlatning mamlakat ichidagi roli namoyon bo‘ladi. Davlat boshqa davlatlar qurshovida yashaydi. Shu bois boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarda davlatning tashqi funksiyasi ro‘yobga chiqadi.
28 savol Davlat funksiyalarini amalga oshirishning huquqiy shakllari deyilganda, davlat organlarining o‘z tashqi belgi va xususiyatlariga ko‘ra bir turdagi faoliyati tushunilib, bu faoliyatning oqibatida albatta muayyan huquqiy hujjat (akt) qabul qilinadi.
Davlat funksiyalarini amalga oshirishning quyidagi shakllarini
ko‘rsatish mumkin:
– huquqni ijod qilish (qonun ijodkorligi faoliyati);
– huquqni ijro etish (ijroiya-farmoyish berish faoliyati);
– huquqni qo‘riqlash (odil sudlov nazorat faoliyati).
Davlat va uning organlari o‘z funksiyalarini ma’lum metod
(usul)lar vositasida amalga oshiradi. Ushbu usullar qatoriga –
ishontirish, majbur qilish, rag‘batlantirish singarilar kiradi.
Davlatning har bir aniq funksiyasi davlat hokimiyatini amalgam oshirishning mazmuni, shakli va usullari uzviyligida namoyon bo‘ladi.Davlat funksiyalarining asosiy xususiyatlari quyidagilar bilanbelgilanadi:
– funksiyalar davlatning mohiyati va ijtimoiy holati bilan
bevosita bog‘liq;
– ular o‘zgaruvchan tabiatga ega bo‘lib, davlatning shakllanishi,
mustahkamlanishi va rivojlanishiga yo‘naltirilgan. Har bir tarixiy
davrda davlatning o‘ziga xos muayyan funksiyalari bo‘ladi.
Hokimiyat tepasiga boshqa siyosiy kuchlarning kelishi bilan
davlatning mohiyati va unga mos funksiyalari ham o‘zgaradi.
Jamiyatda ustuvor manfaatlar almashganda ham davlat
funksiyalarining o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Masalan, urush davrida
davlatning mudofaa funksiyasi birinchi o‘ringa chiqadi yoki bozor
munosabatlariga o‘tishda davlatning iqtisodiy funksiyasi alohida
ahamiyat kasb etadi. Funksiyalarning mazmuni davlat rivojlanishining muayyan bosqichlarida o‘zgarishi mumkin. Davlat funksiyalarining o‘zgarishi, ayniqsa, tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar,
inqiloblar davrida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Davlatning har bir taraqqiyot bosqichiga muayyan funksiyalar to‘g‘ri keladi. Masalan, hozirgi zamon davlatlarining barchasida iqtisodiy funksiyalar mavjud. Ammo ularning mazmuni, shakllari, amalga oshirish usullari turlicha bo‘lishi mumkin. Har bir ijtimoiytaraqqiyot bosqichiga o‘ziga xos funksiyalar to‘g‘ri keladi. Shu bois davlat yangi bosqichdagi rivojlanishga o‘tar ekan, o‘z vazifalarini to‘la yoki qisman o‘zgartirishi mumkin. Davlatning yangi funksiyalari paydo bo‘lib boradi, ammo avvalgilari ham izsiz yo‘qolmaydi, ular yangi mazmun bilan boyiydi. Bu holni har qanday davlatning taraqqiyotida kuzatish mumkin.
12-SAVOL:
Фанда таркиб топган умумий қоидага мувофиқ барча юридик фанлар учта катта гуруҳга бўлинади. Булар фундаментал тарихий-назарий, тармоқ ва махсус юридик фанлардир.
Юридик фанларнинг ҳозирги вақтда амалда бўлган таснифи қуйидаги бўлимлардан ташкил топган:
Do'stlaringiz bilan baham: |