Davlat uzb p65



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/103
Sana12.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#780116
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103
Bog'liq
Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish (N.Mahmudov, A.Rafiyev, I.Yo\'ldoshev) (1)

nutqning jo‘yaligi
hisoblanadi.
Nutqning o‘z o‘rnida, ya‘ni jo‘yali bo‘lishi quyi-
dagilarga amal qilishni taqozo etadi:
– nutqni tinglovchi-o‘quvchining yoshi, ijtimoiy
va madaniy-ma’rifiy xususiyatlariga mos ravishda
tanlash;
– til birliklarini nutqning mavzusi, mantiqiy va
hissiy mazmuniga muvofiq bo‘lishini ta’minlash;
— til vositalarini ifodalanayotgan nutq uslubiga xos
tarzda tanlash, so‘zlarning uslubiy farqlanishini nazarda
tutish;
www.ziyouz.com kutubxonasi


32
— og‘zaki va yozma nutqda qo‘llanadigan so‘z,
grammatik shakl hamda gap qurilishlarini farqlay
bilish;
— badiiy tasvir vositalari, gap ohangining fikr
mantig‘i, tinglovchining hissiy-ruhiy holati bilan uyg‘un
bo‘lishiga erishish va shu kabilar.
13- mashq. 
Maqol va matallarni ko‘chiring, mazmunini
izohlang.
1. O‘rinli so‘zga tuya cho‘kadi, o‘rinsiz so‘zga hamma
so‘kadi. 2. So‘zning o‘rni — sir. 3. So‘zga tushmagan so‘zni
aytma, sozga tushmagan g‘azalni. 4. So‘zida parishonlik —
o‘zida pushaymonlik. 5. Mahalida aytar so‘zni asrama, aytmas
so‘z tegrasiga yo‘lama. 6. Joyali so‘z jo‘yasin topar, jo‘yasiz
so‘z egasin topar. 7. So‘zni o‘z joyida ishlatg‘il, agar so‘z
yaxshi bo‘lsa, ammo noo‘rin ishlatilsa, garchand u har nechuk
yaxshi so‘z bo‘lsa ham yomon, nobop eshitilur.
23- topshiriq. 
Matnni o‘qing, hikoya qahramoni tilida o‘rinsiz
ishlatilgan so‘z va gaplarni aniqlang hamda bu holatga munosabat
bildiring.
... — Xizmatchisi savod maktabida o‘qiyotgan bir kishini
traktorist savodsiz, desa alam qilmaydimi? — dedi san’atkor
o‘zicha bo‘g‘ilib, — «labingdan bo‘lsa olsam, e, shakarlab»
deganim u kishiga yoqmapti, «bo‘lsa» emas, «bo‘sa» emish!
O‘zi bilmaydi-yu, menga o‘rgatganiga kuyaman! Senga
o‘xshagan savodsizlar «bo‘sa bo‘masa» deydi. Artist kulturniy
odam — gapni adabiy qilib aytadi — «bo‘lsa, bo‘lmasa» deydi.
Pojarniy «gugurtni yerga tashlamang» deydi, rejissorimiz esa
«gugurtning yerga tashlamang» deydi. Qanday chiroylik!
Pojarnimi, pojarningmi? Shoshma, nima uchun pojarni?
Pojarni, albatta! Rejissorimiz juda kulturniy odam. Odam
degan mana shunday bo‘lsa, urishsa ham xafa bo‘lmaydi
kishi — ikki gapning birida «ta’bir joyiz ko‘rilsa» deb turadi.
Bu traktorist menga shuncha dashnom berib, ko‘ngil uchun
bir marta «ta’bir joyiz ko‘rilsa» demadi.
Xizmatchi daftar-qalam keltirib, san’atkorning oldiga
qo‘ydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


33
3 – Mahmudov N.
— «J» ning kattasi qanday yozilar edi? Domlamiz bir
kuni ko‘rsatgan edi, esimda qolmapti.
San’atkorning jahli chiqdi.
— Endi «J» ga keldingizmi? Barjom deganda yoziladi.
Kechagi barjom og‘zi ochiq qolipti, gazi chiqqandan
keyin bir pulga qimmat. Siz ham dunyoga kelib kulturniy
bo‘lsangiz-chi!.. Burningiz terladi, arting, ta’bir joyiz
ko‘rilsa!..
A. Qahhor. «San’atkor» hikoyasidan

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish