Bog'liq УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari, manbalari va ishlatish yo’nalishlari
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi PQ-1275-sonli Qarorining 25-bandiga muvofiq, 2010 yildan boshlab vazirlik va idoralarning, byudjet tashkilotlarining barcha byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’larini davlat byudjetining g’azna ijrosi mexanizmi bilan qamrab olish amalga oshirilmoqda. Bunda, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha bank hisobvaraqlari yopilib, G’aznachilikda tegishli shaxsiy hisobvaraqlar ochildi.
Byudjet tashkilotlarining davlat byudjetining g’azna ijrosi bilan qamrab olingan byudjetdan tashqari mablag’lari quyidagilardan iborat:
Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining ijtimoiy nafaqalarni to’lash uchun mablag’lari;
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi;
turg’un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish uchun undiriladigan to’lovlar;
taqsimlanishi nazarda tutilgan tushumlar;
boshqa ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to’lovi;
boshqa mablag’lar bo’yicha depozitlar;
byudjet tashkilotlarining boshqa byudjetdan tashqari mablag’lari.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2009 yil 4 avgustdagi 69-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 16 sentyabrda 2007-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “Davlat byudjetining g’azna ijrosi Qoidalari”ning “Byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag’lari hisobiga xarajatlarni amalga oshirish” deb nomlangan VIII-bo’limida “Byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarning qabul qilinishi, shuningdek byudjetdan tashqari mablag’larning kassa xarajatlari kelib tushgan byudjetdan tashqari mablag’lar doirasida amalga oshiriladi va byudjet mablag’lari kabi bir xil tartibda rasmiylashtiriladi”, deb belgilab qo’yilgan.