Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua



Download 2,36 Mb.
bet107/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

Н = ЗП + Р(учебн)

bunda: ЗП – munitsipal tuzilmada bir o‘quvchiga nisbatan hisoblangan umumiy ta’limning davlat ta’lim standartini amalga oshirish bo‘yicha sinflarning turlari va ta’lim pog‘onalari bo‘yicha ish haqi xarajatlari;
Р(учебн) – bir o‘quvchiga nisbatan hisoblangan ta’lim jarayonini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar.
Bu formulada ZP quyidagi formula asosida aniqlanadi:

ЗП = (а / д*б*1,262*1,02*1,33*12) / м*1,43*w*c*р

bunda: a – bazaviy o‘quv reja bo‘yicha soatlar soni;
д – bir stavka ish haqi uchun soatlar soni, bunda umumiy ta’limning birinchi pog‘onasi (1-4 sinflar) uchun – 20 soat, ikkinchi (5-9 sinflar) va uchinchi (10-11 sinflar) pog‘onasi uchun – 18 soat belgilangan;
д – munitsipal tuzilma bo‘yicha YaTS bo‘yicha o‘rtacha tortilgan razryadga to‘g‘ri keluvchi ish haqi stavkasi (regionlarda regional tarif stavkasi qo‘llanishi mumkin);
1,262 – yagona ijtimoiy soliq bo‘yicha ajratmalar koeffitsienti;
1,02 – ish stajining (umumiy va pedagogik) ortishi, malaka toifasining o‘zgarishi va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat haqining ortish koeffitsienti;
1,33 – ustama va qo‘shimchalar hisobiga mehnat haqi fondining ortish koeffitsienti;
12 – yildagi oylar soni;
м – sinflarning me’yoriy to‘liqligi;
1,33 – ma’muriy boshqaruv xodimlar, o‘quv yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar mehnat haqi fondining ortish koeffitsienti (adaptatsiya davrida 1,43 koeffitsient qo‘llaniladi);
w – pedagogik xizmat qiymatining turli omillarga (sinflarni guruhlarga bo‘lish, kuni uzaytirilgan guruhlarning mavjudligi, qo‘shimcha ta’lim dasturlarining amal qilishi kabi) ko‘ra qimmatlashuvi koeffitsienti;
c – pedagogik xizmat qiymatining sinflarning turlariga (umumta’lim, gimnaziya/litsey, maxsus) ko‘ra qimmatlashuvi koeffitsienti;
р – region tomonidan joriy qilingan qo‘shimcha ish haqi va regional ustama/qo‘shimchalarni aks ettiruvchi regional qimmatlashuv koeffitsienti.
Ta’lim jarayonini ta’minlash xarajatlari (Ruchebn) ta’lim pog‘onalari bo‘yicha har bir o‘quvchiga xarajatlar me’yori miqdoriga nisbatan foizlarda, avvalgi davr haqiqiy xarajatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ta’lim jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga ko‘rgazmali qurollarni, o‘qitishning texnik vositalarini, o‘qitish bilan bog‘liq materiallarni, kantselyariya tovarlarini sotib olish xarajatlari kiradi.
Shunday qilib, bir o‘quvchiga nisbatan umumiy ta’limning davlat ta’lim standartini amalga oshirish xarajatlari me’yori quyidagilar asosida aniqlanadi:

  • pedagogik xizmatning standart (bazaviy) qiymati;

  • pedagogik stavkalar va ma’muriy-boshqaruv hamda yordamchi xodimlar stavkalarining me’yoriy nisbati;

  • ish haqi fondining va ustama/qo‘shimchalar fondining me’yoriy nisbati;

  • ta’lim jarayonini ta’minlash xarajatlari (ko‘rgazmali qurollarni, o‘qitishning texnik vositalarini, o‘qitish bilan bog‘liq materiallarni, kantselyariya tovarlarini sotib olish xarajatlari);

  • pedagogik xizmatning qimmatlashuv koeffitsienti;

  • regional qonunchilik asosida o‘rnatiladigan me’yorlar (federal me’yorlarga qo‘shimcha ravishda).

Armaniston. Jon boshiga moliyalashtirish yangi mexanizmini tadbiq etish Armaniston Respublikasi umumta’lim tizimida 1998 yildan boshlab amalga oshirib kelinayotgan tarkibiy islohotlarning muhim komponentlaridan biridir. Bu mexanizmga ko‘ra, umumta’lim maktablarida o‘quvchilar soniga nisbatan qo‘llaniladigan yagona summa asosida moliyalashtirish amalga oshiriladi. Moliyalashtirishning yangi tizimini joriy etish 1998 yilda tajribaviy loyihani amalga oshirish bilan boshlandi. Mazkur dasturga Armanistonning turli marzlaridagi (hududiy bo‘linmalari)154 ta (mamlakatdagi jami maktablarning 10 foizi) maktab jalb qilindi. Maktablarning yangi moliyalashtirish tizimiga o‘tishi bosqichma-bosqich kechdi va Armaniston hukumati tomonidan o‘rnatilgan grafikka muvofiq 2004 yilda yakunlandi. Maktablarning jon boshiga moliyalashtirish mexanizmiga o‘tishi ular yuridik maqomlarining o‘zgarishi bilan birga amalga oshdi, ya’ni ular budjet tashkiloti maqomidan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat notijorat tashkiloti sifatida qayta tashkil etildilar. Bu maqom maktablarga banklarda o‘z hisobraqamini ochish, alohida mulkka ega bo‘lish imkonini berdi, shuningdek, ular o‘z budjetlarini tuzish, u bo‘yicha ajratilgan budjet mablag‘larini tasarruf etishda mustaqillikka ega bo‘ldilar.
Maktablar mustaqilligining oshishi bilan bir qatorda, yangi moliyalashtirish mexanizmining joriy etilishi yangi boshqaruv organlarini – maktab Kengashlarini shakllantirish bilan birga kechdi, bu organ maktabning yillik budjetini tuzish va uning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmasiga oldi.
Armanistonda jon boshiga moliyalashtirishga quyidagi bazaviy tamoyillar asos qilib olindi:

  • maktab yagona summa bo‘yicha – xarajatlarni iqtisodiy tasnif moddalari bo‘yicha guruhlamasdan moliyalashtirilishi kerak, bu summa aniq o‘rnatilgan formula asosida hisoblab topilishi lozim;

  • formula asosida hisoblab topilgan va maktabga ajratiladigan yillik mablag‘lar summasi maktabdagi o‘quvchilar soniga to‘g‘ri praportsional bo‘lishi kerak;

  • davlat har bir o‘quvchiga ajratiladigan mablag‘ summasini (me’yorni) aniqlab berishi va bu summa “o‘quvchining ortidan borishi” lozim;

  • maktab, o‘zining real ehtiyojlaridan kelib chiqib, o‘zining yillik smetasini (budjetini) tuzishi va bu smeta maktab Kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerak;

  • maktab unga ajratilgan yillik mablag‘ni tasdiqlangan budjet doirasida xarajat qiladi, unga esa faqat maktab Kengashining roziligi bilan o‘zgartirishlar kiritish mumkin bo‘ladi;

  • maktab o‘zining barcha xarajatlari bo‘yicha hisobdor bo‘ladi.

Armanistonda jon boshiga qarab moliyalashtirish amaliyotida maktablarga ajratiladigan budjet mablag‘lari quyidagi formula asosida hisoblanadi:


Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish