74-modda. Suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini buzish
Tabiiy suv oqimlari (jilg‘alar, soylar, daryolar va boshqalar), suv havzalari (ko‘llar, dengizlar) va boshqa tabiiy suv obyektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini, suv olish limitlarini buzish, shuningdek loyihada nazarda tutilgan baliqlarni muhofaza qilish inshootlari va qurilmalari bo‘lmagan holda ulardan suv olishni amalga oshirish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Sun’iy suv oqimlari (ochiq va yopiq kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari), suv havzalari (suv omborlari, sel suvlari to‘planadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) hamda boshqa sun’iy suv obyektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini buzish, ya’ni suvdan xo‘jasizlarcha foydalanish, suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni o‘zboshimchalik bilan bajarish, suv obyektlaridan belgilangan suv olish limitlari, suvdan foydalanish va suv iste’moli rejalarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yer osti suvli qatlamlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini, yer osti suvli qatlamlaridan suv olish limitlarini buzish, yer osti suvlaridan o‘zboshimchalik bilan suv olish, bundan jismoniy shaxslarning o‘z ehtiyojlari, shu jumladan tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun suvdan umumiy foydalanishi mustasno, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
23-vaziyat.
Kuzgi ta’til kunlarida G. ota-onasi va ukalari bilan dala hovliga dam olishga bordi. Kech kuz bo‘lganligi uchun hamma yoqni daraxt barglari qoplagan. G. ukalari bilan hovlidagi va ko‘chadagi barglarni dalaning bir chekkasiga to‘pladi-da,yoqib yubordi. Bu holatni ko‘rgan otasi darhol kelib,gulxanni o‘chirdi va o‘g‘liga tanbeh berdi. Chuqurroq o‘ra qazishni va barglarni ana shu o‘raga ko‘mib yuborishni buyurdi. Agar barglar yoqib yuborilsa,qanday huquqiy oqibat kelib chiqishi mumkin edi? Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida Kodeksning quyidagi moddalarni asos qilib olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |