Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua


-jadval MDH davlatlarida Byudjet kodeksining mavjudligi to’g’risida ma’lumot



Download 2,36 Mb.
bet19/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

4.1-jadval
MDH davlatlarida Byudjet kodeksining mavjudligi to’g’risida ma’lumot



MDH davlatlari

Byudjet kodeksining mavjudlik holati

1.

Armaniston

mavjud emas

2.

Belorussiya

mavjud, 16.07.2008 yilda qabul qilingan

3.

Moldaviya

mavjud emas

4.

Ozarbayjon

mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda

5.

Rossiya

mavjud, 31.07.1998 yilda qabul qilingan

6.

Tojikiston

mavjud emas

7.

Turkmaniston

mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda

8.

Ukraina

mavjud, 21.06.2001 yilda qabul qilingan

9.

Qozog’iston

mavjud, 04.12.2008 yilda qabul qilingan

10.

Qirg’iziston

mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda

11.

O’zbekiston

mavjud, 26.12.2013 yilda qabul qilingan



Yuqorida sanab o’tilgan barcha o’zgartirishlar va yangiliklar ilg’or xalqaro tajribani o’rganish asosida joriy etilgan bo’lib, ularda mamlakatimiz byudjet tizimining samaradorligi hamda ochiq-oydinligini yanada oshirish ko’zda tutilgan.


4.3. Soliq kodeksi, uning davlat byudjetini shakllantirishdagi ahamiyati


Mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiy jarayonlar, tadbirkorlar va ishbilarmonlarga biznesni yuritish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasidagi engilliklar, kichik biznes sub’ektlariga berilayotgan preferentsiyalar soliq mexanizmlarini ham yanada takomillashtirishni hamda yangi tahrirdagi Soliq kodeksini ishlab chiqish zaruriyatini yuzaga keltirdi.
2007 yilgacha amalda bo’lgan Soliq kodeksi 135 moddadan iborat bo’lib, soliq munosabatlarini tartibga solishda u bilan birga ko’pgina yo’riqnoma, nizom va tartiblar ham qo’llanilar edi. Soliq qonunchiligiga tez-tez o’zgartirishlar kiritilishi va soliq normalarining boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinishi muayyan noaniqlik, tushunmovchilik va soliq normalarining har xil talqin qilinishiga olib kelardi, bu aksariyat hollarda soliq to’lovchilarning haqli e’tirozlariga sabab bo’lardi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o’n ikkinchi yalpi majlisida soliq siyosati va tizimini yanada isloh qilish hamda erkinlashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Soliq kodeksi ma’qullanib, Prezident tomonidan imzolanganidan so’ng, 2008 yil 1 yanvaridan e’tiboran kuchga kirdi. Kodeksda ko’zda tutilgan me’yor va qoidalar, avvalo, soliq tizimi va soliq munosabatlarini unifikatsiya qilish, mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror hamda mutanosib rivojlantirishda soliqlarning rag’batlantiruvchi rolini kuchaytirishga qaratilgan.
“O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini tasdiqlash to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga binoan, ikki yil davomida O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining amal qilishi va samaradorligini muntazam monitoring va tahlil qilib borish, zarur bo’lgan hollarda esa uni yanada takomillashtirish uchun takliflar kiritish belgilandi. Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasi huzurida idoralararo maxsus guruh va uning doimiy ishchi organi tuzildi. Ikki yil mobaynida ushbu ishchi organga Soliq kodeksini takomillashtirish bo’yicha mingdan ortiq takliflar kelib tushdi. Ular asosan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi tomonidan o’tkazilgan seminarlarda, davra suhbatlarida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, tadbirkorlar, tijorat banklari, xalqaro moliya tashkilotlari va ekspertlar tomonidan berilgan takliflar bo’lib, 2008 yildayoq ana shu takliflar asosida Soliq kodeksining 79 ta moddasiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritilgan edi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining amal qilishi va samaradorligini muntazam ravishda monitoring va tahlil qilib borish bo’yicha belgilangan muddatning ikkinchi yilida, ya’ni 2009 yil mobaynida kelib tushgan takliflar asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi hamda “Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi O’zbekiston Respublikasining qonunlar loyihalari Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga kiritilgan. Quyi palata tomonidan qabul qilingan mazkur qonunlar Senatning yigirmanchi yalpi majlisida ma’qullandi hamda Prezident tomonidan imzolanib, 2010 yil 1 yanvaridan hayotga tatbiq etila boshlandi1.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi2 soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish hamda O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lash bilan bog’liq munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladi. Kodeks 64 ta bob, 392 moddadan iborat bo’lib, u soliq masalalarini tartibga soluvchi barcha me’yor va qoidalarni mujassamlashtirgan va to’g’ridan-to’g’ri amal qiluvchi hujjatga aylandi. Jumladan, yangi Kodeksda iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan Prezident farmonlari va qarorlarida bayon etilgan normalar to’liq ifodasini topgan.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining tadbirkorlar imkoniyatlarini kengaytirish va manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyatga katta. Unga muvofiq, soliqqa tortish masalalarida baxsli holatlar yuzaga kelganda, masala soliq to’lovchi foydasiga hal etiladi. Soliq kodeksiga (avvalgi tahrirdagi kodeksda mavjud bo’lmagan) soliq to’lovchining haqligi prezumptsiyasi printsipi kiritildi, ya’ni soliq to’g’risidagi qonun hujjatlaridagi bartaraf etib bo’lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to’lovchi foydasiga talqin etiladi va bu Soliq kodeksining tamoyillarida alohida belgilab qo’yildi.
Soliq kodeksining 6-11-moddalariga muvofiq, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari soliq solishning majburiyligi, aniqligi, adolatli­ligi, soliq tizimining yagonaligi, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari­ning oshkoraligi va, yuqorida ta’kidlanganidek, soliq to’lovchining haqligi prezumptsiyasi printsiplariga asoslanadi. Soliq to’g’risidagi qonun hujjat­larining qoidalari Kodeksda belgilangan ushbu printsiplarga zid bo’lishi mumkin emas.
Bundan tashqari, Soliq kodeksining soliq ma’murchiligi masala­lariga bag’ishlangan umumiy qismi avvalgisiga nisbatan tubdan o’zgar­tirildi va kengaytirildi. Mazkur qismda fuqarolarga sodda va tushunarli bo’lishi uchun soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tushunchalariga, shuningdek, yuridik shaxs, jismoniy shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor kabi tushunchalarga alohida ta’riflar berildi. Endilikda barcha soliq to’lovchilar soliqlarni qaysi maqsadda to’layotganliklari to’g’risida to’liq va kengroq tasavvurga ega bo’ladilar, bu esa, o’z navbatida, soliq madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, Soliq kodeksida soliq nazoratining shakllari ham belgilanib, ularning mazmun-mohiyati alohida moddalarda aniq-ravshan tarzda yoritildi. Chunonchi, unda soliq tekshiruvlari tushunchasi va ularning shakllari, soliq tekshiruvlarining turlari, ishtirokchilari, tekshiruvni o’tkazish uchun asos bo’ladigan holatlar, muddatlar, uning davriyligi hamda soliq tekshiruvlarini o’tkazish tartibi to’g’risida tushunchalar ochib berildi.
Soliq nazorati bobida, jumladan, kameral nazorat, xronometraj masalalari yoritilgan. Ularni o’tkazish tartibi, muddatlari, davriyligi hamda ularni o’tkazish uchun zarur bo’lgan hujjatlar ko’rsatib o’tilgan.
Soliq kodeksi soliq masalalarini tartibga soluvchi barcha me’yor va qoidalarni mujassamlashtirgan, to’g’ridan-to’g’ri amal qiluvchi hujjatga aylantirilganligi bois, uning amalga kiritilishi munosabati bilan o’z ahamiyatini yo’qotgan bir qator qonun hujjatlari butunlay bekor qilindi. “Muddatida to’lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni undirib olish to’g’risida”gi, “Davlat boji to’g’risida”gi, “Patta to’lovi to’g’risida”gi qonunlar shular jumlasidandir.
Xulosa qilib aytganda, Soliq kodeksi mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal sur’atlar bilan o’sishiga, uning makroiqtisodiy mutanosibligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni chuqurlashtirishga, xususan, tadbirkorlik, kichik biznes va fermerlik harakatining izchil rivojlanishiga kafolat va imtiyozlar beradigan siyosatni davom ettirishda huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi. U soliq tizimi va soliq munosabatlarini unifikatsiya qilish, mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror hamda mutanosib rivojlantirishda soliqlarning rag’batlantiruvchi rolini yanada kuchaytirish, yurtimizda islohotlarni amalga oshirish uchun ilg’or zamonaviy soliq solish tizimiga mos keladigan va byudjetning daromad qismining shakllanishini barqaror ravishda ta’minlaydigan hamda iqtisodiy o’sishga ta’sirchan omil bo’ladigan samarali soliq tizimi barpo etilishini ta’minlaydi.



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish