Sog‘liqni saqlash tizimining ahamiyati va uning ijtimoiy sohalar tizimidagi o‘rni
15.2.
|
Sog‘liqni saqlash tizmini moliyalashtirishning asosiy modellari va manbalari
|
15.3.
|
Sog‘liqni saqlash sohasi harajatlarini mablag’ bilan ta’minlashda davlat budjetining tutgan o’rni
|
15.4.
|
Sog‘liqni saqlash sohasini moliyaviy ta’minotida budjetdan tashqari manbalardan foydalanish amaliyoti
|
Tayanch so’z va iboralar: sog‘liqni saqlash tizimi; aholi salomatligiga ta’sir etuvchi omillar; davolash-profilaktika va ilmiy-tadqiqot muassasalari; tibbiyot va farmatsevtika xodimlari; sud-tibbiy ekspertiza muassasalari; tibbiy dori-darmonlar va tibbiyot texnikasi; xususiy tibbiyot.
Sog‘liqni saqlash tizimining ahamiyati va uning ijtimoiy sohalar tizimidagi o‘rni
Sog‘liqni saqlash sohasi aholiga xizmat ko‘rsatuvchi sohaga ta’luqli bo‘lib, aholi sog‘ligini tiklashga qaratilgan. Bundan tashqari aholi kasallanishi va o‘lim darajasini pasaytirish, odamlarning psixik va jismoniy sog‘ligini yaxshilash, umr ko‘rish davomiyligini hamda iqtisodiy faol uzoq umr ko‘rishni o‘sishiga erishish natijasida sog‘liqni saqlash tizimi mehnat resurslarining tiklanishiga ko‘mak beradi, bu esa o‘z navbatida mehnat unumdorligini o‘sishiga hamda milliy daromadning o‘sishiga shart-sharoit yaratib beradi. Sog‘liqni saqlash tarmog‘i bevosita ishlab chiqarish sur’atlariga, mehnat unumdorligiga hamda ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxiga ta’sir etuvchi tarmoq hisoblanadi. Aytish mumkinki, sog‘liqni saqlash tarmog‘ini nafaqat tibbiy-ijtimoiy samaradorlik ko‘rsatkichi sifatida, balkim milliy iqtisodiyotning iqtisodiy samaradorlik tarmog‘i sifatida baholash lozim.
Ijtimoiy soha tarmoqlari ichida sog‘liqni saqlash tizimi alohida o‘rin egallaydi. Mamlakat sog‘liqni saqlash tizimining aholi salomatligini ta’minlashdagi ta’siri 8-14 foiz darajasida baholansada, bu tizimning faoliyati boshqa barcha ijtimoiy sohalarga qaraganda aholi manfaatlari bilan eng ko‘p to‘qnash keladi. Jamiyatning sog‘ligi, aholi salomatligi, onalarning reproduktiv salomatligi, yosh avlodning sog‘lom va baquvvat o‘sishi, ko‘p jihatdan, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimining ahvoliga bog‘liq.
Aholi salomatligiga ta’sir etuvchi omillarning ulushini quyida keltirilgan 16.1-jadvalda tahlilini keltirishimiz mumkin. Aholi salomatligiga ta’sir etuvchi bosh omil bo‘lib, bu aholini turmush sharoiti va shart sharoitidir, ushbu oilning aholi salomatligiga ta’sirini olimlarimiz 48-50 % ga teng deb hisoblashgan, atrof muhit holatining ta’siri 20-22 % ni tashkil etadi, inson biologiyasining ta’sirini 18-20 % ga teng deb hisoblanadi boshqa holatlar, masalan yuqumli kasalliklarini boshqa insonlardan yuqushi 8-14 % deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |