Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua


Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjetlarni boshqarishdagi huquq va majburiyatlari



Download 2,36 Mb.
bet20/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

4.4. Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjetlarni boshqarishdagi huquq va majburiyatlari

Hududlardagi ijtimoiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solishda mahalliy davlat hokimiyati organlari alohida o’rin egallaydi. 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi № 913-XII-son O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, “Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo’ysunadigan shaharlardan, shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlari1 hisoblanadi. Xalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat, tuman va shahar uchun umumiy bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini, joylarda qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini, O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari o’rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda o’zini-o’zi boshqarishni rivojlantirishga ko’maklashish asosida o’zini-o’zi boshqarish organlarining faoliyatini yo’naltirib turadilar.


Mahalliy byudjetlarni shakllantirish hamda hududlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqi­yoti­ni ta’minlashda mahalliy byudjetlardan foydalanish jarayonlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozlari va davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi Qarorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko’ra, mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga “mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish”2 vakolati berilgan. Shu bilan mahalliy hokimiyat organlarining byudjet sohasidagi faoliyatining konstitutsiyaviy asosi o’rnatilgan. Joylardagi mahalliy vakillik hokimiyati va ijro hokimiyati organlarining bu sohadagi vazifalari, vakolatlari turlicha bo’lib, ular avvalo “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunda belgilangan.
O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning chuqurlashuvi mahalliy hokimiyat organlarining ularga tegishli hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi rolini yanada oshirib, moliya-byudjet sohasidagi huquqlarini kengaytirish va ularning moliyaviy bazasini mustahkamlashni talab qiladi. Mahalliy byudjetlarning salmog’i oshishi ustun ravishda xarajatlarning oshib borishi bilan bog’liq, ya’ni markaziy hokimiyat hududiy iqtisodiyotni rivojlantirish, ijtimoiy infratuzilmani saqlash, ishchi kuchini qayta tayyorlash bilan bog’liq vakolatlarni joylarga berib bormokda. Mahalliy byudjetlardan davlat takror ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etishda keng foydalanmokda, mahalliy boshqaruv organlari hududiy darajada davlatning maqsadga muvofiq vazifalarini tobora ko’proq bajarmoqda.
O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi faoliyatining iqtisodiy asosini ma’muriy-hududiy tuzilmalarning davlat mulki (kommunal mulk) hamda viloyat, tuman va shaharda mavjud bo’lib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga xizmat qiluvchi boshqa mulk tashkil etadi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi mutloq O’zbekiston Respublikasi mulkida bo’lgan davlat mulki ob’ektlariga nisbatan ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’ektlarni samarali joylashtirish, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza etish, aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshiradilar. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, viloyat, tuman, shahar hokimi o’zlari idora qilayotgan hududdagi mulkchilikning turli shakliga asoslangan korxonalar uchun O’zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilmagan, tadbirkorlik va xo’jalik faoliyatini erkin yuritishga to’siqinlik qiladigan cheklovlarni joriy etishga haqli emaslar”.
Yuqoridagi Qonunning 8-moddasiga muvofiq esa “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi davlat mulkini chegaralash natijasida o’ziga berilgan yoki qonunlarga muvofiq o’zi sotib olgan ob’ektlarga nisbatan mulkdor vakolatlarini to’liq amalga oshiradi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining mol-mulki, mahalliy byudjetlarning mablag’lari va byudjetdan tashqari jamg’armalarning mablag’lari viloyat, tuman, shahar mulkidir. Viloyat, tuman, shahar ahamiyatiga ega bo’lgan muhandislik infrastrukturasi ob’ektlari va boshqa ob’ektlar, korxonalar va birlashmalar, xalq ta’limi, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, fan va madaniyat muassasalari, viloyat, tuman, shahar mablag’i hisobidan tashkil etilgan yoki sotib olingan, shuningdek ulushbay asoslarda tashkil etilgan yoki sotib olingan yoxud xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga boshqa manbalardan bepul berilgan qimmatli qog’ozlar va moliya aktivlari viloyat, tuman, shahar mulki bo’lishi mumkin1.
Mahalliy byudjetlar orqali xalq ta’limi, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport muasassalari, mahalliy hokimiyat boshqaruv organlari, kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar berish xarajatlari moliyalashtirib boriladi.
“Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunning 81-moddasida2 Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi byudjetdan tashqari jamg’armalar tashkil etishi mumkinligi belgilab qo’yilgan, ularga quyidagilar kiritiladi:

  • fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning (bundan byudjet tashkilotlari mustasno) ixtiyoriy badallari va xayriyalari;

  • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar.

Mahalliy hokimiyat organlari viloyat, tuman, shahar byudjetdan tashqari jamg’armalarining mablag’lari shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida turadi, olib qo’yilmaydi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi va hokimning qaroriga ko’ra sarflanadi.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 4-bob, 27-moddasi bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining, 28-moddasi bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining, 30-moddasi bilan esa hududiy moliya organlarining byudjet sohasidagi vakolatlari belgilab qo’yilgan.
Kodeksning tegishli moddasiga ko’ra, Qoraqalpog’iston Respublika­si Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari1:

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini, tumanlar va shaharlar byudjetlarini tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq ko’rib chiqadi va qabul qiladi;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq har chorakda ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi;

  • mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilaydi.

Shuningdek, Byudjet Kodeksining tegishli bob va moddalarida hududiy moliya organlarining byudjet sohasidagi vakolatlari (30-modda), mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlari tarkibi va ularning byudjet tizimi bo’g’inlari o’rtasida taqsimlash tartiblari belgilab berilgan.



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish