25
Bir kun shoh o‘ng qo‘l vaziri
bilan shikordan qaytib
kelayotganda pastdan bir uyning oldida beli bukchaygan,
hassaga tayangan holda bir qo‘li oldinda tilanchilik qilib
yurgan qariyaga ko‘zi tushadi. Shoh vazirga ishora qilib
deydi: —Hu anovi mo‘ysafidni ko‘rayapsanmi?
Bizlarga yosh-
ligimizda saboq bergan Ali Safiy degan ustozga juda
o‘xsharkan-a?
Vazir: — O‘sha qariya Ali Safiyning xuddi o‘zidur, —
dedi.
Shoh darg‘azab bo‘ldi: — Men yurt hukmdori, sen vazir
bo‘la turib, bizga alifbodan
saboq bergan ustozimizning
shunday ko‘yga tushishiga sabab ne?
— Men ustozga ko‘p bor maslahat soldim, unamadi. Yax-
shisi, o‘zingiz borib so‘rang, — dedi vazir.
Shoh otdan sakrab tushib, Ali Safiy hazratlarining oldiga
borib, ko‘rishdi.
— Ustoz, bu ahvolotingizning boisi nedur? — deb so‘radi.
— To‘g‘ri, — o‘smoqchilab so‘z
boshladi ustoz, — men
sizlarga chin dildan, chin so‘zdan saboq berdim. Menga ham
saboq bergan ustozlar ko‘p bo‘lgan. Ular ichida ikkitasi meni
hush ko‘rib, doim ardoqlab yurardi.
Biri nima deyishni
o‘rgatardi, ikkinchisi esa nima demaslikni. Nima demaslikni
bilaman-u, nima deyishni o‘rganishim kerak, — deb, birinchi
ustozga qo‘l berdim, oqibatda shunday ko‘yga tushdim.
Keyin anglab yetdim: nima deyishdan ko‘ra, nima demaslikni
bilish donolik ekan.
Navoiy o‘gitlaridan biri shunday: «So‘zni ko‘ngulda pish-
qormaguncha
tilga kelturma, har nekim ko‘ngulda bor, tilga
surma».
R. Jumaniyozov, «Nutqiy mahorat» kitobidan.
18- topshiriq.
Rivoyatni o‘qing, mantiqiy topqirlikka asos bo‘lgan
holatlarni baholang.
Abu Ali ibn Sino Bag‘dodga ketayotganida Shatt daryosi
bo‘yida bir odam do‘kon ochib, dori-darmon sotib,
tabiblik
da’vo qilib o‘tirganini ko‘rib qolibdi. Abu Ali ibn Sino
tabibning do‘koni atrofida biroz aylanib yuribdi va uning
ishlariga razm solibdi. Shu payt bir ayol bemorning shishaga
www.ziyouz.com kutubxonasi
26
solingan peshobini keltirib tabibga beribdi.
Tabib ayolga
qarab:
– Kasal yahudiymi? – debdi va yana qo‘shib qo‘yibdi,
– sen shu kasalning xizmatkorimisan?
Ayol uning so‘zini tasdiqlabdi.
Tabib yana ayolga qarab:
– Kasalning uyi sharq tomondami? – deb so‘rabdi.
– Ha, shunday, – deb uning so‘zini tasdiqlabdi ayol.
– Kasal kecha qatiq ichganmidi?
– Ha.
Hamma uning donoligiga qoyil qolibdi. Ibn Sino ham
taajjublanibdi. Haligi tabibning qo‘li bo‘shagandan so‘ng Ibn
Sino uning oldiga boribdi-da:
– Bu narsalarni sen qanday bilding? – deb so‘rabdi.
– Sening Abu Ali ibn Sino ekanligingni qanday bilgan
bo‘lsam, bu narsalarni ham shunday bildim, – debdi tabib.
–
Bu undan ham mushkulroq ish-ku, – debdi Ibn Sino.
Tabib debdi:
– Shishani menga uzatganida qarasam, ayolning yengi
kir ekan, demak u birovning xizmatkori bo‘lishi kerak deb
o‘yladim. Yahudiy musulmonning xizmatini qilmaydi. Shu-
ning uchun ham xo‘jasining yahudiyligi aniq edi.
Ayolning
kiyimiga qatiq tomganini ko‘rib, darrov angladimki, o‘sha
uyda qatiq ichishgan va ozroq bemorga ham berishgan.
Yahudiylarning uyi odatda sharq tomonda bo‘ladi. Demak,
bemor shaharning sharq tomonida yashaydi.
«Hikoyat va rivoyatlar» kitobidan.
Do'stlaringiz bilan baham: