birinchisi – beistisno federatsiya vakolati tamoyili, faqat federatsiya qaror qabul qilishi va me’yoriy hujjatlar chiqarishi mumkin bo‘lgan masalalarni aniq belgilashdan iborat. Qolgan barcha masalalarni hal etish federatsiya subyektlari vakolatiga kiradi.
ikkinchi tamoyil – ham federatsiya, ham federatsiya subyektlari hamkorlikda hal etadigan, ya’ni bir xil vakolatga ega bo‘lgan masalalar ro‘yxatini belgilash tamoyili;
uchinchisi – uch sohaviy vakolatlar tamoyili. U (federatsiya subyektlari) shtatlar, respublikalar, yerlar, kantonlar bo‘yicha federal vakolatlarni hamda federatsiyaning o‘zi va federatsiya subyektlarining birgalikda hal qilish huquqini beruvchi vakolatlarni belgalashni ko‘zda tutadi.
Hozirgi vaqtda Rossiya, AQSH, Braziliya, Hindiston federativ davlatlar sifatida mavjud. Odatda, federatsiya normativ shartnoma asosida (1922 yili SSSRning tashkil topishi) yohud konstitutsiya qabul qilinishi asosida vujudga keladi (AQSH, 1787 yil)1.
Do'stlaringiz bilan baham: |