Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua



Download 2,36 Mb.
bet108/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

B = A * N + C



bunda: B – maktabga ajratiladigan yillik budjet;
A – bir o‘quvchiga ajratiladigan yillik summa;
N – o‘quvchilar soni;
C – maktabni saqlash xarajatlari summasi deb rasman nomlanuvchi doimiy koeffitsient.
Formuladan foydalanishning dastlabki yillarida moliyalashtirish hajmlari hisoblab chiqarilgan o‘rtacha kattalikdan kam bo‘lgan maktablarga qo‘shimcha ravishda mablag‘lar ajratildi, hisoblab chiqarilgan o‘rtacha kattalikdan ko‘p bo‘lgan maktablarning moliyalashtirish hajmlari esa, o‘tish davrida maktablarning moliyaviy holatini yomonlashtirmaslik uchun, o‘zgartirilmadi. Shuningdek, tog‘lik va yuqori tog‘lik hududlarda joylashgan maktablarning isitish xarajatlariga ko‘p mablag‘ sarflashlari hamda bu hududlardagi muassasalar uchun ish haqiga 20 foizlik ustamalar o‘rnatilganligi bilan bog‘liq qo‘shimcha moliyaviy ehtiyojlarni qondirish maqsadida bu maktablar xarajatlarini hisoblashda muayyan koeffitsientlar qo‘llanildi.
2000 yildan boshlab formulada ko‘rsatilgan A va S ko‘rsatkichlar davlat tomonidan har bir moliyaviy yil uchun qayta ko‘rib chiqilgan va yildan yilga, ta’lim tizimiga davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘larning oshishi bilan bir qatorda oshirib borilgan. 2007 yilning yanvar oyidan boshlab respublikaning barcha maktablarini moliyalashtirish bir o‘quvchiga nisbatan me’yorlar bo‘yicha formula asosida moliyalashtirilmoqda. Mazkur formula juda oddiy bo‘lib, unda moliyalashtirish hajmi faqat o‘quvchilar soniga va maktabning joylashgan joyiga bog‘liq. Dastlabki bosqichdagi bir qator qiyinchiliklarga qaramay, maktablar yangi, egiluvchan uslubni ancha muvaffaqiyatli qo‘llab kelmoqdalar.
Mazkur paragrafga xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, oxirgi o‘n yillarda formula asosida moliyalashtirish usuli borgan sari ko‘proq e’tiborni jalb etmoqda. Moliyalashtirish formulalari 1960 yillarning oxirlari va 1970 yillarda AQSh, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Avstraliyada ishlab chiqila boshladi va dastlab maktab va o‘quvchilarning maxsus toifalariga qaratilgan dasturlar uchun qo‘llanildi (masalan, aholining iqtisodiy zaif qatlamlariga xizmat ko‘rsatuvchi maktablar). Hozirgi vaqtda bu usul ko‘plab mamlakatlarda resurslarni adolatliroq taqsimlash maqsadida maktablarning kengroq doirasi uchun u yoki bu darajada qo‘llanilmoqda. Maktablarni moliyalashtirish formulasini davlat (uning vakolatli tashkilotlari) bilan maktab o‘rtasidagi o‘ziga xos kelishuv deb qarash mumkinki, ushbu kelishuv bo‘yicha maktablar o‘quvchilarga ta’lim berish va o‘qitishning zarur natijalarini ta’minlash evaziga kelishilgan miqdordagi moliyaviy resurslarni oladilar.
Maktablarni jon boshiga moliyalashtirish formulasi bugungi kunda AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi rivojlangan mamlakatlarda, shuningdek, o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan Chili, Armaniston, Rossiya kabi bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarda qo‘llanilmoqda. Ta’lim tizimida budjet mablag‘larini taqsimlash uchun jon boshiga moliyalashtirish formulasini qo‘llash bir qator afzalliklarga ega bo‘lib, birtekislik, oqilonalik, samaradorlik, shaffoflik va aniqlik kabi tamoyillarning bajarilishini ta’minlaydi.
Barcha boshqa mamlakatlardagi kabi, bir o‘quvchi hisobidan moliyalash­tirish natijalarini baholashda ob’ektiv qiyinchiliklar mavjud – formula maktab ta’limi samaradorligini oshirishga ko‘maklashishi uchun moliyalashtiruvchi tashkilot mablag‘larni ta’lim natijalari asosida taqsimlashi lozim, biroq bunday natijalarni o‘lchash etarli darajada murakkabdir: ular turli-tuman bo‘lishi mumkin, aniqlash juda qiyin va doim ham miqdoriy ifodaga ega emas. Miqdoriy hisob-kitob qilish mumkin bo‘lgan ta’lim natijalari esa, masalan, imtihon va nazorat ishi natijalari, sezilarli darajada o‘quvchilar, ularning ijtimoiy kelib chiqishi va qobiliyatlariga, shuningdek boshqa sub’ektiv omillarga ham bog‘liq, shuning uchun bunday natijalarni solishtirish uchun murakkab statistik tadbirlar va maxsus tadqiqotlar zarur bo‘ladi.



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish