Davlat uzb p65



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/103
Sana12.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#780116
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   103
Bog'liq
Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish (N.Mahmudov, A.Rafiyev, I.Yo\'ldoshev) (1)

20- topshiriq.
 
Abu Homid G‘azzoliyning «Til ofatlari kitobi»dan
olingan parchani o‘qing va uning mazmuni asosidagi xulo-
salaringizni 5–6 ta gap bilan ifodalang.
Xunuk eshitiladigan iboralarning aksari albatta so‘kishda
qo‘llanadi. Bunday iboralar behayolik darajasiga, ya’ni bir-
biridan bepardaroq bo‘lishiga qarab farqlanadi.
Shuningdek, bunday iboralar har o‘lkaning odatiga ko‘ra
ham tafovutlidir. Deylik, shaharning bu chekkasida quloqqa
yomonroq eshitiladigan iboralar, shaharning u chekkasida
umuman taqiqlangan bo‘lishi yoki ikkalasining orasida uni-
siga ham, bunisiga ham o‘tib turadigan darajada farqlanishi
mumkin.
Ahli ayolga nisbatan ham ishoratan gapirish go‘zal va
ma’qul ko‘rilgan odat hisoblanadi. Masalan: «Mening xotinim
falon dedi», – deyilmaydi. Balki: «Ichkari xonada shunday
gap aytildi» yoki «Parda orqasidan shunday gap eshitildi»
yoxud «bolalarning onasi aytdi», – deyilishi hayoga yaqinroq.
Bu borada ziyrak va «yopiq»roq bo‘lish maqtovga munosib
sifatdir. Ochiqlik esa xunuk, qolaversa, behayolikka boshlaydi.
Xijolatga sabab bo‘ladigan pes, kal, bavosir kabi jismoniy
ayblarni ochiq aytish ham durust emas. Balki, vaziyatga qarab,
ramzlar bilan ishora qilish odobga muvofiqdir.
Demak, uyatli ishlarni ochiqcha gapirish behayolikka
kiradi va bularning barchasi til ofatlaridandir.
Ato ibn Horun deydi: «Umar ibn Abdulaziz tilga e’tiborli
kishi edi. Qo‘ltig‘iga yara chiqqanida uni ko‘rishga bordik.
Undan: «Yara qayeringizga chiqdi?» – deb so‘radik. «Qo‘lim-
ning ich tarafiga», – dedi u».
Ozor yetkazishni qasd qilish, surbet va fosiq kishilar davra-
siga ko‘p qo‘shilish, so‘kishga odatlanish kabi illatlar behayo-
likka sabab bo‘ladi.
Rashid Zohid tarjimasi
Nutqning boyligi
Nutqda tilning rang-barang unsurlari va imkoniyat-
laridan ustalik bilan foydalanish orqali nutqning ta’-
sirchanligi, to‘g‘riligi hamda qiziqarligini ta’minlash
nutq boyligiga bog‘liq.
www.ziyouz.com kutubxonasi


29
Nutq boyligiga erishishda quyidagilarga amal qi-
linadi:
– fikr ifodasida bir xillikdan qochish;
– yetarli so‘z boyligiga ega bo‘lish, so‘zlarning turli
ma’nolari, gap modellari, ohang turlarini bilish va o‘rin-
lisini tanlay olish;
– aynan bir xil tushuncha yoki fikrni ifodalashda
turli-tuman so‘zlar, gap qurilishlari, ohangni qo‘llay
bilish;
– til birliklarini o‘rinsiz takrorlamaslik, bunda leksik,
morfologik va sintaktik ma’nodoshlikdan o‘rinli foyda-
lanish va shu kabilar.
12- mashq. 
Gaplarni daftaringizga ko‘chiring, ajratilgan
so‘zlarning turlichaligi va ma’no qirralarini
aniqlang.
1. Silkinish orasida uning yuzini to‘zg‘igan soch tolalari
o‘rab olib, 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish