Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua


Xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy va moliyaviy asoslari



Download 2,36 Mb.
bet128/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

Xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy va moliyaviy asoslari



Adolat va davlatning iqtisodiy siyosati. Rasman qaraganda Qo’shma Shtatlarda davlat iqtisodiy siyosatining qonun bilan belgilab qo’yilgan vazifalari to’liq bandlikni, narxlarning barqarorligini va barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlashdan iborat1.
Bandlik borasidagi siyosatning bilvosita natijalarini istisno qilganda, iqtisodiy foydani taqsimlash Amerika Qo’shma Shtatlari uchun iqtisodiy siyosatning rasmiy o’rnatilgan vazifalari qatoriga kirmaydi. Lekin ko’pgina boshqa mamlakatlarda aynan iqtisodiy o’sish va adolat davlatning to’g’ridan-to’g’ri vazifalari qatoriga kiradi2. Boylikni taqsimlashni yaxshilashga qaratilgan aniq va maqsadli harakatlar qilish davlat rasmiy siyosati masalasi hisoblanadi. Davlatning iqtisodiy siyosati resurslarning qayta taqsimlanishiga ta’sir ko’rsatadi, ammo bu taqsimot siyosiy maqsadlarni ko’zlab amalga oshirilishi ham, unday bo’lmasligi ham mumkin. Jahon bankining 2006 yilgi Inson taraqqiyoti to’g’risidagi “Adolat va taraqqiyot” (Equity and Development) nomli ma’ruzasida adolat atamasiga “teng imkoniyatlar ... va ... natijalarga egalik qilishdan mahrum bo’lmaslik ” deb ta’rif berilgan3. Inson hayotiy maqsadlarga erishish borasida teng imkoniyatlarga ega bo’lishi kerak, va davlat va jamiyat tomonidan yaratilgan ne’matlardan foydalanishda u yoki bu guruh jamiyat a’zolariga ustunlik berilishiga yo’l qo’ymaslik lozim.
Qayta taqsimotning ko’zda tutilmagan natijalari. Shu vaqtgacha biz iqtisodiyotning umumiy samaradoligiga bog’liq edik. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi alohida tarmoqlar va alohida shaxslar uchun ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. Umumiy iqtisodiy o’sish va narxlarni barqarorlashtirish masalalarini boshqarish maqsadidagi davlatning fiskal va monetar chora-tadbirlari insonlarga va ishlab chiqarish jarayonlariga ta’sir etmay qolmaydi. Agar hukumat biznesga investitsiya qilishni rag’batlantirish maqsadida korporativ soliq stavkalarini pasaytirsa, lekin byudjetning balansliligiga putur etkazmaslik uchun boshqa soliqlarni ko’paytirsa, yuqori darajadagi soliqlarni to’lovchilar, bundan biror darajada manfaatdor bo’lmasalar ham, iqtisodiy samara uchun pul to’lagan bo’ladilar.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning hukumatlari shaharlarda kambag’allik muammosini yumshatish maqsadida qishloq xo’jalik mahsulotlari baholarini nazorat qilish tadbirlarini joriy qilishga harakat qiladilar. Bu choralar qisqa muddat ichida shahardagi qishloq xo’jalik mahsulotlari chakana narxlarini pasaytirsada, uzoq istiqbolda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga putur etkazadi. Qisqa davr mobaynida bir guruh - shaharlardagi iste’molchilar foyda ko’rsa, jamiyatning boshqa bir guruhi - qishloq xo’jalik ishlab chiqaruvchilari iqtisodiy zarar ko’radilar. Pirovardida umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar pasayadi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan iqtisodiy siyosat ham qayta taqsimotning ko’zda tutilmagan natijalariga olib kelishi mumkin. Inflyatsiya sharoitida qat’iy o’rnatilgan yoki nisbatan qat’iy daromadga ega bo’lgan shaxslarning sotib olish qobiliyati pasayadi. Bu shaxslarga ayniqsa pensiya to’lovlari hisobidan hayot kechiradigan pensionerlar, shuningdek, o’z ish haqlarini oshirshga ta’sir ko’rsata olmaydigan ishchi-xizmatchilar kiradi. Agar davlat inflyatsiyaning sur’atlarini pasaytirishga qaratilgan hech qanday chora ko’rmasa, uning bunday loqaydligi daromadlarning qat’iy ish haqi oluvchilardan daromadlari inflyatsiya bilan birga o’sib boradigan shaxslar hisobiga “qayta taqsimlanishiga” olib keladi.
Yuqori foiz stavkalari, odatda daromadlilik darajasi yuqori bo’lgan oilalarga ular tomonidan qilingan investitsiyalar bo’yicha daromadlarning oshishiga olib keladi. Federal byudjetning yuqori darajadagi defitsitini qoplash uchun olingan qarz, kelgusi avlod zimmasiga yuk bo’lib tushadi va oxir-oqibatda avlodlarnig o’rtasidagi tengsizlikka olib keladi (moliyaviy boshqarish bobiga qarang).
Tengsizlik muammosini hal qilish. Adolatni “teng imkoniyatlar” ma’nosidagi mazmunini tushuntirib berish oson, lekin bevosita o’lchash qiyin. Absolyut miqdorlardagi adolatsizlikni o’lchash birmuncha osonroq, shu sababli ko’pincha daromadlarning taqsimlanishidagi adolatsizlik masalasi adolat va adolatsizlik to’g’risidagi munozaralarning diqqat markazida bo’ladi.
1960-yillardan beri Amerika Qo’shma Shtatlarida daromadlarning taqsimlanishidagi tengsizlik darajasi ahamiyatli darajada o’sdi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (Organization for Economic Cooperation and Development - OECD) ning tahlillariga ko’ra, 1980-yillarning o’rtalaridan 2000-yillarning so’nggigacha Qo’shma Shtatlarda tengsizlik ko’rsatkichi yiliga bir yarim foizga ko’tarildi. Ammo G’arbning sanoati rivojlangan ko’pchilik mamlakatlarida ham bu ko’rsatkich taxminan shunday bo’lgan1.1980-yillardagi daromadlarning qayta taqsimlanishidagi tengsizlikning keskin oshib ketishiga, korporativ va shaxsiy federal soliqlarning asosan boy odamlar foydasiga kamaytirilishi va kam ta’minlangan shaxslarga qaratilgan ijtimoiy yordam dasturlarining qisqartirilishi sabab bo’ldi2. So’nggi o’n yilliklar mobaynida fond bozorlarining tez sur’atlar bilan rivojlanishi, keyingi davrlarda pastga qulash holatlari kuzatilgan bo’lsa-da, yuqori va quyi qatlamlar o’rtasidagi farqni ahamiyatli darajada kattalashtirib yubordi. Shunga qaramasdan, ipoteka krediti bo’yicha haddan tashqari shishirib yuborilgan ko’pikning 2007 yilda yorilishi o’rtacha daromadli soliq to’lovchilarga ikki yo’nalishda ta’sir ko’rsatdi. Birinchidan, uy-joylarning narxi keskin tushib ketdi, o’rtacha daromadli oilalar uchun esa ularning uy-joylari asosiy kapital aktiv bo’lib hisoblanar edi. Ikkinchidan, xuddi shu guruh o’rtacha daromadli soliq to’lovchilarning farovonligi ularning pensiya jamg’armalariga bog’liq bo’lib, bu jamg’armalarni ular, ko’p hollarda pensiyaga chiqqach, moliya bozorlarida investitsiya qiladilar. Bu bilan o’rtacha daromadli oilalar, albatta uy-joy narxlarining pasayishiga ta’sir ko’rsatadilar va moliya borzori kasodga uchraydi. Lekin ular, odatda, ancha diversifikatsiyalangan daromad manbalariga ega bo’ladilar.
Ayrim iqtisodchilar hukumatlar qayta taqsimotning faqat o’rta va yuqori daromadli qatlamlar uchungina yaxshi bo’lgan salbiy ta’sirini yumshatishlari zarur, deb hisoblaydilar.1 Ularning fikricha, davlat bandlikni ta’minlashga va shu yo’l bilan ishsizlik darajasini kamaytirish uchun davlat subsidiyalarini ajratishga qaratilgan siyosatni olib borishi lozim.2 Demokratlar esa avvalgi soliqlarni kamaytirish barcha boy qatlamlarga proportsional tarzda qulaylik tug’dirmaganligini e’tirof etadilar. Respublika partiyasidan nomzodlar va prezident Obamaning soliqlarni ko’paytirmasdan turib xarajatlarni kamaytirish to’g’risidagi qarashlari har kim jamiyatga o’zining adolatli ulushini qo’shishi kerakligi to’g’risidagi da’volarga zid keldi3.
Yuqorida so’z borgan OECDning tahliliga ko’ra, tengsizlikni o’lchash me’yorlar bilan solishtirish, tenglikni ta’minlashda bu me’yorlardan og’ish darajasini aniqlashdan iboratdir. 3-4-ilovada adolat va uning o’lchovi kontseptsiyasi namoyish qilingan bo’lib, bir necha mamlakatda daromadlar bo’yicha tengsizlik darajasi solishtirilgan. Uning mohiyati tengsizlikning darajasini aniqlab olish, so’ngra davlatning tengsizlikni bartaraf etishga yo’naltirilgan maqsadga muvofiq siyosatini ishlab chiqishdan iborat.
Daromadlarni barqarorlashtirish siyosati. Daromadlarni barqarorlashtirish siyosati iqtisodiy tengsizlik muammosini, salbiy daromad solig’iga har tomonlama o’ylab yondoshgan holda, bartaraf qilish yo’llaridan biri hisoblanadi.
Bu daromadni kafolatlash, stavkalarni pasaytirish va zarar ko’rmaydigan daromad darajasini belgilashni nazarda tutadi. Kafolatlangan daromadda oilaga keladigan transfer summasi nolga teng bo’ladi, stavkalarni pasaytirish – oilaning daromadlari oshib borishi bilan stavkaning pasayib borishi, zarar ko’rmaydigan daromadlilik darajasi esa oila daromadining boshqa hech qanday transfer olish huquqi bo’lmagan nuqtasidir. AQShda manfiy daromad solig’i mavjud emas, lekin uning tamoyillari u yoki bu darajada daromadlar transferi bilan bog’liq bo’lgan bir nechta dasturlarga kiritilgan.
Transfer dasturlari. Bir qancha transfer dasturlari (oziq-ovqat talonlari; ayollar, chaqaloqlar va bolalar uchun qo’shimcha ozuqa dasturlari; Medicaid dasturi) kafolatlangan daromadga tenglashtirilgan eng kam nafaqa miqdorini ta’minlaydi.
Ammo ijtimoiy ta’minot tizimidagi asosiy islohotlar doirasida insonlarning yashash davomiyligi ortib borishi bilan ularga beriladigan imtiyozlarga jiddiy cheklovlar o’rnatildi va mehnat sharoitlariga qat’iy talablar qo’yildi.



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish