So’z yasalish usullari. So’z yasashga asos qismning qanday xususiyatga ega ekanligiga ko’ra so’z yasalishining bir necha usullari bor:
1) Yasashga asos qismga qo’shimchalar qo’shish orqali(affiksatsiya yoki morfologik usul); masalan, ishla so’zi ish qismiga (yasashga asos) –la qo’shimchasini qo’shish yo’li bilan hosil bo’lgan. Yana misollar: ish+chi, tuz+don, bilim+don, gup+illa, go’zal+lik,varr+ak. Bu usul bilan sodda yasama so’zlar yasaldi;
2) So’zlarni qo’shish orqali (kompozitsiya yoki sintaktik usul). Bunda qo’shma so’zlar hosil bo’ladi gul/toji/xo’roz, osh/qozon, bodom/qovoq, gul/beor, muz/yorar, sotib olmoq, temiryo’l, tamom bo’lmoq, Yakka/saroy, besh/otar, xabar qildi, O’rta Osiyo, qo’shma korxona, ishlab chiqarish, bo’tako’z, sheryurak so’zlari ikki so’zni bir-biriga qo’shish asosida hosil qilingan. Ikki va undan ortiq so’zlardan tashkil topgan so’zlar qo’shma so’zlar sanaladi. Masalan: shirinzabon, muzqaymoq, kungaboqar, kabi.
Qo’shma so’zlar tilning tarixiy taraqiyoti davomida aslida ikki va undan ortiq so’zlarning birikuvidan tashkil topgan. lekin hozirgi o’zbek tili nuqtayi nazardan bu birikuv o’z kuchini yo’qotib, bir so’zga aylanib qolgan. Shuning uchun qo’shma so’z tarkibida alohida so’z bo’lib ko’ringan qismlar (kunga-boqar, beshik-tervatar, nomoz-shomgul) hozirgi o’zbek tilida so’zlik xususiyatini yo’qotgan, bir so’z tarkibidagi ma’noli qism (morfema) sanaladi.
Qo’shma so’zlar bitta so’z bo’lganidan, ularning qismlari orasiga boshqa ma’noli qisimni kiritib bo’lmaydi. Masalan, kungaboqar, so’zining qismidagi –ga ni boshqa kelishiklar bilan almashtirib bo’lmaydi. Shuningdek, bu qism egalik, ko’plik shakllarini ham olmaydi. Ana shu xususiyati bilan so’z birikmasinidan va sodda so’zning ko’makchi fe’lli shaklidan farq qiladi. Solishtiring; uxlab chiqdi – uxlamay chiqdi; kunga qaradi- kun qaradi (so’z birikmasi). Qo’shma so’zlar qisimlari birikib bitta so’zning tarkibiga aylangani uchun ular ko’pincha sodda so’zlar bilan sinonimik munosabtta bo’ladi. Masalan: o’sal qilmoq- uyaltirmoq, oq qilmoq- haydamoq, bayon qilmoq-so’zlamoq, kamchiqim-pishiq, shifobaxsh-dori, hamnafas- yaqin va boshqalar.
Hozirgi o’zbek tilida so’z yasashning mahsuldor usuli qo’shimchalar qo’shish yo’li bilan so’z yasash – affiksatsiyadir. Bu usul tilda mavjud bo’lgan muayyan so’z yasash qoliplari asosida yuzaga chiqadi. Shuning uchun ham so’zlovchi xotirasida so’z yasashning qoliblari mavjud bo’ladi. Masalan, Ot+chi “shaxs oti yasovchi” (ishchi, temirchi, suvchi,); Ot+li “Belgining mavjudligi yoki ortiqligi” (suvli, mevali) va bosh. Ana shu so’z yasash qoliblari asosida turli tuman yasama so’zlar hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |