Kelajak dahosining tug’ilgan joyi
Albert tug’ilgan paytlar ayollarning tug’ruqxonalarda emas balki o’z uylarida ko’z yorishlari odatiy hol bo’lib, Eynshteynlar oilasi ham kichkintoy Albertni o’z xonadonlarida dunyoga kelganidan baxtiyor edilar.
Kichkintoy endigina bir yoshga to’lganida, oila boshqa uyga ko’chib o’tishadi.Shu sababli, unda o’zi tug’ilgan uy haqida deyarli xotiralar bo’lmagan.Oradan biroz vaqt o’tib ular yashagan ko’p qavatli bino butunlay buzib tashlanadi.Oradan yillar o’tib ulg’aygan Albert,o’zi tug’ilgan uy suratlarini maroq bilan tamosha qilishni xush ko’rardi.Bugungi kunga kelib, faqat bino o’rnigina saqlanib qolgan bo’lib,har yili butun dunyodan minglab sayyohlar Ulmga aynan Albert Eynshteynning tavallud topgan joyini o’z ko’zlari bilan tomosha qilish uchun tashrif buyurishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |