43. Boshqarishning chiziqli-shtabli strukturasi.
Chiziqli-shtabli struktura har bir rahbar huzurida ixtisoslashgan xizmatlar, maslahatchilar kengashi, ya'ni shtablar tuzish orqali tashkil etiladi. Bu struktura quyidagi ko’rinishga ega:
Maslahatchilar, referentlar, yuridik xizmat bo’limi va boshqaruvchi.Marketing tadqiqoti bo’yicha marketologlar guruhi, mehnatni muhofaza qilish xizmati, audit guruhi va boshqaruv.
Shtablarning vazifasi har xil muammolarni o’rganish orqali rahbarga qaror qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning paydo bo’lishiga asosiy sabab - bu tashkilotlardagi funktsiyalarning murakkablashuvidir. Bu erda mehnat taqsimoti ikki turdagi maqsad va vazifalar bilan belgilanadi. Chiziqli rahbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yo’lidagi birlamchi vazifalarning bajarilishiga javobgar bo’lsalar, shtabdagilar esa birlamchi vazifalarga tobe bo’lgan ikkilamchi vazifalarning bajarilishiga javobgardirlar. Ular maslahat berish funktsiyasini bajaradilar. Chiziqli rahbarlarning asosiy vazifasi taklif etilgan ijobiy va salbiy maslahatlar ichidan maqsadga muvofig’ini aniqlash va uni uzil-kesil qabul qilishdan iborat.Bu strukturaning afzalligi shundan iboratki, chiziqli rahbarlar o’z diqqatlarini ilmiy-tadqiqot ishlarga emas, balki asosan, korxonaning joriy faoliyatiga qaratadilar. Kamchiligi esa boshqaruv tizimida ortiqcha bo’g’inlarning paydo bo’lishi, boshqarish tezkorligining susayishi, boshqarish harajatlarining o’sishidadir.
44. Boshqaruv qarorlarining qabul qilish bosqichlari Boshqaruvchining shaxsiy fazilatlari ta`sirida qanday qarorlar qabul qilinishi mumkin?
Boshqaruv qarori - keng ma`noda jamiyatdagi moddiy va ma`naviy extiyojlarning real qondirilish imkoniyatlari bilan bir nuqtada kesishuvi xalq xo`jaligidagi bir nuqtada kesishuvi. Xalq xo`jaligidagi bu muammoning echimi mavjud qonunlar, farmonlarning bizga boғliq bulmagan qonuniyatlarning bizga boғliq bo`lmagan qonuniyatlarning bir-biriga muvofiq kelishishidir. Boshqaruv qarori - shuningdek korxona oldida turgan maqsadlar va missiyasini amalga oshirish demakdir. Aynan shu jarayonda yuzlab, minglab insonlar o`z extiyojlarini qondiradi, mavqega ega bo`ladi, ҳar tomonlama o`sadi va umuman jamiyat o`sadi.
Har bir murakab qarorlarni qabul qilish jarayoni o`z ichiga quyidagilarni oladi:
1. Maksadni aniklanishi, muammoni tushunish va kerakli axborotni yigish;
2. Yigilgan axborotni klassifikatsiya qilish, taxlil qilish va baxolash, ya`ni axborotni kayta ishlash;
3. Qarorlarni turli variantlarini ishlab chikish;
4. Variantlarni taxlil qilish, muxokama qilish va baxolash;
5. Oxirgi va optimal variantni qabul qilish;
6. Har bir qarorni kerakli shaklda xujjatlashtirish;
7. Qarorlarni muxrlab kuyish;
8. Qarorni bajaruvchiga kuyilishi;
9. Qabul kilingan qarorlar bajarilishini tashkil qilish;
10. Qarorni bajarilishini nazorati va xisobi.
45. Boshqaruvning sotsial-ruhiy usullari
Sotsial-ruhiy usullarning asosiy maqsadi jamoalarda sog`lom ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratishdir. Bu usul ijtimoiy- ma`naviy vaziyatga ta`sir etish yo`li bilan kishilarning fe`l- atvori, ruhiyatini hisobga olib ularning ijtimoiy talabini qondirish orqali boshqarishni bildiradi.
Boshqacha qlib aytganda sotsial-ruhiy usullar bu ishlab chiqarish jamoalarini, ulardagi “psixologik iqlimni”, har bir xodimning shaxsiy xususiyatlarini o`rganishga asoslangan usullardir.
Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullari ishlab chiqarishda mavjud ijtimoiy
mexanizmni (o’zaro munosabat tizimi, ijtimoiy ehtiyojlar) qo’llashga asoslanadi.
Boshqaruvning ijtimoiy usullari ijtimoiy tartibga solish vositasida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy tartibga solish usullari turli guruhlar va shaxslar maqsadi va
manfaatlarini aniqlash va рostlash yo’li bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish
va uyg’unlashtirish maqsadida qo’llaniladi.
Boshqaruvning ruhiy usullari jamoada maqbul ruhiy holat tashkil etish yo’li
bilan kishilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgandir. Ruhiy
usullarga kichik guruh va jamoalarni tashkil etish, mehnatni insoniylashtirish,
malakali kadrlar tanlash va ularni o’qitish va h.k.lar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |