Darsning maqsadi. Ta`limiy-Bugungi barkamol avlod barcha bilimlar qatdri dunyo xalqlari dinlaridan ham xabardorbo'lmog'i lozim. Siz «Dunyo dinlari tarixi»



Download 179,32 Kb.
bet18/44
Sana23.07.2022
Hajmi179,32 Kb.
#843791
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
Bog'liq
10-sinf DUNYO DINLARI TARIXI

DAVLAT TA`LIM STANDARTI.
Rim cherkovi istalgan odamni, butun bir viloyatni va hatto butun bir davlatni cherkovdan rad eta olardi. Bunday hoi ro'y berganida o'sha viloyat yoki davlatdagi ibodatxonalarbekitilgan. Tug'ilgan chaqaloqlarga ism berilmagan. Vafot etganlar esa qabristonga ko'milmagan. Natijada, viloyat hokimlari yoki davlat hukmdori Rim papasiga tavba qilib kelgan.
O'quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi
Metod: Passiv: Hikoya. Shakllari:Matn bilan ishlash. Taqqoslash.
Vosita: Dunyoning siyosiy xaritasi, darslik, daftar, doska, bo'r.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. 2 daqiqa.
O'quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O'zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II.Uy vazifasini takrorlash. 12 daqiqa.
1.Milodiy yil hisobiga qanday buyuk tarixiy voqea asos qilib olinganligini eslang.
2.Xristianlik dini paydo bo'lishiga sabab bo'lgan tarixiy shart-sharoitlar haqida so'zlab bering va ularni guruhlarga ajrating.
3.Xristianlik dini paydo bo'lmasligi ham mumkin edimi?
4.Qanday sabablarga ko'ra xristianlik davlat diniga aylangan?
5.Siz xristianlik aqidalarining to'la qaror toptirilishi uzoq davom etganli- gini qanday izohlagan bo'lar edingiz?
6.Iso Masih haqida nimalarni bilib oldingiz?
7.Xristianlik muqaddas kitobi — «Yangi Ahd» haqida so'zlab bering.
8.Xristianlik ta'limoti mazmuni haqida nimalarni bilib oldingiz?
III.Yangi mavzu ba`yoni:
Sharqiy imperiya — Vizantiyada esa cherkovning ahvoli mutlaqo boshqacha edi. Vizantiya cherkovi Rim cherkovi kabi hokimiyatga ega bo'lmagan. U amalda davlatning bir muassasa- siga aylanib qolgan. Vizantiyada, hatto soborlarning qarorlari ham imperatorning maxsus farmoyishi bilan tasdiqlangandan keyingina kuchga kirgan. Bunga Vizantiyada kuchli imperatorlik hokimiyati saqlanib qolganligi sabab bo'lgan. Rim cherkovi asrlar davomida Vizantiya cherkovini bo'ysundirishga har qancha urinmasin, buning uddasidan chiqa olmagan.
Bundan tashqari, bu ikki cherkov boshqa davlatlardagi xristian cherkovlarini o'zlariga bo'ysundirishga ham uringanlar. Bu hoi ularning munosabatlarini yomonlashtirib yuborgan.
Xristianlik aqidalarini turlicha talqin etish esa, bu ikki cher­kov munosabatlarini yanada keskinlashtirib yuborgan. Natijada 1054- yilda Rim papasi Lev IX bilan Konstantinopol patriarxi Kirulariy bir-birini anafema qilganlar. Buning oqibatida xristianlik ikkiga bo'linib ketgan. Ulardan biri — Rim papasiga bo'ysunuvchi katolik cherkovi deb, ikkinchisi esa Konstantinopol patriarxiga bo'ysunuvchi pravoslavlik cherkovi, deb nom olgan.
Pravoslavlik haqida. Pravoslavlik (chin e'tiqod) Rim imperiyasi 395- yilda bo'linib ketganidan ke-yin xristianlikning sharqiy yo'nalishi bo'lib qolgan va Vizanti-yada davlat e'tiqodi maqomiga ega bo'lgan. Pravoslavlik Sharqiy Yevropada va Yaqin Sharqda keng tarqala boshlagan.
Xususan, 988- yilda Rus davlati xristianlikning shu oqimini qabul qilgan. Bu Rus tarixida katta ijobiy hodisa edi. Chunki birinchidan Rus endi Yevropa davlatlari bilan yaqinlashish imkoniga ega bo'lgan. Ikkinchidan, Vizantiyaning ko'p asrlik ilg'or madaniyati Rus madaniyatining bundan keyingi taraqqiyotiga katta ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Bugungi kunda Rus pravoslavlik cherkoviga Moskva va butun Rus patriarxi boshchilik qiladi.
Pravoslavlik dunyo bo'yicha yagona diniy markazga ega emas. Binobarin, pravoslavlik cherkovining yagona boshlig'i ham yo'q.
Bugungi kunda pravoslavlikda 15 ta mustaqil (avtokefal) cherkov — Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus, Rus, Gruzin, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Yunoniston, Alban, Polyak, Che- xiya va Amerika mavjud. Ular o'rtasida turli masalalarda tafovutlar bo'lsa-da, davrimizning dolzarb muammolarini baholashda o'zaro hamkorlik qiladilar. 1961- yildan buyon umumpravoslav kengashi o'tkazilib kelinmoqda.
Katoliklik haqida. Yuqorida ta'kidlanganidek, katoliklik 1054-yilda xristianlikning bo'linishi oqibatida paydo bo'lgan. Katolik cherkovi yagona markazga ega. Unga Rim papasi rahbarlik qiladi.
Papaning qarorgohi Italiyada joylashgan bo'lib, bujoy Vatikan deb ataladi. Vatikan 1929- yildan boshlab shahar-davlat maqomiga ega. Uning hududi 44 gektarni tashkil etadi. Vatikan hududida turli saroylarva ibodatxonalar, shu jumladan, mashhur muqaddas Pyotr sobori — katoliklar olamining asosiy cherkovi joylashgan. Vatikan jami katolik cherkovlarining markazi bo'lib, Rim papasi ana shu yerdan turib ularga rahbarlik qiladi.

Download 179,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish