Dasturlash texnalogiyalari


Boshqaruv darajasi (pog‘onasi)



Download 183,92 Kb.
bet6/7
Sana21.07.2022
Hajmi183,92 Kb.
#834483
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TASHKILOTLAR VA ULARNI BOSHQARISH. kurs ishi

Boshqaruv darajasi (pog‘onasi) — teng huquqli bo‘g‘inlar majmuasi. Bo‘g‘inlar quyi, yuqori turuvchi va teng huquqli bo‘ladi. Pog‘onalar sonini tuzulmaning turi, uning murakkabligi — ikki, uch, to‘rt pog‘onali bo‘lishi nuqtayi nazaridan belgilanadi. Bosh­qaruv tuzulmasining har bir pog‘onasidagi bo‘g‘inlar soni bajarila­digan ishlar hajmiga bog‘liq bo‘lib, belgilangan boshqaruvchilik me’yorlaridan oshmasligi lozim (Nu). Odatda, quyidagi bosh­qaruvchilik me’yorlari asos sifatida olinadi: bo‘lim mudirlari uchun Nu = 6—12 kishi, tashkilot rahbari uchun esa Nu = 5—8 kishi. Boshqaruvning har bir pog‘onasida boshqaruv­chilik me’yoriga rioya etilishi har bir rahbar uchun bir maromdagi ruhiy-jismoniy ish rejimini ta’minlash imkonini beradi. Boshqaruv tuzulmalarida bog‘lanishlar chiziqli va funksional xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Chiziqli bog‘la­nishlar boshqaruv qarorlarining va chiziqli deb ataluvchi rahbarlar, ya’ni tashkilot­ning faoliyati uchun to‘liq javob beradi­gan shaxslar (ombor mudiri yoki dorixona direktori) yoki tashkilotning tuzulmaviy bo‘linmalari faoliyati uchun javob beradigan shaxslar (ombor, dorixona bo‘limlarining mudirlari) o‘rtasidagi axborot harakatini aks ettiradi. Funksional bog‘la­nishlar axborot va boshqaruv qarorlarining harakat chizig‘i bo‘yicha amalga oshiriladi. Iyerarxik boshqaruv tuzulmalarining ko‘pincha quyidagi: chiziqli, funksional, shtabli, matritsali turlari taqdim etiladi. Shuningdek, ularning modifikatsiya qilingan chiziqli-funksional, chiziqli-funksional-shtabli va hokazo turlari ham uchrab turadi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, har qanday tashkilotning rivojla­nishida an’anaviy iyerarxik tuzulmadan tegishlicha foyda­lanish bosqichini o‘tish majburiydir. Bu davr qisqa yoki uzoq davom etadigan bo‘lishi mumkin ammo undan „sakrab o‘tish“ tashkilotni „Rahbar — bo‘ysunuvchi xodim“ munosabatlarini ishlab chiqish va ularni tashqi muhit yanada murakkabroq va samaraliroq tuzulmalarni talab qilishi darajasiga olib chiqish imkoniyatidan mahrum etadi. Farmatsevtika tashkilotlarida ko‘pincha boshqaruv tuzulmala­rining to‘rtta: chiziqli-shtabli, funksional, chiziqli-funksional xilini ko‘rish mumkin. Matritsali tashkiliy tuzulma turi kamroq uchraydi. 15.3- jadvalda boshqaruv tuzulmalarining asosiy turlarini solishtirma tavsifi keltirilgan.
Farmatsevtika tashkilotining ishlashi vaqt shkalasi bo‘yicha uning ham butunligicha hamda alohida bosqichlari bo‘yicha rivojlanishini aks ettiruvchi hayotiy sikl atamalarida taqdim etilishi mumkin.
Tashkilot hayotiy siklining bosqichlari — boshqaruv vazifala­ri­ning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi bir turdagi qimmatli ko‘rsatmalar doirasida tashkilot ishlashining ma’lum davri. Tashkilotning to‘liq hayotiy davri o‘zaro bog‘liq bo‘lgan sakkizta bosqichni o‘z ichiga oladi: yaratilishi (E1), shakllanishi (E2), o‘sishi (E3), yetuklik (E4), barqarorlik (E5), tushkunlikka tushishi (E6), inqirozga uchrashi (E7) va tugatilishi . Hech bir tashkilot bitta holatda uzoq vaqt turishi mumkin emas, u doimo o‘z rivojining bir nechta bosqichlarini bosib o‘tadi, ularning har biri, odatda, keyingisi bilan almashinadi. Har bir farmatsevtika tashkiloti o‘z hayotiy siklini yaratilish bosqichidan boshlaydi, bu bosqichda uning maqsadi va rivojlanishining kutilayotgan istiqbollari, ya’ni tashkilotning missiyasi belgilanadi.
Shakllanish bosqichida asosiy vazifa bozorga chiqish, mahsulot yetkazib beruvchilar, raqobatchilar va boshqalar bilan ishbi­larmonlik munosabatlarini o‘rnatishdan iborat. O‘sish bosqichida bozordagi mavqeyini mustahkamlanishi, segmentlarni keyingi kengaytirilishi, tashkiliy tuzulmani takomil­lashtirilishi, yangi mutaxassislarni tayyorlanishi va jalb qilinishi, o‘ziga biriktirilgan chakana savdo tarmog‘ini kengaytirilishi, sotiladigan mahsulotlar hajmini oshirilishi va boshqa vazifalar ustuvor bo‘ladi. Yetuklik bosqichida muntazam maromiga yetkazilgan o‘sish, farmatsevtika bozoridagi yangi jabhalarni o‘zlashtirish davom etadi va hokazo. Agar tashkilot bozordagi mavqeyini mustahkamlay olsa, u erishilgan natijalarni saqlanib qolishi bilan tavsiflanadigan barqarorlik bosqichiga o‘tishi mumkin. O‘zining faoliyatini va bozordagi mavqeyini maksimal darajada barqarorlashtirgan tashkilot tabiiy sur’atda samaradorlikning rentabellik darajasidan pasayishi, bozordagi o‘z o‘rnini yo‘qotilishi bilan tavsiflanadigan inqiroz bosqichiga yuz tutishi va balki, o‘z faoliyatini to‘xtatishi mumkin.

Download 183,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish