Darsning maqsadi. Ta`limiy-Bugungi barkamol avlod barcha bilimlar qatdri dunyo xalqlari dinlaridan ham xabardorbo'lmog'i lozim. Siz «Dunyo dinlari tarixi»


O'quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi



Download 179,32 Kb.
bet12/44
Sana23.07.2022
Hajmi179,32 Kb.
#843791
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
Bog'liq
10-sinf DUNYO DINLARI TARIXI

O'quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi.
Metod: Interaktiv.O'qitish shakllari: Aralash: jamoaviy, guruhlarda ishlash.
Vosita: Darslik. Dunyoning siyosiy xaritasi. Tarqatma materiallar, krossvord, testlar bilan ishlash. Doska, bo'r, daftar.
Darsning borishi
I.Tashkiliy qism. O'quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish.
II.O'tilgan mavzularni takrorlash.
1.Yaponlarning an'anaviy dini qay tariqa sintoiylik deb nom olgan?
2.Nima uchun sintoiylik diniga e'tiqod qilishni man etib bo'lmagan?
3.Nega Yaponiyada buddaviylik diniga e'tiqod qilishni man etib bo'lmaydi?
4.Sintoiylik ta'limoti haqida nimalarni bilib oldingiz?

III.Yangi dars mavzusi ustida ishlash.


YODDA TUTING:
Odamlar bu holatni kishilik jamiyati inqirozi, deb hisoblaganlar. Ana shunday sharoitda ular umumiy najotga muhtojlik sezganlar. Bu muhtojlikning aks-sadosi sifatida buddaviylik dini — najot dini vujudga kelgan.Yangi din — buddaviylik Hindistonda keng tarqala boshlagan. Chunki u jamiyat turli tabaqalarining manfaatiga javob berardi. Masalan, kshatriylar uchun buddaviylik brahmanlarning hukmron mavqeyiga, imtiyozlariga, shuningdek, kastaviy kamsi-tishlariga qarshi kurashda o'tkir qurol bo'lib xizmat qilardi.Oddiy mehnatkash xalq ommasiga esa bu din o'zlarining jg'ir ahvollaridan qutulish yo'llarini ko'rsatgandek bo'lgan.Brahmanlik dini esa hatto aldanish ko'rinishida bo'lsa ham bunday yo'lni ko'rsata olmagan. Qolaversa, eng past, huquqsiz kasta a'zolari ham buddaviylarning monaxlik jamoasiga a'zo bo'lib kira olardilar. Bu bilan ular jamoaning teng huquqli a'zosiga aylanardilar va ma'lum insoniylik huquqlariga ega bo'lardilar. Bu omil oddiy mehnatkashlarni bu din tarafdorlariga aylantinnay qolmasdi.Bundan tashqari, bu din — og'ir qurbonliklar qilishni, murakkab marosimlarni bajarislmi talab etmasdi. Qolaversa, Gautama va uning shogirdlari yangi dinning ta'limoti mazmunini hammaga tushunarli tilda sodda qilib bayon etganlar.Ayni paytda, bu din ta'limotidagi «kuch ishlatmaslik» to'g'risidagi qoida hukmron sulolalar manfaatiga ham to'la javob bergan. Chunki bu qoida ularga o'z fuqarolarini itoatda tu- tishlarida katta omil hisoblanardi. Shuning uchun ular ham bu dinni qo'llab-quvvatlaganlar.Xususan, Mauriya sulolasi luikmdorlaridan biri — podsho Ashoka davrida buddaviylik davlat dini deb e'lon qilingan.
Siddxartxa Gautama Buddaviylikning muqaddas kitobi.Siddxartxa (topshiriqni bajaruvchi)Gautama miloddan avvalgi 563- yilda Hindistonning shimoli-sharqiy qismida (hozirgi Nepalning janubida) podsho xonadonida tug'ilgan. (Ba'zi manbalarda miloddan avvalgi 623- yilda tug'ilganligi ham qayd etilgan.) Uning otasi Suddxodan
Hindistonning shimoli-sharqiy qismida sakiylar sulolasi asos solgan Kapi Lavasta podsholigining hukmdori bo'lgan.
Sakiylar xonadonida o'tmishda Gotama nomli buyuk mutafakkir o'tgan. Siddxartxa uning sharafiga Gautama (Gotama avlodi) deb atalgan.Siddxartxaning onasi Mayya ismli ayol bo'lib, u Siddxartxa tug'ilgach, 7 kundan so'ng vafot etgan. Yetim qolgan Siddxart- xani xolasi Maxaprajpati tarbiyalagan.Siddxartxa barcha shahzodalarga xos ta'lim-tarbiya olgan. Podsho Suddxodan o'g'lining jamiyat hayotining salbiy tomonlarini ko'rmasdan yashashini istagan. Shuning uchun ham unga shohona hayot yaratib bergan. U dunyoviy ruhda tarbiyalana boshlagan. 16 yoshida uylantirib qo'yilgan. Ko'p o'tmay Sidd­xartxa o'g'illik bo'lgan. Siddxartxa 22 yoshigacha ana shunday shohona hayot kechirgan.Bir kuni Siddxartxa sayr etgani ko'chaga chiqqanida hayot u o'ylagandek emasligining guvohi bo'lgan. Chunonchi, u yo'lda butun tanasiga yara toshib ketgan birqari cholni, kasal yotgan bir odamni, bir oz yurgach esa, o'lib yotgan odam jasadini ko'radi. Bu hodisalar uning dunyoqarashini butunlay o'zgartirib yuboradi.
Buddaviylikning jahon diniga aylanishi.Podsho Ashoka hukmronligi (mil. av.269—232-yillar) davrida Hindistonda davlat diniga aylangan buddaviylik ke­yinchalik jahonning boshqa davlatlariga ham tarqala boshlagan. Xususan, Kushonlar hukmronligi davrida bu din bizning o'lkamizga ham kirib kelgan. Bu sulola, hatto buddaviylikka davlat dini maqomini bergan.Buddaviylik 900 yil davomida Hindistonda ravnaq topdi va gullab-yashnadi (mil. av. 250- yildan milodning 650- yiligacha). 650- yildan boshlab uning bu yerda nufuzi pasaya bordi. Va nihoyat, buddaviylik XII asr oxiri — XIII asr boshlarida Hindistondan siqib chiqarildi. Bunga Hindistonning shimolida musulmon sulolalari hukmronligining o'rnatilishi, Hindistonning boshqa qismlarida hinduiylik dinining to'Ia qaror topganligi sabab bo'ldi. Biroq buddaviylik yo'q bo'lib ketmadi. Aksincha, u ikki oqimga bo'lingan holda yashashda davom etdi. Bu ikki oqimning biri Xinayana (najot topishning tor yo'li), ikkinchisi esa Maxayana (najot topishning keng yo'li) deb ataladi.

Download 179,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish