O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“PENSIYA ISHI” KAFEDRASI
“DAVLAT BYUDJETI”
fanidan
O’QUV USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi:
|
200000
|
–
|
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
|
|
|
|
|
Ta’lim sohasi:
|
230000
|
–
|
Iqtisod
|
|
|
|
|
Ta’lim yo‘nalishlari:
|
5231500
|
–
|
Baholash ishi
|
|
5111000
|
–
|
Kasb ta’limi (5230600 - Moliya)
|
|
5230600
|
–
|
Moliya
|
T OSHKENT – 2017
Fanning O‘quv-uslubiy majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 201__ yil ___ _____________dagi ___ sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
|
|
|
|
|
|
Nurmuxamedova B.I.
|
–
|
TMI, “Pensiya ishi” kafedrasi katta o’qituvchisi;
|
Tursunov J.P.
|
–
|
TMI, “Pensiya ishi” kafedrasi o’qituvchisi.
|
|
|
|
Taqrizchilar:
|
|
|
|
|
|
Vaxabov A.V.
|
–
|
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti “Makroiqtisodiyot” kafedrasi mudiri, i.f.d., prof. (turdosh OTM);
|
Davronov Sh.Z.
|
–
|
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, Boshqarma boshlig’i. (kadrlar buyurtmachisi);
|
Xo’jamqulov D.Yu.
|
–
|
TMI, “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi dotsenti, i.f.n.
|
Fanning O‘quv-uslubiy majmuasi kafedraning 2017 yil ___ _____________dagi __ sonli yig’ilishida muhokama qilingan va fakultet Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri B. Mamatov
Fanning O‘quv-uslubiy majmuasi Byudjet hisobi va davlat jamg’armalari fakulteti Kengashida muhokama qilingan va institut Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya etilgan (2017 yil ___ ___________dagi ___ sonli qaror).
Fakultet dekani J. Karimqulov
Kelishildi:
O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i U.Yakubov
Fanning O‘quv-uslubiy majmuasi institut o’quv-uslubiy Kengashining 2017 yil __ ______________dagi ___- sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqlash uchun tavsiya qilingan.
O’quv ishlari bo‘yicha prorektor I. Qo’ziyev
Fanning O‘quv-uslubiy majmuasi institut Kengashining 2017 yil __ ______________dagi ___- sonli majlisi bayoni bilan ma’qullangan.
MUNDARIJA
|
|
bet
|
KIRISH
|
|
I-bo’lim
|
O’QUV MATERIALLAR
|
|
|
|
|
1.1.
|
MA’RUZALAR MATNLARI
|
|
|
|
|
1-mavzu
|
“Davlat byudjeti” fanining predmeti, maqsad va vazifalari
|
|
2-mavzu
|
Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati
|
|
3-mavzu
|
Byudjet qurilishi va byudjet tizimi
|
|
4-mavzu
|
Davlat byudjetining huquqiy asoslari
|
|
5-mavzu
|
Byudjet siyosati
|
|
6-mavzu
|
Byudjet tizimini boshqarish
|
|
7-mavzu
|
Byudjetlararo munosabatlar
|
|
8-mavzu
|
Byudjet tasnifi
|
|
9-mavzu
|
Davlat byudjeti daromadlari tizimi
|
|
10-mavzu
|
Davlat byudjeti xarajatlari tizimi
|
|
11-mavzu
|
Davlat byudjetining holati
|
|
12-mavzu
|
Byudjet jarayoni
|
|
13-mavzu
|
Davlat byudjeti g’azna ijrosini tashkil qilish
|
|
14-mavzu
|
Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish asoslari
|
|
15-mavzu
|
Davlat byudjetidan ta’lim tizimi xarajatlarini moliyalashtirish
|
|
16-mavzu
|
Davlat byudjetining sog’liqni saqlash xarajatlari
|
|
17-mavzu
|
Byudjetning madaniyat xarajatlari
|
|
18-mavzu
|
Davlat byudjetining ijtimoiy ta’minot xarajatlari
|
|
19-mavzu
|
Davlat byudjetining aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari
|
|
20-mavzu
|
Davlat byudjetining davlat hokimiyati, boshqaruvi, sud, prokuratura organlarini saqlash xarajatlari
|
|
21-mavzu
|
Davlat byudjetining boshqa xarajatlari
|
|
22-mavzu
|
Byudjet nazorati
|
|
|
|
|
1.2.
|
AMALIY MASHG’ULOTLAR UCHUN MATERIALLAR
|
|
|
|
|
Amaliy mashg’ulotlarni o’tlazish bo`yicha uslubiy qo’llanma
|
|
|
|
|
II-bo’lim
|
MUSTAQIL TA’LIM
|
|
|
|
|
“Davlat byudjeti” fanidan mustaqil ta’lim bo’yicha uslubiy qo’llanma
|
|
|
|
|
III-bo’lim
|
GLOSSARIY
|
|
IV-bo’lim
|
ILOVALAR
|
|
4.1.
|
“Davlat byudjeti” fanidan fan dasturi
|
|
4.2.
|
“Davlat byudjeti” fanidan ishchi-o’quv dasturlari
|
|
4.3.
|
Tarqatma materiallar
|
|
4.4.
|
Testlar
|
|
4.5.
|
Nazorat savollari
|
|
4.6.
|
“Davlat byudjeti” fanidan talabalar bilimini baholash mezonlari
|
|
4.7.
|
“Davlat byudjeti” fanidan adabiyotlar ro’yxati
|
|
KIRISH
“Davlat byudjeti” fanining O’quv-uslubiy majmuasi bakalavriatning “Moliya”, “Kasb ta’limi”(“Moliya”) va “Baholash ishi” ta’lim yo’nalishlari davlat ta’lim standartlari va “Davlat byudjeti” fanining fan dasturida belgilangan talablarga muvofiq egallanishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirish, fanga oid jahondagi ilm-fan, texnika, texnologiyalarning so’nggi yutuqlarini, ilg’or xorijiy tajribalarni keng yoritish va ularni hisobga olgan holda fan mavzularini shakllantirish, o’quv jarayonini kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarga erishish, mustaqil bilim olish va o’rganish hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan o’quv-uslubiy vosita bo’lib, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’quv-uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, elektron ta’lim resurslari, o’qitish texnologiyasi, baholash metodlari va mezonlarini o’z ichiga oladi.
Ushbu O’quv-uslubiy majmuada “Davlat byudjeti” fanining o’quv dasturiga muvofiq ravishda ma’ruzalar matnlari, amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish bo’yicha uslubiy tavsiyalar, mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish bo’yicha uslubiy qo’llanma, fanning namunaviy va ishchi-o’quv dasturlari, fan yuzasidan testlar, yakuniy nazorat savollari va variantlari, talabalar bilimini baholash mezonlari, fan mavzulari bo’yicha tarqatma materiallar, fan mavzularini o’zlashtirish bo’yicha asosiy va qo’shimcha adabiyotlar hamda boshqa didaktik materiallar jamlangan.
I-BO’LIM. O’QUV MATERIALLAR
1.1. MA’RUZALAR MATNLARI
1-MAVZU: “DAVLAT BYUDJETI” FANINING PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
1.1.
|
“Davlat byudjeti” fanining predmeti, tarkibiy tuzilishi, maqsadi va vazifalari
|
1.2.
|
Fanning rivojlanishidagi asosiy tendensiyalar
|
1.3.
|
“Davlat byudjeti” fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan o’zaro bog’liqligi
|
Tayanch so’z va iboralar: davlat moliyasi; davlat byudjeti; moliya tizimi; iqtisodiy o‘sish; davlatning funksiyalari; iqtisodiy dastaklar; o’qitishning interaktiv usullari; aqliy hujum, bahs, muzokaralar, pinbord texnikasi, keys-stadi; multimedia ta’lim vositalari; ‘quv adabiyotlari; elektron darslik; testlar majmuasi.
“Davlat byudjeti” fanining predmeti, tarkibiy tuzilishi, maqsadi va vazifalari
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi va uning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan davlat byudjeti alohida o‘rin egallaydi. Davlat byudjeti davlatning qator ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ekologik va boshqa funksiyalarini amalga oshirishning moddiy-moliyaviy asosini tashkil etadi va mamlakat moliya tizimining barcha bo‘g‘inlari bilan byudjet-moliya qonunchiligi bilan tartibga solinadigan muayyan munosabatlarga kirishadi.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini bajarish, iqtisodiyotni barqaror va mutanosib rivojlantirish, jahon bozorlarida mustahkam o‘rin egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni to‘liq va samarali amalga oshirish sharoitida davlat byudjetining amal qilish mexanizmlarini puxta o‘rganish har qachongidan ham dolzarbdir. Davlat moliyasi tizimida faoliyat qiluvchi mutaxassislardan davlat byudjet munosabatini to’g’ri va samarali tashkil etish mexanizmlarini puxta bilish va amaliyotda qo’llay olish talab etiladi. Shu sababli bakalavriatning bir qator ta’lim yo’nalishlari o’quv rejasiga “Davlat byudjeti” nomli fan kiritilgan bo’lib, ushbu fan dasturida davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, iqtisodiyotni tartibga solish va ijtimoiy aiyosatni amalga oshirishdagi ahamiyati, byudjet tizimi va byudjetlararo munosabatlar tamoyillari, byudjet daromadlari va xarajatlari tizimining amal qilish mexanizmlari, byudjet jarayoni va byudjet nazoratini tashkil qilish, xorijiy davlatlar byudjet tizimi va byudjet jarayonini tashkil etish masalalari qamrab olingan.
