Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua


Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi byudjet siyosatining rivojlanish bosqichlari



Download 2,36 Mb.
bet24/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

5.2. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi byudjet siyosatining rivojlanish bosqichlari


O’zbekiston o’zining davlat suverenitetini e’lon qilib, mamlakatni inqiroz holatidan olib chiqish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish, iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqil, qudratli, rivojlanib boruvchi, ko’p qirrali demokratik davlat yaratish dasturini belgilab oldi. Shu nuqtai nazardan, O’zbekiston davlat byudjetining tarixiy jihatdan juda qisqa, lekin yosh mustaqil davlat uchun sermazmun, serqirra davrdagi rivojlanish bosqichlari boshlandi. Respublika hukumati tomonidan iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarning ustuvor yo’nalishlari va bozor mexanizmlarini ishga tushirish choralari ko’rildi, natijada qator moliyaviy institutlarning samarali faoliyati ta’minlandi.
Respublika davlat byudjetiga o’zining ichki daromadlari jalb qilindi va ular 1991 yilgacha bo’lgan sobiq Ittifoq davlat byudjetidan ajratilgan transfertlar summasidan oshib ketdi. Qat’iy moliyaviy cheklashlarning qo’llanilishi natijasida davlat byudjetining daromadlari, xarajatlari va taqchilligi hajmi YaIM dinamikasi­ga muvofiq ravishda tartibga solib turildi. Ijtimoiy sohaga xarajatlarning o’sish sur’atlari umumiy xarajatlarning o’sish sur’atlariga bog’liq bo’ldi, ya’ni O’zbekistondagi bozor islohotlari mamlakat byudjetiga, uning xarajatlar qismi tarkibi va tuzilishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi.
O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti o’z rivojlanish jarayonida quyidagi bosqichlarni bosib o’tdi:

  • Fiskal bosqich (1991-1995-yillar);

  • Noinflyatsion bosqich (1996-2002 yillar);

  • D
    Fiskal bosqich(1991-1995-yillar)ning vazifalari:

    • yangi byudjet qonunchiligini yaratish;

    • soliq islohotlarini o’tkazish;

    • byudjetning xarajatlar qismini qayta tarkiblash;

    • byudjet daromadlari va xarajatlarini balanslashtirishga erishish
    avlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish bosqichi (2003 yildan bugunga qadar).



Davlat byudjeti rivojlanishining birinchi bosqichi juda og’ir kechdi. Bunga sabab ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan davlatning byudjetini shakllantirish mamlakatda kechayotgan iqtisodiy inqiroz sharoitida (YAIM ishlab chiqarishning keskin pasayishi, bu esa o’z navbatida davlat byudjeti daromadlarining qisqarishiga olib keldi) amalga oshirildi. Daromadlar va xarajatlarning samarasiz tarkibi byudjet inqirozi yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.
Bu bosqichda davlat byudjeti yaqqol namoyon bo’luvchi fiskal xususiyatga ega edi. Turli-tuman va yuqori soliq stavkalari amal qilib, ular davlat byudjetining daromadlar qismining shakllanishiga xizmat qildi. Byudjetning asosiy vazifalari davlatni iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish uchun zarur mablag’lar bilan ta’minlash, milliy iqtisodiyotni barqarorlashtirish va yanada rivojlantirish uchun sharoit yaratishdan iborat edi.
Fiskal bosqich davri yuqori soliq stavkalari va soliq solish bazasining kengligi bilan tavsiflanib, bu hol respublikada ishlab chiqarishning rivojlanishiga to’sqinlik qilar, iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun sharoit yaratish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish talablariga javob bermas edi. Kiritilgan ko’p sonli imtiyozlar ishlab chiqarishni kengaytirish va tadbirkorlikning rivojlanishida muhim rol o’ynamadi, balki aksincha, soliq to’lashdan bo’yin tovlashga imkoniyat yaratdi.


Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish