Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua


Umumta’lim muassasalarida bir o‘quvchiga o‘rnatilgan bazaviy me’yorlar asosida muassasa budjetini rejalashtirish va moliyalashtirish amaliyoti



Download 2,36 Mb.
bet102/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

15.3. Umumta’lim muassasalarida bir o‘quvchiga o‘rnatilgan bazaviy me’yorlar asosida muassasa budjetini rejalashtirish va moliyalashtirish amaliyoti


Ta’limni boshqarish va moliyalashtirish tizimida islohotlarning zarurligi va muhimligini tushungan holda, shuningdek, ta’lim sohasidagi resurslarni boshqarish va taqsimlash mexanizmidagi asosiy kamchiliklarni (tartibga solishning qattiq me’yorlari, maktab resurslarini boshqarishdagi avtonomlikning mavjud emasligi, maktabga ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanishga bo‘lgan qiziqishning sustligi va sh.k.) anglab etgan holda, hukumatimiz tomonidan ta’limni moliyalashtirish tizimini modernizatsiya qilish sari muhim qadam qo‘yildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2008 yilga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-744-son Qarorining qabul qilinishi va unda “...Buxoro, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida 1 o‘quvchiga (tarbiyalanuvchiga) xarajatlarning bazaviy me’yorlaridan kelib chiqqan holda maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, umumta’lim maktablari va kasb-xunar kollejlarining budjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish”1 bo‘yicha vazifalarning belgilanishi mamlakatning ayrim hududlaridagi umumta’lim muassasalari budjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirishning yangi tartiblarini joriy etish jarayonining boshlanishiga turtki bo‘ldi.
744-qarorning 17-bandida belgilangan vazifalarni bajarish doirasida 2008 yil 14 martda Moliya vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining “2008 yilda Buxoro, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahri umumta’lim maktablarida 1 o‘quvchiga bazaviy xarajatlar me’yorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 24/8-son Qo‘shma Qarori imzolandi, ushbu qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Umumta’lim maktablarida bir o‘quvchiga bazaviy xarajatlar me’yorlari;

  • Bazaviy xarajatlar me’yorlari asosida umumta’lim maktablari budjetini hisoblash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar.

Bir o‘quvchiga bazaviy xarajatlar me’yorlarini hisoblab chiqish uchun keng ko‘lamli tahliliy ish olib borildi. Bunda hududlardagi:

  • umumta’lim maktablari;

  • ta’lim pog‘onalari (1-4, 5-9, 10-11-sinflar);

  • ta’lim xizmatlarining turlari (uyda ta’lim berish, kuni uzaytirilgan guruhlar, maktab qoshidagi internatlar) kesimida budjet xarajatlari tahlil qilib chiqildi.

Olib borilgan hisob-kitoblar asosida, shuningdek, tegishli budjetlarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, 2008 yil uchun Buxoro, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahri umumta’lim maktablarida bir o‘quvchiga bazaviy xarajatlar me’yorlarining quyidagi miqdorlari (2-jadval) belgilandi (bu me’yorlar viloyatlar bo‘yicha, har bir viloyatda - ta’lim pog‘onalari bo‘yicha, uyda ta’lim oluvchilar bo‘yicha va maktab qoshidagi internatlar bo‘yicha bir-biridan farq qiladi):
“Bazaviy xarajatlar me’yorlari asosida umumta’lim maktablari budjetini hisoblash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar”ga muvofiq, umumta’lim maktablarida bir o‘quvchiga bazaviy xarajatlar me’yorlari tarkibiga quyidagi xarajat turlari kiritilgan:

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish