Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua


-rasm. Ijtimoiy ta’minot xizmatlari1



Download 2,36 Mb.
bet124/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

18.1-rasm. Ijtimoiy ta’minot xizmatlari1



  • barcha turdagi pensiyalar;

  • ijtimoiy nafaqalar;

  • turli kompensatsion to‘lovlar;

  • fuqarolarning alohida toifalariga tibbiy yordam va davolash xizmatlari;

  • fuqarolarning alohida toifalariga imtiyozlar;

  • uy-internatlarda keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga qarash va xizmat ko‘rsatish;

  • nogironlarni ortopediya-protez buyumlar va harakatlanish vositalari bilan ta’minlash;

  • bolalar uylari, internatlar va boshqa muassasalarda bolalarga qarash va ularni tarbiyalash;

  • nogironlarni ishlab chiqarish va kasbiy reabilitatsiya qilish;

  • aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari ko‘rsatish;

  • imtiyozli aholi qatlamlarini dori-darmonlar bilan ta’minlash;

  • uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar.

Bu xizmatlarning ayrimlari byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilsa (masalan: yoshga doir, boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik pensiyalari, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa, dafn marosimlari uchun nafaqa kabi), ayrimlari (masalan: qariyalar va nogironlar uylarini saqlash, bepul ortopediya-protezlash vositalari bilan ta’minlash, uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish kabi) davlat byudjeti (respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar) hisobidan, boshqa birlari (masalan, aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari ko‘rsatish) kasaba uyushmalari hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Ijtimoiy ta’minot tushunchasini yoritishga bag‘ishlangan fikrlarimizni nihoyasiga etkazib shuni ta’kidlaymizki, bepul ta’lim, uy-joy bilan bepul ta’minlash kabi ijtimoiy yordam turlari, garchi aholining ijtimoiy ahvolini engillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar sirasiga kirsa-da, ijtimoiy ta’minot tarkibiga kirmaydi, balki davlatning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash chora-tadbirlari qatorida davlat byudjeti va boshqa davlat mablag‘laridan moliyalashtiriladi.
Ijtimoiy ta’minot tizimining zarurligi va ahamiyati uning funktsiyalarida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy va huquqiy adabiyotlarda ijtimoiy ta’minotning quyidagi funktsiyalarni bajarishi ko‘rsatilgan: iqtisodiy, siyosiy, demografik, ijtimoiy-reabilitatsion funktsiyalar.
Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy funktsiyasi fuqarolarning qiyin hayotiy holatlarda moddiy qo‘llab-quvvatlanishida, fuqarolarga mehnat qobiliyatini qayta tiklab olish uchun moddiy yordam berilishi natijasida mehnat unumdorligining oshishi va ishlab chiqarishning rivojlanishiga turtki berishda namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy ta’minotning siyosiy funktsiyasi aholining turli ijtimoiy qatlamlari ijtimoiy holati darajasini bir-biriga yaqinlashtirish, har bir insonga munosib hayot kechirish uchun sharoit yaratish, aholini ijtimoiy himoya qilish borasida ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtirishga qaratilgan.
Demografik funktsiyasi mamlakat aholisining son jihatdan o‘sishini rag‘batlantirish, sog‘lom avlodni etishtirish, fuqarolarning umr ko‘rish davomiyligini oshirish kabilarga qaratilgan.
Ijtimoiy ta’minotning ijtimoiy-reabilitatsion funktsiyasi keksa va mehnat qobiliyati bo‘lmagan fuqarolarning o‘ziga xos spetsifik ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lib, ularning huquqiy maqomini saqlash va sog‘lig‘ini muhofaza qilish uchun qulay sharoitlarni yaratishda namoyon bo‘ladi. Amalda bu funktsiyaning namoyon bo‘lishini fuqarolarning ayrim toifalarini qariyalar uylarida saqlash, boshqa bir toifadagilarni ortopediya-protezlash vositalari bilan ta’minlash, uchinchilariga uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatishda ko‘rish mumkin.
Bizning fikrimizcha, ijtimoiy ta’minot yana bir, bizning nazarimizda juda muhim funktsiya – ijtimoiy himoyalash funktsiyasini bajaradi. Jamiyat, o‘z fuqarolariga ijtimoiy ta’minotni taqdim etar ekan, birinchi navbatda o‘z oldiga ularni ijtimoiy himoya qilishdek o‘ta muhim vazifani qo‘yadi, zero qiyin hayotiy holatlarda ularni himoyalash, turli (moddiy, jismoniy, ruhiy, yosh bilan, oilaviy vaziyat bilan bog‘liq) muammolarni hal qilishda yordam berish ijtimoiy ta’minotning zarurligi va ahamiyatini belgilab beradi.




    1. Download 2,36 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish