5. Uyga vazifa: Uy vazifasini e’lon qilish va tushuntirish.
Dars ishlanma 18
Bosh mavzu: 4.8. Favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya tadbirlarini tashkillashtirish va otkazish
Darsning maqsadi: 1. Tarbiyaviy: Uquvchilarni vatanga muhabbat va saodat ruhida tarbiyalash.
2. Ta’limiy: Uquvchilarda xarbiy xizmatga oid boshlang’ich kunikmalarni shakillantirish.
3. Rivojlantiruvchi maqsad: Olgan bilim va kunikmalardan zarur holatlarda o’z o’rnida samarali foydalanish.
Kerakli jihoz: ________________________________________________________________________________________
Dars o’tish joyi: ________________________________________________________________________________________
Dars jarayoni: 1. Tashkiliy qism: salomlashish, davomat va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsga qatnashmayotgan o’quvchilarni sinf jurnaliga qayt etish.
2. uy vazifasini surash: o’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini savol javob, mini test orqali sinash va faol qatnashgan o’quvchilarni baholash, bahlarni jurnalga quyish.
3. Yangi mavzu bayoni:
Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning tadbirlaridan biri aholini rejalashtirilgan tartibda evakuatsiya qilishdir. Bu ishlarni sifatli va tezkor bajarish uchun har bir fuqaro umumiy majburiyatlarni bilishi lozim.
Fuqarolarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari.
Fuqarolar:
xavfsizlik choralariga rioya etishlari, ishlab chiqarish va texnologiya intizomi, ekologik xavfsizlik talablari favqulodda vaziyatlar roy berishiga olib kelishi mumkin bolgan tarzda buzilishiga yol qoymasliklari;
muhofazalanishning asosiy usullarini, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam korsatish yollarini organishlari hamda oz bilim va amaliy konikmalarini takomillashtirishlari;
favqulodda vaziyatlar roy berishiga olib kelishi mumkin bolgan avariyalar, ofatlar va halokatlar tahdididan darak beruvchi alomatlar borligi togrisida tegishli organlarga xabar berishlari;
favqulodda vaziyatlar tahdid solgan va boshlangan sharoitlarda ogohlantirish belgilarini, harakat qilish tartibini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan foydalanish usullarini bilishlari;
zarurat bolganda qutqaruv ishlari va kechiktirib bolmaydigan boshqa ishlarni otkazishda yordamlashishlari shart.
Fuqarolarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi
huquqlari.
Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
favqulodda vaziyat roy berganda, hayotlari, sogliqlari va shaxsiy molmulklari muhofazalanishi;
umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan, mahalliy hokimiyat organlarining, korxonalar, muassasa va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish uchun moljallangan boshqa mulkidan foydalanish;
mamlakat hududining muayyan joylarida bolganda ular duch kelishi mumkin bolgan xavf-xatar darajasi hamda zarur xavfsizlik choralaridan xabardor bolish;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalari yuzasidan davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga murojaat etish;
favqulodda vaziyatlar roy bergan zonalarda ishlaganligi uchun bepul tibbiy xizmat, kompensatsiya va boshqa imtiyozlar olish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish mobaynida majburiyatlarni bajarish chogida sogligiga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya va imtiyozlar olish;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish majburiyatlarini bajarish chogida orttirgan kasalligi munosabati bilan mehnat qobiliyatini yoqotganda, nogironligi mehnatda mayib bolish oqibatida kelib chiqqan xodimlarga belgilangan tartibda pensiya olish;
boquvchisini aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish majburiyatlarini bajarish chogida orttirgan mayiblik, kasallikdan halok bolganligi yoki vafot etganligi munosabati bilan yoqotganda, mehnatda mayib bolish tufayli halok bolgan shaxsning oila azolari uchun belgilangan tartibda pensiya olish.
Davlat ijtimoiy sugurtasi tartibi va shartlari, kompensatsiyalar, imtiyozlar turlari va miqdorlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Aholi bilan reja boyicha oquv mashqlari olib boriladi. Faqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish sohasida, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarlikdan otayotgan aholi guruhlari tayyorlashning asosiy vazifalari, shakllari va usullarini belgilaydi.
Ishlab chiqarish va xizmat korsatish sohasida band bolgan aholi, umumtalim maktablari, idoraviy boysunishi va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qati nazar boshlangich, orta va oliy kasb-hunar talimi muassasalarining oquvchilari, Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar, respublika va viloyat boysunishida bolgan shahar, tumanlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklar, idoralar, mulkchilik shaklidan qati nazar birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari hamda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasi mutaxassislari, ishlab chiqarish va xizmat korsatish sohalarida band bolmagan aholi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida tayyorgarlikdan otishlari lozim.
Quyidagilar favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida tayyorlashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
aholini barcha guruhlarga favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish qoidalari va asosiy usullarini, jamoa va yakka tartibda himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini orgatish;
boshqaruvning barcha darajadagi rahbarlarini aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boyicha harakat qilishga tayyorlash va qayta tayyorlash;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarida qutqaruv va boshqa kechiktirib bolmaydigan ishlarni otkazish uchun kuch va vositalarni tayyorlash hamda ularni boshqarish konikmalarini hosil qilish, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishda xodimlarning oz vazifalarini amaliy egallashi.
Ishlab chiqarish va xizmat korsatish sohalarida band bolgan aholini tayyorlash, ish joylarida mashgulotlar otkazish va tavsiya qilinadigan dasturlarga muvofiq favqulodda vaziyatlarda harakat qilishni mustaqil ravishda organish, keyinchalik oquv mashqlarida va mashgulotlarda olingan
bilim va malakalarni mustahkamlash yoli bilan amalga oshiriladi.
Umumiy orta talim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining oquvchilarini, oliy oquv yurtlarining talabalarini tayyorlash favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi umumtalim dasturlariga muvofiq oqish vaqtida amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda aholini evakuatsiya qilish eng murakkab tadbirlardan biri hisoblanadi. Chunki evakuatsiya qilish uchun rahbariyat katta amaliy bilim va tajribaga ega bolishi lozim. Shu bilan birga, evakuatsiyada ishtirok etadigan aholi chuqur bilimga ega bolishi kerak. Evakuatsiya ogir sharoitlarda, uzluksiz, kecha-yu kunduz, ob-havo ozgarishi sharoitida, qishda va yozda, sovuq va issiqda olib borilishi mumkin. Quyida aholi evakuatsiyasiga tayyorlanish va otkazish uchun kerakli malumotlar keltirilgan.
Evakuatsiya bu tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyat yuz bergan yoki favqulodda vaziyat yuzaga kelish ehtimoli bolgan hududlardan aholini tashkiliy tarzda transportda yoki piyoda olib chiqish hamda uni vaqtincha joylashtirish tadbirlari majmuyi.
Evakuatsiya:
otkazish vaqtiga kora: oldindan otkaziladigan; shoshilinch (kechiktirib bolmaydigan);
favqulodda vaziyat kolami va evakuatsiya qilinadigan aholi soniga kora: lokal; mahalliy; mintaqaviy;
aholini qamrab olishiga kora: umumiy; qisman turlarga bolinadi
Cheklangan evakuatsiya (lokal) favqulodda vaziyat manbayi ehtimoliy shikastlovchi omillarining tasir maydoni alohida shahar mavzelari yoki qishloq aholi manzilgohlari chegarasidan chiqmay, kochiriladigan aholi soni bir necha ming kishidan oshmagan taqdirda otkaziladi.
Mahalliy evakuatsiya favqulodda vaziyat hududiga ortacha kattalikdagi shaharlar, yirik shaharlarning alohida tumanlari, qishloq tumanlari tushib qolgan hollarda otkaziladi. Bunda kochiriladigan aholi soni bir necha mingdan on minglab kishiga yetishi mumkin.
Mintaqaviy evakuatsiya shikastlovchi omillar anchagina keng maydonga yoyilib, yirik shaharlarni ham oz ichiga olgan, aholisi juda zich joylashgan bir yoki bir necha mintaqa hududini qamrab olgan hollarda amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyat hududida qolgan va evakuatsiya qilinadigan aholi soniga kora evakuatsiya ikki turga ajratiladi:
Umumiy evakuatsiya favqulodda vaziyat hududidan aholining barcha toifasi olib chiqilishini nazarda tutadi.
Qisman evakuatsiya favqulodda vaziyat hududidan mehnatga layoqatsiz aholi, maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab, litsey, kollej, oliygoh oquvchi va talabalari olib chiqilishi zarur bolganda otkaziladi.
Odamlar hayoti va salomatligi uchun xavf mavjud ekanligi aholini evakuatsiya qilish haqida qarorga kelish uchun asos hisoblanadi.
Evakuatsiya otkazish haqidagi qarorga kelish huquqiga hududida favqulodda vaziyat yuz bergan yoki prognoz qilinayotgan hokimliklar, mahalliy ozini ozi boshqarish organlari rahbarlari (fuqaro muhofazasi boshliqlari) ega.
Favqulodda vaziyat kolami va evakuatsiyaning muddatiga kora u shoshilinch va oldindan otkaziladigan bolishi mumkin.
Kechiktirmay qaror qabul qilish talab qilinadigan hollarda local xarakterga ega shoshilinch evakuatsiya xavf ehtimoli bor obyektning navbatchi dispetcherlik xizmati boshligi korsatmasiga binoan otkazilishi ham mumkin.
Aholi evakuatsiyasini taminlash rejalari tegishli doimiy faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari tomonidan ishlab chiqiladi.
Aholi evakuatsiyasi ishlab chiqarish-hududiy yoki hududiy tamoyilga muvofiq rejalashtiriladi, tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish-hududiy tamoyil favqulodda vaziyat hududidan ishchilar, xizmatchilar, talabalar, oquvchilarni, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar
boyicha ishlab chiqarish va xizmat korsatish sohasida band bolmagan aholini yashash joyidan transportda (piyoda) olib chiqishni nazarda tutadi.
Hududiy tamoyil ishlab chiqarish va xizmat korsatish sohasida band bolmagan aholini yashash joyidan mahalla qomitalari orqali olib chiqishni kozda tutadi.
Ayrim hollarda evakuatsiya hududiy tamoyil asosida, yani evakuatsiya elon qilingan vaqtda bevosita aholi qayerda bolsa, osha yerdan amalga oshiriladi.
Aholini favqulodda vaziyat hududidan evakuatsiya qilish har bir holda favqulodda vaziyatning yuzaga kelish va rivojlanish sharoitlari, shikastlovchi omillar tasirining xarakteri va hudud vaqt korsatkichlari bilan aniqlanadi.
Favqulodda vaziyat xavfi togrisida ishonchli prognoz olinganidan song tayyorgarlik tadbirlari otkaziladi. Bundan maqsad favqulodda vaziyat hududidan aholini tashkiliy tarzda transportda yoki piyoda olib chiqib ketish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishdir. Ular qatoriga:
evakuatsiya organlarini shay holatga keltirish va ish tartibini aniqlashtirish;
evakuatsiya qilinadigan, jumladan, transportda va piyoda evakuatsiya qilinadigan aholi sonini aniqlash va ularni piyoda yonalishlariga biriktirish;
evakuatsiya yonalishlarini tayyorlash, yol belgilari va korsatkichlarini ornatish, toxtash joylarini jihozlash;
yigma evakuatsiya punkti, transportga chiqarish-tushirish punktlarini tayyorlash;
xabar berish va aloqa tizimlari shayligini tekshirib korish;
mavjud muhofaza inshootlarini shay holatga keltirish kiradi. Evakuatsiya otkazish togrisida xabar olingandan song quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
evakuatsiya organlari, korxona, tashkilot rahbarlariga, shuningdek, aholiga evakuatsiya boshlangani va otkazilish tartibi togrisida xabar berish;
evakuatsiya organlarini yoyish va shay holatga keltirish;
xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilinadigan aholini yigish va jonatishga tayyorlash;
piyoda kolonnalarini shakllantirish va boshlangich punktlarga olib chiqish, transportlarga chiqarish joylariga transport vositalarini keltirish va aholini chiqarish;
evakuatsiya qilingan aholini avvaldan hayot faoliyatining birinchi navbatdagi turlari taminlab qoyilgan xavfsiz joylarda qabul qilib olish va joylashtirish.
Zilzilada evakuatsiya yo mahalliy, yo mintaqaviy korinishga ega boladi. Evakuatsiya otkazish muddati yol-transport imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Evakuatsiya ishlab chiqarish-hududiy tamoyil asosida bitta bosqichda zarar korgan hududlarda yigma evakuatsiya punktlarini yoyish orqali amalga oshiriladi.
Radioaktiv zararlanishda evakuatsiya yo mahalliy, yo mintaqaviy tarzda, hududiy tamoyil asosida, ayrim obyektlar (bolalar uylari, psixonevrologik tibbiyot muassasalari, internat va h.k.)larni istisno qilgan holda otkaziladi. Evakuatsiya 2 bosqichda: 1-transportga chiqqan joydan oraliq evakuatsiya punktlarigacha; 2-oraliq evakuatsiya punktidan rejadagi joylargacha otkaziladi. Oraliq evakuatsiya punktida «toza transport»ga otkazish amalga oshiriladi.
Kimyoviy avariyada bevosita iqtisodiyot obyekti yaqinida yashovchi aholi vaqt tanqisligi bois, odatda, xavfli hududdan olib chiqib ketilmaydi, aksincha, pana joylarda va germetiklangan xonalarda berkinadi.
Seldan xavfli hududlardan evakuatsiya sel oqimi shakllanishi xavfi yuzaga kelganida, shakllanayotgan davrda, alohida hollarda sel oqimi toxtaganidan song otkazilishi mumkin.
Xabar berish oldindan (prognoz boyicha) yoki sel boshi signal ustunidan otganidan song beriladi.
Qor kochkisi xavfi mavjud hududlardan evakuatsiya qor kochkisi tushishi xavfi yuzaga kelganida, ular tushishi toxtaganidan song (hayotiy taminot obyektlari vayron bolganida) otkaziladi. Evakuatsiya hududiy tamoyil asosida tashkil etiladi va rejali xarakterga ega bolishi, buning iloji bolmagan hollarda shoshilinch bolishi lozim.
Halokatli suv bosishlari va suv toshqinlarida evakuatsiya gidrotexnik inshoot yorilganda yoki suv havzalaridagi suv sathi oshganda, shuningdek, suv obyektlari va hayotiy taminot tizimlari ishdan chiqqanida otkaziladi. Evakuatsiya lokal yoki mahalliy xarakterga ega bolib, oldindan otkaziladigan evakuatsiyada yigma evakuatsiya punktlari (ishlab chiqarish hududiy tamoyilida) yoyiladi. Vaqt tanqis bolgan hollarda esa evakuatsiya hududiy tamoyil asosida 1 yoki 2 bosqichda oraliq evakuatsiya punktlarini yoyish yoli bilan otkaziladi.
Aholi evakuatsiyasini rejalashtirish, tashkil qilish va otkazish bevosita shaharlar, tumanlar va viloyatlarning evakuatsiya organlari, davlat organlari, favqulodda vaziyatlar boshqarma va bolimlariga yuklatiladi. Evakuatsiya organlariga:
evakuatsiya komissiyasi (EK);
qabul qilish evakuatsiyasi komissiyalari (QQEK);
yigma evakuatsiya punktlari (YEP);
qabul qilish evakuatsiya punktlari (QQEP);
oraliq evakuatsiya punktlari (OEP);
piyoda evakuatsiya yonalishlarini boshqarish guruhlari;
evakuatsiya qilinadigan aholini transportda (piyoda) olib chiqish tezkor guruhlari kiradi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash: yangi mavzu yuzasidan o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini tezkor savollar orqali mustahkamlash, o’quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berish, “aqliy hujum”, “klaster” usullari yordamida mavzuni hulosalash. Faol o’quvchilarni baholash.
5. Uyga vazifa: Uy vazifasini e’lon qilish va tushuntirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |