Bir jumla va kutilmagan omad
Eynshteyn hanuz doktarantura yoki Ph. D darajasini olishdan umidvor edi. Shu maqsadda u o’zining molekulalar to’g’risidagi ilmiy ishini Zurix universitetiga yuboradi. Birinchi ilmiy ishini rad qilgan professor Alfred Klener uning bu ishini ham e’tiborsiz qoldiradi. Klener ilmiy ishni mazmuniga emas, hajmini tanqid ostiga olib, uning juda kichik hajmda ekanligini aytgan edi.
Shundan so’ng Eynshteyn chuqur o’yga tolib qoladi v ajahl otiga minib, maqolaga bor – yo’g’I birgina so’z qo’shib qaytadan yuboradi. Neajabki, bus afar Klener uning ishini qabul qilib oladi. Eynshteyn aynan shu maqolasi tufayli Ph. D darajasini qo’lga kiritadi. U Ph. D darajasini birgina so’z uchun olganligin aytib doim hazillashardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |