O’zbekiston Respublikasi
konsolidatsiyalashgan byudjeti tuzilmasi
3.6-rasm. O’zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjeti tuzilmasi1
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi;
Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi;
O’zbekiston Respublikasining Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy o’quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi.
2007-yildan boshlab davlat byudjeti parametrlarida alohida satr bilan Tiklanish va taraqqiyot fondining daromadlari va xarajatlari ko’zda tutila boshlandi. Mazkur jamg’arma iqtisodiyotning yetakchi, eng avvalo, bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirish loyihalarining amalga oshirilishini ta’minlash, mamlakatni barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish, shuningdek, samarali tarkibiy va investitsion siyosatni amalga oshirish maqsadida tuzilgan.
Byudjet nazariyasi va amaliyoti bir joyda qotib turmaydi, jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlar, har bir davrning rivojlanish ustuvorliklari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning oldidagi vazifalardan kelib chiqqan holda o’zgarib turadi, takomillashib boradi. Xususan, “iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib va jadal rivojlantirish”1 maqsadida “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli Qarori bilan byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi hamda Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi negizida Byudjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi tashkil qilindi. Bugungi kunda ushbu qayta tashkil etilgan jamg’armaning mablag’lari 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan fan va ta’lim sohasini rivojlantirish borasidagi keng ko’lamli tadbirlar va dasturlarni moliyalashtirishga safarbar etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |