Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua


-jadval Umumta’lim maktablarida bir o‘quvchiga xarajatlarning bazaviy me’yorini oshiruvchi koeffitsientlar1



Download 2,36 Mb.
bet104/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

15.3-jadval
Umumta’lim maktablarida bir o‘quvchiga xarajatlarning bazaviy me’yorini oshiruvchi koeffitsientlar1



Ko‘rsatkichlar

koeffitsientlar

Buxoro viloyati

Farg‘ona viloyati

Toshkent shahri

1.

Maktabning masshtabiga ko‘ra (Kmsh), o‘quvchi soni

160 dan 400 gacha

1,307

1,417

1.346

401 dan 880 gacha

1,093

1,100

1,107

880 dan yuqori

1,0

1,0

1,0

2.

Isitish tipiga ko‘ra (Kto)

Gaz bilan isitish

1,006

1,012

1,008

Markaziy isitish

1,056

1,040

1,039



Shunday qilib, har bir umumta’lim maktabi uchun 2008 yilda budjet ajratmalarining umumiy summasi quyidagi formula asosida hisob-kitob qilindi1:



BSh = (BNZ1*N1 + BNZ2*N2 + BNZ3*N3) * Kmsh*Kto + BNZ4*N4 + BNZ5*N5 + BNZ6*N6

(15.1)



bunda,
BSh – maktab budjeti;
BNZ1, BNZ2, BNZ3 – ta’lim pog‘onalari bo‘yicha bazaviy me’yor;
N1, N2, N3 – ta’lim pog‘onalari bo‘yicha o‘quvchilarning o‘rtacha yillik soni;
Kmsh – maktab masshtabi koeffitsienti;
Kto - markaziy yoki gazli isitish tizimiga ega maktablar uchun koeffitsient;
BNZ4 – kuni uzaytirilgan guruhdagi bir o‘quvchiga bazaviy xarajatlar me’yori;
N4 – kuni uzaytirilgan guruhga qatnaydigan o‘quvchilarning o‘rtacha yillik soni;
BNZ5 – uyda ta’lim berish bo‘yicha bazaviy me’yor;
N5 – uyda ta’lim oluvchi o‘quvchilarning o‘rtacha yillik soni;
BNZ6 – maktab qoshidagi internatda yashaydigan har bir o‘quvchiga bazaviy xarajat me’yori;
N6 – maktab qoshidagi internatda yashaydigan o‘quvchilarning o‘rtacha yillik soni.
Kuni uzaytirilgan guruhlar(KUG)ni saqlash xarajatlari bunday guruhlar (bunda KUGdagi o‘quvchilar soni 25 tadan kam bo‘lmasligi kerak) mavjud bo‘lgandagina hisob-kitob qilinadi. KUGdagi bir o‘quvchiga bazaviy xarajat me’yoriga KUGga qatnaydigan kam ta’minlangan oilalardan chiqqan o‘quvchilarni ovqatlantirish xarajatlari kiritilgan bo‘lib, ularning soni KUGga qatnovchi o‘quvchilar sonining 15 foizidan oshmasligi kerak.
Nogiron bolalarga uyda dars beruvchi o‘qituvchilarga ish haqi to‘lash (yagona ijtimoiy to‘lovni ham hisobga olgan holda) va yo‘l haqi qiymatiga oylik kompensatsiya to‘lash xarajatlari ushbu maktabda bu toifadagi o‘quvchilar bo‘lgan taqdirda ularning o‘rtacha yillik sonini uyda o‘qitish bazaviy xarajat me’yoriga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblanadi.
Maktab qoshidagi internatda yashaydigan bir o‘quvchiga bazaviy xarajat me’yori umumta’lim maktabi qoshida uzoq joylarda yashovchi bolalarning yashashi uchun mo‘ljallangan internat mavjud bo‘lganda qo‘llaniladi.
Bunda maktab qoshidagi internatda yashovchi bir o‘quvchiga bazaviy xarajat me’yori maktab-internatdagi bolalarni saqlash uchun qonun bilan o‘rnatilgan to‘lov miqdorini va maktab-internatda yashovchi o‘quvchilar kontingentining 15 foizdan ko‘p bo‘lmagan qismini ushbu to‘lovdan ozod qilishni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Umumta’lim maktablarining ayrim xarajatlari bo‘yicha tasdiqlangan kreditor (debitor) qarzdorligi mavjud bo‘lsa va uni qoplash uchun ularda budjetdan tashqari manbalar bo‘lmagan taqdirda, bazaviy xarajat me’yorlari asosida hisoblab chiqarilgan xarajatlar hajmi tuman (shahar, viloyat) mahalliy budjetning tasdiqlangan parametrlari doirasida ana shu qarzdorlik summasiga oshirilishi (kamaytirilishi) mumkin.
Yangi sharoitlarga, ya’ni 2008 yildan boshlab joriy qilingan tartiblarga moslashish (adaptatsiya) davrida amaldagi moliyalashtirish tizimidagi umumta’lim maktablari moliyalashtirish hajmlari bilan jiddiy tafovut bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, ayrim hollarda, hududiy moliya organlariga alohida olingan maktablarning bazaviy me’yorlar asosida hisoblangan budjetini mablag‘lar hajmining 10 foizi doirasida korrektirovka qilishga ruxsat etildi.
Bazaviy xarajatlar me’yorlari asosida budjet mablag‘larini rejalashtirish va moliyalashtirish tartibiga o‘tgan umumta’lim maktablari rahbarlari quyidagi huquqlarga egadirlar:

  • maktabning samarali faoliyat qilishini ta’minlash maqsadida mehnat haqi fondi hamda namunaviy shtatlar asosida aniqlangan xodimlar soni doirasida mustaqil ravishda zarur lavozimlarnri o‘rnatish;

  • bazaviy xarajatlar me’yorlari doirasida maktabning aniq ehtiyojidan kelib chiqib xarajatlarni rejalashtirish.

Xarajatlar smetasini, shtatlar jadvalini tuzish va pedagogik xodimlarni tarifikatsiyalash umumta’lim maktabining rahbari va bosh buxgalteri (buxgalteri) bilan birga qat’iy o‘rnatilgan tartibda va hajmlari bazaviy xarajat me’yorlari asosida aniqlangan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi. Bunda mablag‘larni taqsimlash qat’iy ravishda quyidagi ketma-ketlikda o‘rnatiladi:

  • ish haqi va yagona ijtimoiy to‘lov;

  • kommunal xarajatlar;

  • boshqa joriy xarajatlar va boshqalar.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, 2009-2013 yillarda respublikaning barcha umumta’lim maktablari budjetlari bazaviy xarajatlar me’yorlari asosida aniqlandi va ular smetalarini rejalashtirishda asos qilib olindi. Xususan, Moliya vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining “2014 yil uchun umumta’lim maktablarida 1 o‘quvchiga bazaviy xarajatlar me’yorlarini aniqlash va tuzatuvchi koeffitsientlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qo‘shma Qarori (2014 yil 26 fevral №14/5-sonli) bilan 2014 yil uchun barcha umumta’lim maktablari uchun 1 o‘quvchiga bazaviy xarajatlar me’yorlari tasdiqlandi (15.4-jadval).

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish