15.4-jadval
2014 yil uchun umumta’lim maktablarining bir o‘quvchiga bazaviy xarajatlar me’yorlari1
№
|
Mintaqalar
|
Umuta’lim sinflar bo‘yicha
|
4-guruh bo‘yicha
|
KUGlar bo‘yicha
|
Uyda ta’lim oluvchilar bo‘yicha
|
Maktab qoshidagi internat bo‘yicha
|
1-pog‘ona
(1-4 s.)
|
2-pog‘ona
(5-9 s.)
|
BNZ 1
|
BNZ 2
|
BNZ 4
|
BNZ 5
|
BNZ 6
|
BNZ 7
|
1.
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
|
532 647
|
681 091
|
32 031
|
301 526
|
4 868 306
|
-
|
2.
|
Andijon viloyati
|
32 962
|
-
|
3.
|
Buxoro viloyati
|
32 380
|
-
|
4.
|
Jizzax viloyati
|
32 869
|
-
|
5.
|
Qashqadaryo viloyati
|
32 066
|
1 757 423
|
6.
|
Navoiy viloyati
|
35 459
|
-
|
7.
|
Namangan viloyati
|
33 097
|
-
|
8.
|
Samarqand viloyati
|
32 118
|
2 021 545
|
9.
|
Surxondaryo viloyati
|
|
|
31 991
|
|
|
-
|
10.
|
Sirdaryo viloyati
|
33 510
|
-
|
11.
|
Toshkent viloyati
|
35 333
|
-
|
12.
|
Farg‘ona viloyati
|
32 681
|
-
|
13.
|
Xorazm viloyati
|
32 135
|
-
|
14.
|
Toshkent shahri
|
35 539
|
-
|
Bu me’yorlar respublikaning barcha hududlaridagi umumta’lim maktablarining 2014 yil uchun maktab budjetini aniqlash va xarajatlar smetasini tuzishda asos qilib olindi.
2014 yil uchun maktab budjetini hisoblashda viloyatlar bo‘yicha, har bir viloyatda – maktablarning masshtabi (ulardagi o‘quvchilar soniga ko‘ra), maktabni isitish tizimi va sinf pog‘onalariga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan quyidagi tuzatuvchi koeffitsientlar ishlab chiqildi (15.5-jadval).
15.5-jadval
2014 yil uchun mumta’lim maktablarida 1 o‘quvchiga xarajatlarning bazaviy me’yorini oshiruvchi koeffitsientlar1
№
|
Mintaqalar
|
Isitish turiga ko‘ra (Kto)
|
Sinf pog‘onalari bo‘yicha
|
gaz
|
markaziy
|
ko‘mir yoki b.
|
K1
|
K2
|
1.
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
|
1,263
|
2,292
|
1,0
|
1,006
|
1,019
|
2.
|
Andijon viloyati
|
1,065
|
1,218
|
3.
|
Buxoro viloyati
|
1,11
|
1,945
|
4.
|
Jizzax viloyati
|
1,164
|
1,595
|
5.
|
Qashqadaryo viloyati
|
1,081
|
1,085
|
6.
|
Navoiy viloyati
|
1,196
|
1,878
|
7.
|
Namangan viloyati
|
1,099
|
1,143
|
8.
|
Samarqand viloyati
|
1,082
|
1,289
|
9.
|
Surxondaryo viloyati
|
1,078
|
1,194
|
10.
|
Sirdaryo viloyati
|
1,222
|
1,252
|
11.
|
Toshkent viloyati
|
1,263
|
1,336
|
12.
|
Farg‘ona viloyati
|
1,139
|
1,399
|
13.
|
Xorazm viloyati
|
1,139
|
1,963
|
14.
|
Toshkent shahri
|
1,337
|
1,582
|
Shunday qilib, respublikadagi har bir umumta’lim maktabi uchun 2014 yilda budjet ajratmalarining umumiy summasi quyidagi formula asosida hisob-kitob qilinadi2:
BSh = (BNZ1*N1*K1 + BNZ2*N2*K2)* Kmsh + BNZ3 + BNZ4*N * Kto + BNZ5* N3 + BNZ6* N4 + BNZ7* N5
|
(15.2.)
|
bunda,
BSh – maktab budjeti;
BNZ1, BNZ2 – ta’lim pog‘onalari bo‘yicha bazaviy xarajatlar me’yori;
N1, N2 – ta’lim pog‘onalari bo‘yicha o‘quvchilarning o‘rtacha yillik soni;
K1, K2 – ta’lim pog‘onalari bo‘yicha qishloq hududlarida joylashgan umumta’lim maktablarida horijiy tillar o‘qituvchilariga oylik ustama haqlari o‘rnatilishi bilan bog‘liq tuzatuvchi koeffitsient;
N – o‘quvchilarning o‘rtacha yillik soni;
Kmsh – maktab masshtabi koeffitsienti;
Kto – markaziy yoki gazli isitish tizimiga ega maktablar uchun koeffitsient;
BNZ3 – ma’muriy-boshqaruv, o‘quv-yordamchi va xo‘jalik xodimlarini saqlash bo‘yicha bazaviy me’yor;
BNZ4 – 4-guruh xarajatlari bo‘yicha bazaviy me’yor;
BNZ5 – kam ta’minlangan oilalardan chiqqan bolalar bo‘yicha kuni uzaytirilgan guruhdagi bir o‘quvchiga bazaviy xarajatlar me’yori;
N3 – kuni uzaytirilgan guruhga qatnaydigan kam ta’minlangan oilalardan chiqqan o‘quvchilarning o‘rtacha yillik soni;
BNZ6 – uyda ta’lim berish bo‘yicha bazaviy me’yor;
N4 – uyda ta’lim oluvchi o‘quvchilarning o‘rtacha yillik soni;
BNZ7 – maktab qoshidagi internatda yashaydigan har bir o‘quvchiga bazaviy xarajat me’yori;
N5 – maktab qoshidagi internatda yashaydigan o‘quvchilarning o‘rtacha yillik soni.
2014 yil uchun o‘rnatilgan tartib bo‘yicha kuni uzaytirilgan guruhlar(KUG)ni saqlash xarajatlari bunday guruhlar mavjud bo‘lganda va ularda o‘quvchilar soni (2008 yil uchun yuqorida bayon qilganimizdan farqli ravishda) 30 tadan kam bo‘lmaganda hisob-kitob qilinadi. KUGdagi bir o‘quvchiga bazaviy xarajat me’yoriga KUGga qatnaydigan kam ta’minlangan oilalardan chiqqan o‘quvchilarni ovqatlantirish xarajatlari kiritilgan bo‘lib, ularning soni KUGga qatnovchi o‘quvchilar sonining 15 foizidan oshmasligi kerak.
2.2-formulada keltirilgan Kmsh – maktab masshtabi koeffitsienti quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Kmsh = K * S n / S sh
|
(15.3.)
|
bunda,
Kmsh – maktab masshtabi koeffitsienti;
S n – sinflarning to‘liqlilik me’yori - “35”;
S sh – maktabdagi sinflarning o‘rtacha to‘liqliligi;
K –sinflarning o‘rtacha to‘liqliligi qishloq hududlarida 20 ta o‘quvchidan, boshqa hududlarda 25 ta o‘quvchidan kam bo‘lganda qo‘llaniladigan “0,90” ga teng bo‘lgan hisoblangan koeffitsient.
Yuqorida bayon qilinganlarni hisobga olib, Toshkent shahrida joylashgan, markaziy isitish tizimiga ega bo‘lgan 121-son umumta’lim maktabining umumiy budjetini hisoblaymiz. Ushbu maktab bo‘yicha bizga quyidagi ma’lumotlar ma’lum:
15.6-jadval
121-son umumta’lim maktabining asosiy ko‘rsatkichlari
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
01.01.2014 holatiga
|
01.09.2014 holatiga
|
|
Sinflar soni, sh.j.
|
36
|
34
|
|
1-4 sinflar
|
16
|
15
|
|
5-9 sinflar
|
20
|
19
|
|
O‘quvchilar soni, sh.j.
|
1160
|
1045
|
|
1-4 sinflarda
|
560
|
480
|
|
5-9 sinflarda
|
600
|
565
|
|
Kuni uzaytirilgan guruhlar soni
|
4
|
4
|
|
undagi o‘quvchilar soni
|
124
|
136
|
4.
|
Uyda ta’lim oladiganlar soni
|
2
|
4
|
Dastlab o‘quvchilar (N1, N2,), sinflar (maktabda sinflarning o‘rtacha to‘liqliligini aniqlash uchun), uyda ta’lim oluvchilar(N5)ning o‘rtacha yillik sonini, shuningdek, kuni uzaytirilgan guruhlarga qatnovchi kam ta’minlangan oilalardan chiqqan bolalar (N4) sonini (kontingentning 15 foizi) hisoblab chiqaramiz. Hisobkitob natijalarini quyidagi jadvalda aks ettirish mumkin:
15.7-jadval
Maktab kontingentini hisoblashning hisob-kitob natijalari
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
simvol
|
soni
|
1
|
2
|
3
|
4
|
|
Sinflarning o‘rtacha yillik soni
|
|
35
|
|
O‘quvchilarning o‘rtacha yillik soni, sh.j.
|
N
|
1122
|
|
1-4 sinflarda
|
N1
|
533
|
|
5-9 sinflarda
|
N2
|
588
|
|
Kuni uzaytirilgan guruhlardagi o‘quvchilarning o‘rtacha yillik soni
|
|
128
|
|
Undan kam ta’minlangan oilalardan chiqqan o‘quvchilar soni (str3*15/100)
|
N3
|
19
|
4.
|
Uyda ta’lim oluvchilarning o‘rtacha yillik soni
|
N4
|
3
|
Endi maktab masshtabiga ko‘ra koeffitsientni topish uchun maktab bo‘yicha sinflarning o‘rtacha to‘liqliligini aniqlaymiz. Buning uchun maktab bo‘yicha o‘quvchilarning o‘rtacha yillik sonini sinflarning o‘rtacha yillik soniga bo‘lamiz, bizning misolimizda bu ko‘rsatkich (1122/35) 32 ga teng bo‘ldi. Endi 2.3-formula yordamida Kmshni aniqlaymiz (formuladagi K hisoblangan ko‘rsatkich, sinflarning to‘liqliligi 25 ta o‘quvchidan ko‘p bo‘lganligi uchun qo‘llanilmaydi), bizning misolimizda u 1,09 ga teng bo‘ldi:
Kmsh = 35 / 32 = 1,09
Maktab budjeti (BSh) summasini hisoblab chiqarish uchun bizga “2014 yil uchun umumta’lim maktablarida 1 o‘quvchiga bazaviy xarajatlar me’yorlarini aniqlash va tuzatuvchi koeffitsientlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”da keltirilgan quyidagi ko‘rsatkichlarni aniqlash kifoya:
BNZ1 – 532 647 so‘m; BNZ2 – 681 091 so‘m; Kto – 1,582; BNZ3 – 186 576 390 so‘m; BNZ4 – 35 539 so‘m; BNZ5 – 301 526 so‘m; BNZ6 – 4 868 306 so‘m.
Shuningdek, “2014 yil uchun umumta’lim maktablarida 1 o‘quvchiga bazaviy xarajatlar me’yorlarini aniqlash va tuzatuvchi koeffitsientlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”da 2.1-formuladagi BNZ3 – ma’muriy-boshqaruv, o‘quv-yordamchi va xo‘jalik xodimlarini saqlash bo‘yicha bazaviy me’yorlar keltirilgan bo‘lib, ular sinflarning soniga ko‘ra tabaqalashtirilgan (15.8-jadval):
Do'stlaringiz bilan baham: |