Eynshteyn nazariyasiga tanqidiy qarash
Eynshteyn olimlar jamoasini uning ilmiy ishlarini e’tiborga oladi deb umid qilgan edi. U paytlarda olimlar, o’z qarashlarini maktublar orqali o’rtoqlashardi. Biroq u juda kam maktublar qabul qilib oldi. Ular ham uning nazariyasidagi ba’zi joylariga izoh berib tushuntirib brishini so’ragan edilar. Haqiqatda, uning ishlari e’tibordan chetda qolmagan edi. Uning fan olamiga shiddat bilan kutilmagan kashfiyotlani olib kirishi ularni sarosimaga solib qo’ygandi xolos. Ular uning g’oyalarini nima qilish kerakligini bilishmasdi. Ba’zi olimlar uning matematik tahlil va hisob – kitoblarini tushunolmas, ba’zilari esa uninig qarashlarini shunchaki rad etishga tirishardi.
Shunga qaramay, vaqt o’tishi bilan ko’plab olimlar uning nazariya va g’oyalarini sinovdan o’tkazishi bilan sekin – asta uning ilmiy qarashlari mazmun mohiyatini anglay boshladi. Biroq, butun dunyo olimlari uni tan olgunga qadar bir qancha yillar kerak bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |