Bog'liq УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)
I guruh – Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (stipendiyalar va boshqalar);
II guruh – Ish beruvchilarning ajratmalari (Ish haqiga ustamalar);
III guruh – Kapital qo’yilmalar;
IV guruh – Boshqa xarajatlar.
Xarajatlarni moliyalashtirish (to’lash) byudjet ijrosi jarayonida xarajatlar ro’yxati va smetasiga kiritiladigan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda tegishli yil uchun tasdiqlangan byudjet parametrlariga hamda byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga muvofiq tuzilgan byudjet xarajatlarining choraklar bo’yicha taqsimlangan yillik ro’yxatiga binoan amalga oshiriladi.
I guruh – Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarga quyidagi xarajat turlari kiradi:
“Ish haqi”;
“Ta’lim muassasalarining o’rnak ko’rsatgan xodimlarini rag’batlantirish Direktor fondi mablag’lari” (umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda);
Stipendiyalar.
Umuman olganda, byudjet tashkilotlari xodimlari ish xaqini hisoblashda ular mehnatiga haq to’lashning Yagona Tarif Setkasi (YaTS) qo’llaniladi. YaTS O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o’rnatiladi. U 22 ta razraddan va har bir razrad uchun o’rnatilgan tegishli tarif koeffitsientlaridan iborat. Yagona Tarif Setkasi qonunan o’rnatilgan eng kam ish haqi miqdoriga asoslanadi va byudjet tashkilotlari xodimlari lavozim okladlarini aniqlash uchun qo’llaniladi. Ayrim tarmoqlar uchun esa mehnatga haq to’lashning tarmoq setkasi qo’llaniladi. Masalan, oliy ta’lim muassasalari, xalq ta’limi muassasalari, sog’liqni saqlash davlat tashkilotlari uchun ular xodimlari mehnatining xususiyatidan kelib chiqqan holda haq to’lashning tarmoq setkalari ishlab chiqilgan.
II guruh – “Ish haqiga ustamalar” (Ish beruvchilarning ajratmalari):
Bu guruhda mehnat haqi fondiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan yagona ijtimoiy to’lov summasi aks ettiriladi. Xarajatlar hisoblab chiqilgan mehnat haqi fondi summasiga nisbatan o’rnatilgan foizlarda hisoblanadi.
III guruh – “Kapital qo’yilmalar” guruhi bo’yicha xarajatlar Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro’yxatlarga muvofiq alohida tarzda rejalashtiriladi. Bu xarajatlar alohida byudjet tashkilotining smetasida rejalashtirilmaydi.
IV guruh – “Boshqa xarajatlar” tarkibiga quyidagi xarajat turlari va ularga mos xarajat kodlari kiradi:
“Xizmat safar xarajatlari”;
“Kommunal xizmatlarni to’lash xarajatlari”;
“Telefon, telekommunikatsion va axborot xizmatlari xarajatlari”;
“Joriy ta’mirlash xarajatlari”;
“Saqlash, ekspluatatsion xarajatlar va boshqa xizmatlarni to’lash xarajatlari”;
“Texnika, uskunalar, joriy maqsadlardagi boshqa buyumlarni va oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish xarajatlari”;
“Boshqa joriy xarajatlar”.
IV guruh moddalari bo’yicha xarajatlarni rejalashtirish va hisob-kitob qilishning eng umumiy bo’lgan o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
amaldagi narxlar va tariflar asosida hisoblab chiqariladi;
hisoblagichlarning ko’rsatkichlari bo’yicha o’tgan yildagi haqiqiy xarajatlar inobatga olinadi;
har bir birlik uchun o’rnatilgan xarajat me’yorlariga rioya etiladi;
energo-yoqilg’i va boshqa resurslarni iqtisod qilish rejimiga rioya etiladi.
Xulosa qilib aytganda, keyingi yillarda byudjet amaliyotidagi o’zgarishlar, “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi va byudjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmining o’zgarishi munosabati bilan amaldagi 414-son Qarorga 2007 yil 19 iyul 148-son Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan qator o’zgartirishlar kiritilishi, 2007-son “Davlat byudjetining g’azna ijrosi Qoidalari”ning qabul qilinishi, 2157-son “O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko’rib chiqish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risida Nizom”ning kuchga kirishi, 2013 yilda O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining qabul qilinishi bilan byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va to’lovlarini amalga oshirish tartiblari tubdan o’zgardi. Ushbu hujjatlarga muvofiq, g’azna ijrosiga o’tgan byudjet tashkilotlarining xarajatlari Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan yagona g’azna hisob raqamidan, shuningdek smetada ko’rsatilgan xarajatlar guruhlarining har bir moddasi bo’yicha g’aznachilik hisob raqamidan amalga oshiriladi. Bu tadbirlar byudjet tashkilotlari xarajatlarini to’g’ri va oqilona rejalashtirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish, mablag’larni iqtisod qilish, byudjetdan tashqari mablag’larni jalb qilishga yangicha talablarni qo’ymoqdaki, ushbu talablar byudjetdan moliyalashtirish, byudjet tashkilotlarida moliyaviy rejalashtirish va xarajatlar smetasini tuzish va ijro etish jarayonlarini chuqurroq o’rganishni talab etadi.