sarhadlarigacha yetib borgan.
V.Rag`batlash.
VI.Uyga vazi fa.
SAVOL VATOPSHIRIQLAR
1. Buddaviylik asosiy manbasining nomlanishi «Tipitaka» qanday ma’noni anglatadi?
2. Buddaviylik ta’limotidagioqimlarning umumiy va o‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat ekanligini ayting.
3. «Inson o‘ziga xos mavjudot bo‘lib tug‘iladi, o‘zinio‘zi halok qiladi
yoki qutqaradi».Mazkur matndagi «o‘zini-o‘zi halok qiladi» degan
iboraga hayotiy misollar keltiring.
Sana: _________________________________ 2018 – 2019 - o’quv yili. Fan: Din Tarix. Sinf: 9
Mavzu: 10-§.XRISTIANLIK
Darsning maqsadi:
Ta`limiy- Xristianlikning paydo bo'lishi tarixidan. Xristianlik (Iso Masihga ishonuvchilar)dini paydo bo'lishi davriga ko'raikkinchi jahon dinidir. Qanday tarixiy shart-sharoitlar xristianlik dinining paydo bo'lishiga sabab bo'lgan?
Tarbiyaviy-Xristianlik ham boshqa dinlar singari kishilik jamiyati taraqqiyotining ma'lum bosqichida ijtimoiy hayot sohasida ro'y bergan chuqur o'zgarishlarning natijasi edi. Milod arafasida va milodning boshlarida jamiyat ijtimoiy hayotida ro'y bergan jiddiy o'zgarishlar nimalarda namoyon bo'lgan?
Rivojlantiruvchi-Tarixdan Sizga ma'Iumki, milodning boshlarida dunyodagi eng ulkan davlat — Rim imperiyasi edi. Rim dunyoning katta qismini, shu jumladan, Falastinni ham ishg'ol etgan edi. Biroq ayni paytda, bu ulkan imperiya tanazzulga yuz tutmoqda edi. Chunki hukmron quldorlik ishlab chiqarish munosabatlari taraqqiyotning to'sig'iga aylanib ulgurgan edi. Natijada imperiya iqtisodi yemirila boshlangan.
DAVLAT TA`LIM STANDARTI.
Hukmron tabaqalar imperiya inqirozining oldini olishga harakat qilib, yangi-yangi hududlarni bosib olishni davom ettirganlar. Mazlumlarni ezishni yanada kuchaytirganlar. Biroq bular imperiyani yanada holdan toydirgan. Chunki yangi hududlarni bosib olish, ularni va mazlumlarni doimiy itoatda tutish juda katta mablag' talab etar edi.
Rim hukmron tabaqalari mustamlakalar va mazlumlarni itoatda tutish, ularga dahshat solish maqsadida ularning mavjud tartibga qarshi har qanday harakatlarini shafqatsizlik bilan bostirganlar.
Mazlumlar kurash yo'li bilan ozod bo'lishdan umidlarini butunlay uzib qo'yganlar. Ular ilohiy xaloskordangina madad kuta boshlaganlar.
YODDA TUTING:
Imperiya diniy e'tiqodlari esa qullarga hatto sabr va umid ham bera olmagan. Chunki imperiya rasmiy diniy e'tiqodi mavjud zulmni himoya qilgan. Hech bo'lmasa, mazlumlarga — u dunyoda yaxshi yashashni va'da qilmagan.
Rim imperiyasi o'z mustamlakasi xalqlariga imperiya rasmiy diniy e'tiqodini zo'rlab qabul qildirishga uringan bo'lsada, buning uddasidan chiqa olmagan. Birinchidan, imperiyaning rasmiy diniy e'tiqodi ayrim olingan bitta xalqning e'tiqodi edi. Shuning uchun ham u faqat shu xalq (rimliklar) turmushini ifodalagan, xolos.
Ikkinchidan esa, bo'ysundirilgan xalqlar istilochilarga qanday nafrat bilan qaragan bo'lsalar, ularning xudolariga ham shunday nafrat bilan qaraganlar. Mazlum xalqlar ilohiy xaloskordan madad kuta boshlaganlar. Bu paytda jamiyat uchun milliy va tabaqa chegaralarini tan olmaydigan, barcha azob-uqubat chekayotganlarga, mazlumlarga taskin bera oladigan, ularni bu azob-uqubatlar, zulmlar dunyosidan boshqa dunyoga olib keta oladigan yangi din zarur edi.
Shu tariqa xristian dini paydo bo'ldi va qullar orasida keng tarqaldi. Shu ma'noda xristian dini dastlab mazlumlar dini bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |