IV. Ovoz miqdoriga ko’ra:
V. Tarkibiga ko’ra:
I. Paydo bo’lish o’rniga ko’ra (nutq a’zolarining qayerida hosil bo’lishiga ko’ra) uchga bo’linadi:
1. Lab undoshlari; 2. Til undoshlari; 3. Bo’g’iz undoshi.
1) Talaffuzda lab ishtirok etgan undoshlarga lab undoshlari deyiladi. Lab undoshlarining o’zi ikkiga bo’linadi:
a) lab-lab undoshlari: b,p,m
b) lab-tish undoshlari: v,f
2) Tilning tish va tanglayga tegishidan hosil bo’lgan fonemalarga (tovushlar) til tovushlari deyiladi. Til qismlarining harakatiga ko’ra til tovushlari to’rtga bo’linadi:
a) til oldi undoshlari: d,t,z,s,j,ch,sh,n,l,r
b) til o’rta undoshi: y
d) til orqa undoshlari (sayoz til orqa undoshlari, yaqin til orqa undoshlari deb ham yuritiladi): k,g,ng
e) chuqur til orqa undoshlari: q, g’, x
3) O’pkadan chiqayotgan havoning bo’g’izda qisilishidan hosil bo’lgan tovushga bo’g’iz tovushi deyiladi. Bo’g’iz tovushi h undoshidir
Do'stlaringiz bilan baham: |