Davlat byudjeti davlat moliya tizimining tarkibiy qismini tashkil etadi va Davlat byudjetining mazmuni bevosita davlatning ijtimoiy-iqtisodiy funksiya va majburiyatlaridan kelib chiqadi. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati tadbirlarini, ijtimoiy soha va tarmoqlarni moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlashda davlat byudjeti asosiy moliyaviy manba bo’lib xizmat qiladi. Davlat byudjetini boshqarish va taribga solishda, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda, har bir davrning ustuvor taraqqiyot vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishda davlatning boshqa iqtisodiy dastaklari qatori, davlat byudjeti ham muhim ahamiyat kasb etadi, bu vazifalarning samarali ijrosi davlat byudjeti amal qilishining tegishli mexanizmlarini ishlab chiqish va amalda qo’llash bilan ta’minlanadi.
“Davlat byudjeti” fanini o’zlashtirish uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga ega. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, keyslardan foydalaniladi.
Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda o’qitishning interaktiv usullari(vizual, muammoli, mualliflik ma’ruzalari, ikki tomonlama tahlil, insert, klaster, “Venn diagrammasi” va boshqalar)dan foydalaniladi. Fan o’qituvchisi tomonidan pedagogik va modulli texnologiya tamoyillari asosida “Davlat byudjeti” fani o’quv mashg’ulotlarining loyihalari ishlab chiqiladi. Amaliy mashg’ulotlarda muammoni jamoaviy tarzda hal etishning usullari va vositalari: aqliy hujum, bahs, muzokaralar, pinbord texnikasi, keys stadi (muammoli vaziyat hosil qilib, uni yechishni o‘rganish) kabi usullar qo’llaniladi.
Shuningdek, fanning amaliyot mashgulotlarida kompyuter dasturlaridan (Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint, UzASBO), slaydlardan, multimedia ta’lim vositalaridan, Internet sahifalari va tizimlaridan hamda davlat moliyasini bashqarish tizimida qo’llaniladigan dasturiy mahsulotlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu fanni o‘zlashtirishda talabalarga mavjud o‘quv adabiyotlaridan, elektron darslik, testlar majmuasi va boshqa manbalardan foydalanish ham tavsiya etiladi.
“Davlat byudjeti” fanining predmetini davlatning markazlashgan pul fondi bo’lgan davlat byudjetining shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi bilan bog’liq bo’lgan tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy munosabatlar tashkil qiladi.
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda davlat byudjetining shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi borasida nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish va chuqurlashtirishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarning nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, moliyaviy-iqtisodiy va ijtimoiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuvi hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:
davlat byudjetining mohiyati, zarurligi va funksiyalari, byudjet tizimi, byudjet tuzilishi, byudjet siyosatining mazmuni, vazifalari, rivojlanish bosqichlari, byudjet tizimini boshqarish va tartibga solish asoslari, xorijiy mamlakatlar byudjet tizimi va byudjet jarayoni, byudjet daromadlari va xarajatlari tarkibi va tuzilishi, byudjet daromadlarining shakllanish manbalari, byudjet xarajatlarining tarkibi va tuzilishi, respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar o’rtasidagi byudjetlararo munosabatlarning shakllari, byudjet munosabatlarini tashkil etish shakllari haqida tasavvurga ega bo’lishi;
davlat byudjeti rivojlanishining qonuniyatlarini, davlat byudjeti holatini baholash va tahlil qilishni, byudjet istiqbolini belgilash asoslarini, byudjet jarayonining tashkil etilishi va o’ziga xos xususiyatlarini, O’zbekiston Respublikasining moliya-byudjet qonunchiligi asoslarini, byudjetning g’azna ijrosini tashkil etish nazariyasi va amaliyotini, byudjet tizimini tashkil etish tamoyillarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
byudjet ko’rsatkichlarining prognoz hisob-kitobini tuzish, byudjet ijrosi yakunlarini tahlil etish, byudjet tizimi va byudjet tuzilishi, byudjet nazorati, byudjet mablag’lari oluvchilar va byudjet tashkilotlari majburiyatlarini bajarish, byudjet tizimi byudjetlari faoliyatini tartibga solish, byudjet ijrosi va byudjet tashkilotlari smetalari ijrosi bo’yicha hisobotlarni tuzish va tahlil etish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi;
davlat byudjeti ijrosi bo’yicha hisobotlarni tuzish va tahlil etish, ijro natijalarini hisob-kitob qilish, byudjet munosabatlarini tashkil qilishda axborot tizimlaridan foydalanish, byudjet amaliyotiga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlardan maqsadga muvofiq foydalanish, davlat byudjetining rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash maqsadida ilmiy tadqiqotlarni o’tkazish bo’yicha malakalarga ega bo’lishi kerak.kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |