So’zning yasalishi tuzilishi esa faqat yasovchilarnigina o’zichiga oladi. Shakl yasovchi qo’shimchalar so’z yasalishi tuzilishiga kirmaydi.
So’z yasalishi tuzilishi doimo ikkita tarkibiy qismni – yasashga asos va yasovchi vositani o’z ichiga oladi. Agar so’zda birdan ortiq yasovchi qo’shimchalar ishtirok etsa, eng oxirgisi yasovchi vosita sanaladi, oldingilari esa yasashga asos qism tarkibiga kiradi. Masalan, taroqchi so’zida–chi yasovchi vosita, taroq yasashga asos, taroqchi yasalma, taroq so’zida esa – yasovchi vosita, tara yasashga asos, taroq yasalma hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, so’z yasalishi tuzilishida yasashga asos qism bilan yasalma o’rtasida mazmuniy bog’liqlik, mazmuniy davomiylik bo’ladi. Yasalmada yasashga asos davom etadi. Masalan, tepki so’zi yasalma bo’lib, -ki yasovchi vositasida tep so’zidan yasalgan. Tepki yasashga asos qism ma’noni davom ettiradi: 1. Tepki uchun xoslangan moslama (otishqurolida). 2. Tepki zarbasi (tepki yedi).
Do'stlaringiz bilan baham: |