Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua



Download 2,36 Mb.
bet123/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

Internet resurs manbalaridagi ma’lumotlarda, masalan jamoat ensiklopediyasida “ijtimoiy ta’minot - keksaygan, mehnatga layoqatsiz bo‘lgan va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimi bo‘lib, ijtimoiy himoyaning muhim tarmog‘i hisoblanadi”2, deb ta’riflangan.
Ijtimoiy ta’minot tushunchasining talqiniga bo‘lgan qarashlarni inobatga olgan holda, uning u yoki bu yordam turini ijtimoiy ta’minotga tegishli ekanligini belgilab beruvchi asosiy zamonaviy mezonlarini (belgilarini) aniqlab olish lozim. Fikrimizcha, bunday belgilarga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) moliyalashtirish manbalari: barcha olimlar va tadqiqotchilarning fikriga qo‘shilgan holda, ijtimoiy ta’minot davlat tomonidan shakllantiriladigan maxsus jamg‘armalar hisobidan amalga oshirilishi lozim. Haqiqatan ham, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy ta’minotni mablag‘ bilan ta’minlash quyidagi manbalar hisobidan amalga oshirilmoqda: byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, davlat byudjeti (respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar), kasaba uyushmalarining mablag‘lari (Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashining ijtimoiy sug‘urta byudjeti).
2
Ijtimoiy ta’minot turlarining ko‘pligini e’tirof etgan holda, har bir turining asosiy maqsadi – fuqarolarning alohida toifalarining ijtimoiy ahvolini jamiyatning boshqa a’zolarining holatiga yaqinlashtirish, ular orasidagi ijtimoiy farqlarni kamaytirish, yuqori moddiy xarajatlarni yohud qo‘shimcha jismoniy, ruhiy va ma’naviy harakatlarni talab qiluvchi turli hayotiy hodisalar tufayli yordamga muhtoj bo‘lib qolgan fuqarolarni qo‘llab-quvatlashdan iborat.
) ijtimoiy ta’minot bilan qamrab olingan fuqarolar guruhlari:
huquqiy jihatdan “har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega”1. Fuqarolarning bu huquqlari davlatimiz Konstitutsiyasi bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiyamizning ushbu huquqlarni belgilab bergan 39-moddasining mazmunidan ham ko‘rinib turibdiki, ijtimoiy ta’minot fuqarolarning alohida toifalariga: qariyalar, nogironlar, bolalikdan nogironlar, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotgan fuqarolar, homilador ayollar, vaqtincha ishsiz maqomi berilgan fuqarolar, ijtimoiy yordamga muhtoj yolg‘iz fuqarolarga qaratiladi.


Ijtimoiy ta’minotning mazmunini shakllantirishda yana shuni inobatga olish kerakki, ijtimoiy ta’minot rivojlanishning u yoki bu bosqichidagi davlatning ijtimoiy siyosati yo‘nalishlarini aks ettiradi. Ijtimoiy siyosatdagi ustuvorliklarning o‘zgarishi ijtimoiy ta’minotning ham usullari va shakllarining o‘zgarishiga olib keladi. Xususan, taraqqiyotning ma’lum davrlarida (70-80-yillarda) ijtimoiy siyosat aholining son jihatdan ko‘payishini rag‘batlantirishga qaratilgan edi, shu sababli bu davrda ijtimoiy ta’minot orqali ko‘p bolali onalarga nafaqalar joriy etilgan. Mustaqillik davrida esa bu boradagi ijtimoiy siyosat onalik va bolalikni muhofaza qilish, tug‘ish yoshidagi ayollarni sog‘lomlashtirish, “sog‘lom ona – sog‘lom bola” tamoyilini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash va fuqarolarga munosib yashash va ishlash sharoitlarini yaratishga qaratilgan. Ijtimoiy ta’minotning shakl va usullari ham shu maqsadga bo‘ysundirilgan. Bu maqsadlar yo‘lida insonlarning mehnati va sog‘lig‘i muhofaza qilinadi, oilalar, onalar va bolalar, nogironlar va keksa yoshdagi fuqarolar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, ijtimoiy xizmatlar tizimi rivojlantiriladi, davlat pensiyalari, nafaqalar va ijtimoiy himoyaning boshqa kafolatlari o‘rnatiladi.
Shunday qilib, ijtimoiy ta’minot - davlat ijtimoiy siyosatining namoyon bo‘lish shakli bo‘lib, aholining alohida toifalarini moddiy ta’minlashga qaratilgan, rivojlanishning muayyan bosqichida davlat tomonidan ijtimoiy ahamiyatli deb topilgan holatlarda ularning ijtimoiy holatini jamiyatning boshqa a’zolariga nisbatan tenglashtirishga yo‘naltirilgan, davlat byudjeti va boshqa maxsus maqsadli jamg‘armalar hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimidir.
Ushbu ta’rifdan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda bugungi kunda ijtimoiy ta’minot tizimiga quyidagilar kiradi (18.1-rasm):


Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish