Ijtimoiy ta’minotga ehtiyoj jamiyat paydo bo‘lishi bilan tug‘ildi. Har qanday jamiyatda – uning iqtisodiy va siyosiy tuzilishidan qat’i nazar – o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan vaziyatlar sababli tirikchilik kechirish uchun mablag‘ topishga qodir bo‘lmagan aholi toifalari bo‘ladi. Ularga, eng avvalo, bolalar va keksa kishilar, nogironlar, yetimlar, yolg‘iz fuqarolar kiradi. Bundan tashqari, ijtimoiy yordamga muhtojlar safini vaqtincha yoki bir umr mehnatga layoqatsizligini yo‘qotgan odamlar to‘ldirishi mumkin. Jamiyat rivojlanishi va ijtimoiy aloqalar murakkablashishi bilan ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolar qatoriga iqtisodiy sabablar oqibatidagi ishsizlar, kambag‘allar, shuningdek inflyatsiyaning yuqori sur’atlaridan moddiy ahvollari og‘irlashganlar kiradi. Bunday toifadagi fuqarolarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash jamiyat miqyosida muayyan moliyaviy resurslarni jamlash va ijtimoiy ta’minot maqsadlariga safarbar qilishni talab etadi. Bu maqsadlardagi moliyaviy resurslar bir qancha manbalardan moliyalashtirilishini oldingi bobda ta’kidlagan edik. Quyidagi keltirilgan jadvalda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 11 oktyabrda 2146-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi byudjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma”ga muvofiq, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlari tarkibiga qanday xarajatlar kiritilganligi va ularni mablag‘ bilan ta’minlash manbalari keltirilgan (18.1-jadval).
Byudjet tasnifi bo‘yicha xarajat kodi
|
Xarajat turi
|
Mablag‘ bilan ta’minlash manbai
|
7
|
100
|
000
|
IJTIMOIY HIMOYA
|
|
7
|
101
|
000
|
Kasallik, mehnatga layoqatsizlik va kam ta’minlanganlik
|
|
7
|
101
|
100
|
Kasallik
|
|
7
|
101
|
200
|
Mehnatga layoqatsizlik
|
|
7
|
101
|
201
|
Bolalikdan nogironlarga nafaqa
|
Respublika byudjeti mablag‘lari
|
7
|
101
|
202
|
Nogironlarni o‘qitish va ish bilan ta’minlash
|
Bandlik jamg‘armasi mablag‘lari
|
7
|
101
|
203
|
Qariyalar va nogironlar uchun sanatoriyalar
|
Davlat byudjeti mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning xayr-ehsonlari va boshqa manbalar
|
7
|
101
|
204
|
Qariyalar va nogironlar uchun internat-uylari
|
7
|
101
|
205
|
Kichik yoshdagi nogiron bolalar uchun internat-uylari
|
7
|
102
|
000
|
Qarilik
|
|
7
|
102
|
100
|
Uyda ijtimoiy yordam xizmati bo‘limlari
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar mablag‘lari (ijtimoiy ta’minotga ajratilgan mablag‘lar doirasida)
|
7
|
102
|
400
|
Pensiya bilan ta’minlanganlik
|
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari
|
7
|
102
|
401
|
Ishlamaydigan pensionerlarga pensiya va nafaqalar xarajatlari
|
7
|
102
|
402
|
Ishlaydigan pensionerlarga pensiya va nafaqalar xarajatlari
|
7
|
102
|
403
|
Pensiya, nafaqa va kompensatsiya to‘lovlarini etkazib berish bo‘yicha pochta xizmatlari xarajatlari
|
7
|
102
|
404
|
Blanka mahsulotlari, pensiya ruxsatnomalarini tayyorlash, pensiya to‘lash vedomostlari uchun qog‘oz sotib olish, mamlakat tashqarisiga pensiya ishlarini o‘tkazish, tashkilotlarda pensiya va nafaqalarni to‘g‘ri tayinlanishi tekshirish uchun safar xarajatlari
|
7
|
103
|
000
|
Oila va bolalar
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar mablag‘lari (aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan mablag‘lar doirasida)
|
7
|
103
|
100
|
Bolasi 18 yoshgacha bo‘lgan oilalarga har oylik nafaqalar
|
7
|
103
|
200
|
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan onalarga har oylik nafaqalar
|
7
|
103
|
300
|
Kam daromadli oilalarga har oylik moddiy yordamlar
|
7
|
103
|
400
|
Tabiiy ofatlar natijasida zarar ko‘rgan oilalarga moddiy yordamlar
|
7
|
104
|
000
|
Ishsizlik
|
O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari
|
7
|
104
|
100
|
Ishsizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan davlat kafolatlarini amalga oshirish
|
7
|
104
|
101
|
Ishsizlik bo‘yicha nafaqalar, Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining taklifiga binoan ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy ravishda ko‘chib o‘tish uchun kompensatsiyalar to‘lash va qonun hujjatlariga muvofiq ishsizlarga moddiy yordam berish
|
7
|
104
|
102
|
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mablag‘ bilan ta’minlash
|
7
|
104
|
103
|
Ishsizlarga muddatidan oldin pensiya tayinlanganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi xarajatlarini qoplash
|
7
|
106
|
300
|
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha xarajatlar
|
|
7
|
106
|
310
|
Byudjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa
|
Davlat byudjeti mablag‘lari
|
7
|
106
|
320
|
Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa
|
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari
|
7
|
109
|
300
|
Ijtimoiy ta’minotning boshqa tadbirlari
|
Respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar mablag‘lari (ijtimoiy ta’minotga ajratilgan mablag‘lar doirasida)
|
7
|
109
|
400
|
Ijtimoiy moslashuv va reabilitatsiya markazlarini saqlash
|
7
|
109
|
401
|
Ijtimoiy moslashuv markazlarini saqlash
|
7
|
109
|
402
|
Muayyan yashash joyiga va mashg‘ulot turiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari
|
7
|
109
|
403
|
Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam berish markazlari
|
7
|
109
|
404
|
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazi
|
7
|
109
|
405
|
Nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazlari
|