Davlat tili haqida



Download 117,63 Kb.
bet2/68
Sana31.12.2021
Hajmi117,63 Kb.
#210269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
ma'lumotnoma

Fonetika
Fonetika
(grekcha “Phone”-tovush, “tika”-quti, ya’ni tovushlar qutisi degan ma’noni anglatadi.) - Hozirgi o’zbek adabiy tili fanining mustaqil bo’limi bo’lib, og’zaki nutqning tovush tizimini, ularning hosil bo’lishi, talaffuzi, tasnifi va xususiyatlarini, bo’g’in va uning xususiyatlari, urg’u va uning xususiyatlari, fonetik hodisalar va ularning turlari o’rganiladi. Fonologiyada esa fonemalar va ularning so’zlarni farqlashdagi xususiyatlari o’rganiladi.
Nutq tovushlari haqida ma’lumot
Havo to’lqinlari orqali qulog’imiz bilan eshitiladigan barcha hodisalariga tovush deyiladi. Har qanday tovush ma’lum tashqi ta’sir yordamida havo oqimining tebranishi natijasida hosil bo’ladi.
Ma’lumki, tovushlar ikki xil bo’ladi: A) tabiiy tovushlar; B) inson nutq tovushlari.
Tabiatda insondan tashqarida hosil bo’ladigan barcha tovushlar tabiat tovushlari sanaladi. M: Suvning shildirashi, qushning sayrashi, mashinalar signali, hayvonlar qichqirig’i.
Inson nutq a’zolari harakati yordamida ma’lum maqsadda ketma-ket talaffuz qilinadigan tovushlar nutq tovushlari sanaladi. Nutqimizni bo’laklarga ajratadigan bo’lsak, uning oxirgi bo’linish nuqtasi tovush hisoblanadi, ya’ni nutq gaplarga bo’linadi, gaplar so’zlarga bo’linadi, so’zlar bo’g’inlarga bo’linadi, bo’g’inlar esa tovushlarga bo’linadi. M: |O’-z/b-e/k-i –s/t-o-n/ - k-e/l-a/j-a/-g-i/- b-u/y-u-k/ d-a-v/l-a-t.
Nutq tovushlarining asosiy vazifasi so’zlarning ma’nosini farqlashdir. M: darz-tarz-dars-tars-qarz; bor-tor-qor; bot-bir-bo’r-bur; fol-pol; chopon-cho’pon.
Nutq a’zolari haqida ma’lumot
Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan inson tana a’zolariga nutq a’zolari deyiladi.Nutq a’zolari: o’pka, kekirdak, hiqildoq, tovush paychalari, bo’g’iz bo’shlig’i, og’iz bo’shlig’i, tanglaylar, til, tishlar, jag’lar, lablar, burun bo’shlig’i kabilardan iborat
Nutq a’zolarining nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirokiga qarab ikkiga bo’linadi:
1. faol nutq a’zolari: A) unlilarni hosil qilishda ishtirok etadigan nutq a’zolari: tovush paychalari, til, lab. B) undoshlarni hosil qilishda faol ishtirok etadigan nutq a’zolari: bo’g’iz bo’shlig’i, og’iz bo’shlig’i, til
2. Nofaol nutq a’zolari – yuqoridagilardan tashqari qolgan barcha nutq a’zolari nofaol nutq a’zolari sanaladi. bular quyidagilar: o’pka, kekirdak, hiqildoq, tanglaylar, tishlar, jag’lar, burun bo’shlig’i.
Unli tovushlar tasnifi
1. Hozirgi o’zbek adabiy tilida unli tovushlar soni oltita: a,o,i,u,e,o’
2. Alifbomizda unli tovushlarni ifodalash uchun oltita unli harf mavjud.
3. Unli tovushlarni talaffuz qilganda og’iz bo’shlig’i ochiq bo’ladi, asosiy vazifani esa ovoz paychalari, til va lablar bajaradi.
4. Litsey darsligida ko’rsatilishicha, hozirgi o’zbek adabiy tilida unli tovushlar tasnifi uchun ikki belgi asos bo’ladi: A) lablarning ishtiroki; B) og’izning ochilish darajasi (tilning ko’tarilish darajasi).
Eslatma: Oliy ta’lim darsligida unli tovushlar uch tomonlama tasnif qilinadi:
I. lablar ishtirokiga ko’ra;
II. og’izning ochilish darajasiga ko’ra;
III. tilning gorizantal holatiga ko’ra.
1. unli tovushlar lablarning ishtirokiga kora
2 ga bo’linadi: A) lablanmagan unlilar: i,e,a; B) lablangan unlilar: u,o’; Bu jihatdan o unlisi oraliqda qoladi.
a) Lablangan unlilarni talaffuz qilganda lablar oldinga cho’zilib, cho’chchayadi, doira shakliga kiradi.
b) Lablanmagan unlilarni talaffuz qilganda bunday holat bo’lmaydi, ya’ni lablar ishtirok etmaydi, asl holicha qoladi.
2. Unli tovushlar og’izning ochilish darajasi belgisiga ko’ra uchga bo’linadi:
a) tor unlilar: i, u
b) o’rta tor yoki o’rta keng unlilar: e, o’
d) keng unlilar: a, o
Bu tasnif tilning ko’tarilish darajasiga ko’ra yoki tilning vertikal (tik) harakatiga ko’ra deb ham yuritiladi.
a) Tor unlilarni talaffuz qilganda og’iz tor, ozgina ochiladi, shuningdek, tilning o’rtasi tanglayga tomon yuqori ko’tariladi. Shuning uchun tor unlilarni yuqori ko’tarilish yoki yuqori tor unlilar deb nomlash ham mumkin.
b) Keng unlilarni talaffuz qilganda esa, aksincha, og’iz keng (katta) ochiladi, til gorizontal holatda pastki jag’ ustida yotadi, shuning uchun keng unlilarni quyi ko’tarilish yoki quyi tor unlilar deb nomlashimiz mumkin.
d) O’rta tor yoki o’rta keng unlilarni o’rta ko’tarilish unlilari deb nomlash mumkin.

Download 117,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish