Darsning maqsadi. Ta`limiy-Bugungi barkamol avlod barcha bilimlar qatdri dunyo xalqlari dinlaridan ham xabardorbo'lmog'i lozim. Siz «Dunyo dinlari tarixi»



Download 179,32 Kb.
bet44/44
Sana23.07.2022
Hajmi179,32 Kb.
#843791
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
10-sinf DUNYO DINLARI TARIXI

V.Rag`batlash.

  • VI.Uyga vazifa.

  • SAVOL VATOPSHIRIQLAR


    1. Aqidaparast-ekstremistik tashkilotlarning u yoki bu davlatda amalga oshirgan qabih ishlari haqida nimalarni bilib oldingiz?

    2. Matndan aqidaparastlikning O'zbekistonga tahdidi nimalarda namoyon bo'layotganligini aniqlang va ularni daftaringizda qayd eting.

    3. O'zbekistonda aqidaparastlik qanday tarqaldi? Uning dastlabki faoliyati haqida so'zlab bering.

    4. 1997- yilda yuz bergan Namangan voqealari to'g'risida so'zlab bering.

    5. 1999- yil 16- fevral kuni aqidaparastlar qanday qabih jinoyatga qo'l urdilar?

    6. Fevral voqealarining achchiq saboqlari nimalardan iborat?

    7. Nega Siz hech qachon aqidaparastlarga qo'shilmasligingiz lozim?

    8. Andijon voqealari haqida nimalarni bilib oldingiz?

              1. Sana: __________________ Kun: ________________ 20___ - 20___ - o’quv yili. Fan: Tarix. Sinf:___________________

              2. Mavzu: O'ZBEKISTON - AN'ANAVIY DINIY BAG’RIKENGLIK O'LKASI.

              3. (So'nggi so'z o'rnida)

              4. Bugun O'zbekiston diniy bag'rikenglik (tolerantlik) va dinlararo murosa borasida nafaqat MDH davlatlariga, balki butun dunyoga namuna bo'lmoqda. Bu haqda Moskva va butunrus pat-riarxi Aleksiy II, AQSH senatori Xillari Klinton xonim va sobiq AQSH davlat kotibi Madlen Olbraytlar yurtimizga ziyoratlari vaqtida ta'kidlab o'tdilar. Albatta, xalqimizga azaldan xos bu xislat bir zumda paydo bo'lgan emas, u uzoq tarixga ega.

              5. Ma'lumki, ilk qadimgi zamonda xalqlar va elatlar o'rtasida umuman diniy adovat bo'lmagan. Qadimgi dunyo aholisining tasavvurida har bir davlat, har bir shahar va har bir qabila o'z mahalliy bosh xudosi va koinot hamda tabiat kuchlarini ifoda- lovchi juda ko'p boshqa xudolarga sig'ingan. Bu xudolar bir- biriga aynan o'xshash bo'lsa-da, ammo har bir xalqning tilida turli ismlar bilan nomlangan. Qadimgi zamonning oxirida inson ruhining ulkan yutug'i va dunyoqarashining haqiqiy inqilobi sifatida yahudiylikning so'nggi bosqichi, xristianlik, so'nggi zardushtiylik va islom kabi etik (yuksak axloqqa asoslangan) dinlar paydo bo'ldi. Ammo ular ayni vaqtda bejiz dogmatik (aqidaviy) dinlar deb atalmaganki, xalqlar o'rtasida o'zaro diniy kelishmovchilik va raqobatni yuzaga keltirdi. Mazkur dinlarning har biri faqat bir xudo (ya'ni faqat shu dinga xos xudo) bor, boshqalarning xudosi but-sanamdan bo'lak narsa emas, deb hisoblay boshladilar. Hatto bir din vakillari orasida ham «haqiqiy-nohaqiqiy»ga ajratish yuz berdi. Xullas, mana deyarli 2 ming yildan beri yer yuzida «haqiqiy e'tiqod» yo'lida qonli mojarolar davom etib kelmoqda. Baxtli tasodif tufayli O'zbekiston tarixi bu «umumiy qoida»dan mustasno tarzda kechdi deyish mumkin, ya'ni bizda diniy asosda birorta urush sodir bo'lgani yo'q.

              6. Bundan deyarli 1,5 ming yil avval hozirgi O'rta Osiyoni o'z ichiga olgan G'arbiy turk hoqonligi taxtida o'tirgan Istami (552— 576- yillar) bag'rikeng hokim sifatida tanilgandi. Shu davrda turkiy qabilalarda diniy tafakkur o'z taraqqiyotining eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan, bosh xudo — Tangriga sig'inish keng miqyosdaboshlangandi. Shunday bo'lsa-da, Istami-hoqon o'lkada ma'lum bo'lgan barcha dinlarga erkin yo'l qo'yib berdi.

    1. asr boshida Movarounnahrga islom dinining kirib kelishi hamda yangi monoteistik din va mahalliy dinlarning bir-biriga o'zaro singishi natijasida O'rta Osiyo xalqlari ijtimoiy ongida ajib o'zgarish yuz berdi: ular Allohni qabul qilganlari holda xuddi shu ma'noda Tangri atamasini ishlatishda davom eta berdilar. Umummusulmon davlatida qaysidir odatlar islomiy yoki g'ayriislomiy ekanligi haqida bahslar va ixtiloflar avjiga chiqqan bir paytda Movarounnahrda islom ma'naviy dunyosiga mansublikning o'zi asosiy mezon rolini o'ynaydi.

    2. asrdan boshlab hozirgi O'zbekiston hududida islom dini sunna yo'nalishining hanafiy (Imom A'zam) mazhabi qaror topdi. Bu ham bejiz bo'lmasa kerak, zero Imom A'zam mazhabi o'zga dinlar va mahalliy urf-odatlarga nisbatan erkinlik berish bilan boshqa mazhablardan ajralib turadi. Hanafiylik ta'limotini takomulga yetkazgan vatandoshlarimiz — Ai-Moturidiy va Al- Marg'inoniy kabi allomalar musulmonlar orasidagi g'oyaviy tarafkashlikka barham berish, islom dinining sunna yo'nalishi va, alalxusus, «ahli sunna va jamoa» yo'li barqaror bo'lib qolishiga katta hissa qo'shdilar. Nafaqat buyuk allomalar, balki O'rta Osiyo hukmdorlari ham bu yo'lda kurashdilar. Masalan, X asr o'rtalarida musulmon dunyosida shia yo'nalishi (Shimoliy Afrika, Misr, Suriya, Hijozda — fotimiylar, Yamanda — zaydiylar va hatto abbosiylar poytaxti Bag'dodda — buvayhiylar) ustunlikka erishgan bir paytda o'rtaosiyolik tohiriy, somoniy, g'aznaviy va qoraxoniy hokimlar «ahli sunna va jamoa»ni qattiq turib himoya qildilar.

              1. XIII— XIV asrlarda mo'g'illarga qarshi ozodlik kurashi jara- yonida mintaqa aholisining diniy tafakkurida yana bir muhim o'zgarish yuz berdiki, buning natijasida yassaviya, kubroviya, naqshbandiya kabi suftylik tariqatlari shakllandi. O'rta Osiyo sufiylari islom dinining ilg'or vakillari sifatida obro'-e'tibor topdilar. Boshqachasiga aytganda, bu davrda islom tasavvuf shaklida O'rta Osiyo uchun ma'naviy va g'oyaviy birlashtiruvchi kuch rolini o'ynaydi. Sufiylar sarbadorlar harakatida faol qatnashgani bejiz emas edi. Buyuk Amir Temur aynan mana shunday ma'naviy muhitning vakili sifatida tarix sahnasiga chiqdi.

              2. O'z davrining ramzi bo'lgan Amir Temur e'tiqod va ma'naviyatning katta ahamiyatini to'g'ri idrok etgan. Ali Yazdiy AmirTemurni haqli ravishda e'tiqodi komil inson sifatida ta'riflaydi. Eng muhimi, Amir Temur «ahli sunna va jamoa»ga doim sodiq, diniy aqidaparastlikka qat'iy qarshi bo'lgan. Qisqasi, u islom dinini mutaassiblikdan xoli, erkin tushungan; uning komil e'tiqodi boshqa dinlarni rad etish hisobiga bo'lmagan va shu jihatdan ham u nafaqat o'z asri, balki hozirgi zamon kishisi uchun ham namunadir.Umuman olganda, O'zbekistonda sovet g'oyaviy hukmronligi o'rnatilgunga qadar islom dini jamiyatning ma'naviy ozig'i vazifasini bajarib keldi. Marksistik ateizmdan eng ko'p jafo chekkan xalq o'zbekistonliklarbo'ldi, desak, mubolag'abo'lmas. 30- yillarda respublikada «Xudosizlar» nomi bilan o'zbek tilida jurnal nashr etildi, minglab diniy kitoblar yoqib yoki ko'mib tashlandi, yuzlab masjid va madrasalar omborxonalarga aylantirildi yoki tashlandiq holga keltirildi, arab lili va islom tarixining bilimdonlari quvg'in ostiga olindi. Bundan atigi 15 yil burun diniy bayramlar va marosimlar taqiqlangani, hatto sevimli xalq bayrami «Navro'z» ga ham diniy tamg'a urilib, man qilingani mazkur tuzumning asl qiyofasini ko'rsatadi.

              3. Ammo manfur tuzum o'z maqsadiga yetisha olmadi. "3oshqacha bo'lishi mumkin ham emasdi. Chunki sobiq «qizil imperiya» tarkibiga majburan kiritilgan O'zbekiston fuqarolari- ning aksariyatida «sovet kishisi»dan tashqari yana bir «narsa» bor edi. Bu «narsa» — etnik, til va irqiy mansublikdan qat'i nazar musulmonchilik edi. Jahondagi barcha musulmonlar hech bo'lmaganda ikki madaniy muhitda yashaydilar. Biri — ona vatanning etnik tarkibi bilan bog'liq mahalliy madaniyati, ikkinchisi — islomga kirgach, shakllangan musulmon madaniyati. Uzoq tarixga ega bo'lgan musulmon jamoalarida mazkur ikkala muhit bir-birlari bilan chambarchas bog'lanib ketgan.2000- yil sentabrida Toshkent islom universitetida dinlarni qiyosiy o'rganish bo'yicha YUNESKO kafedrasi ochildi. Ushbu kafedraga bizning jamiyatimizda hamda jahon dinshunosligida ehtiyoj juda katta edi. Bemalol aytish mumkinki, kafedrani tashkil qilish masalasi Prezidentimiz I.Karimov e'tiborlari, aniqrog'i, tashabbuslari bilan o'rtaga tashlandi. YUNESKO rahbariyati bu tashabbusni qo'llab-quvvatladi. Fan, ta'lim va madaniyat sohasidagi eng nufuzli xalqaro tashkilotning Bosh direktori Koichiro Matsuura janoblarining shaxsan o'zi kelib, kafedrani ochishi fikrimiz isbotidir. Kafedra birinchi navbatda universitetning o'quv jarayonida faol qatnashadi. Yangi-yangi maxsus kurslar kiritiladi. Bundan tashqari dinlarni qiyosiy o'rganish bo'yicha tadqiqotlar olib boriladi. Toshkent islom universiteti faqat islom dini bilan bog'liq fanlar bilan cheklanib qolmaydi. Dunyodagi barcha dinlar hatto qadimgi ibtidoiy dinlar ham insoniyat ongi va tafakkurida muayyan iz qoldirgan. Biz ularni «yo'q bo'ladi» deb emas, balki borligicha, bir-biri bilan qiyos qilgan holda o'rganamiz.

              4. XX asr bashariyat tarixiga ikki jahon urushi sodir bo'lgan asr sifatida yozildi. Butun jahon afkor ommasi XXI asr — tinchlik asri bo'lmog'i uchun kurashmoqda. Bu yo'lda diniy bag'rikenglik, dinlararo muloqot katta ahamiyat kasb etadi. An'anaviy diniy bag'rikenglik o'lkasi sifatida ma'lum va mashhur bo'lgan O'zbekiston bu jabhada ham o'z vazifasini sharaf bilan ado etmoqda.




    O’QITUVCHI: DJUMANOV J.



    Download 179,32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish