Yangi so’zlar ikki xil yo’l bilan vujudga keladi: 1. Har bir tilning o’z ichki imkoniyati asosida. 2. Boshqa tillardan so'z olish asosida.
Har bir tilning ichki imkoniyati asosida yangi so’zlarning hosil qilinishida shu tilda oldin mavjud bo’lgan so’zga qo’shimcha qo’shish usuli yoki so’z qo’shish usuli katta ahamiyatga ega.Masalan, kompyuter hayotimizga kirib kelishi munosabati bilan uning nomi ingliz tilidan to’g’ridan-to’g’ri olingan. Endi tushunchasini ifodalash ehtiyojini qondirish uchun kompyuter so’ziga o’zbek tilida oldinda bor bo’lgan ma’nosini ifodalovchi–chi qo’shimchasidan foydalanildi. Kompyuterchi ma’nosini bildirdi.
Tilda oldindan mavjud bo’lgan so’zga ma’lum yasovchi vositalar qo’shish bilan yangi so’z hosil qilinishiga so’z yasalishi hodisasi, shunday hodisani o’rganadigan tilshunoslik bo’limiga esa so’z yasalishi deyiladi.
Demak, so’z yasalishi atamasi ikki ma’noda: a) so’z yasalishi hodisasi ma’nosida va b) so’z yasalishi hodisasini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi ma’nosida qo’llaniladi.
So’z yasalishining tuzilishi. 1.Ter, terim, terimchi. 2. Tara, taroq, taroqchiso’zlariga e’tibor bersangiz, shuni sezasizki, birinchi guruhdagi so’zlarning hammasida ter so’zi takrorlanadi, ikkinchi guruhdagilarida esa tara qismi hammasi uchun umumiy sanaladi.
Ko’rinadiki, so’z yasalishi hodisasi o’zining ichki tuzilishiga ega bo’ladi va ikkita tarkibiy qismini o’z ichiga oladi: a)yasashga asos qism; b)yasovchi vosita.
Yasashga asos qism bilan yasovchi vosita birgalikda yasalmani tashkil qiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan terim so’zida ter qismi yasashga asos, -im qismi yasovchi vosita, ikkala qismning qo’shilishidan hosil bo’lgan hosila esa – terim yasalma hisoblanadi. Terimchi so’zida esa terim yasashga asos qism, -chi yasovchi vosita, terimchi esa yasalma sanaladi. So’zning yasalish tuzilishi bilan morfemik tuzilishi bir-biridan farqlanadi.
So’zning ma’noli qismlarga bo’linishi uning morfemik tuzilishi sanaladi.
So’zda nechta ma’noli qism bo’lsa, uning morfemik tuzilishi shuncha qismga ajratadi. Masalan, terimchi uchta ma’noli qismdan tashkil topgan: ter-im-chi. Terimchilar so’zi esa to’rtta ma’noli qismdan iborat: ter-im-chi-lar. Terimchilarga so’zi beshta ma’noli qismdan iborat: Shuning uchun u morfemik tuzilishga ko’ra besh qismga bo’linadi: ter-im-chi-lar-ga.
Ko’rinadiki, so’zning morfemik tuzilishi yasovchi qo’shimchalarni ham, shakl yasovchi qo’shimchalarni ham o’z ichiga oladi. So’zning morfemik tuzilishini belgilashda ma’noli qismlarning so’z yasovchi yoki shakl yasovchi ekanligining ahamiyati bo’lmaydi.Qanday ma’noli qismlardan – morfemalardan iborat ekanligi e’tiborga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |