Dars ishlanma 10
Bosh mavzu: 4-bob FAVQULODDA VAZIYATLAR SODIR BO’LGANDA AHOLINI MUHOFAZA QILISHNING ASOSIY TADBIRLARI
4.1. Favqulodda vaziyatlarda xabar berishning yagona tizimi
Darsning maqsadi: 1. Tarbiyaviy: Uquvchilarni vatanga muhabbat va saodat ruhida tarbiyalash.
2. Ta’limiy: Uquvchilarda xarbiy xizmatga oid boshlang’ich kunikmalarni shakillantirish.
3. Rivojlantiruvchi maqsad: Olgan bilim va kunikmalardan zarur holatlarda o’z o’rnida samarali foydalanish.
Kerakli jihoz: ________________________________________________________________________________________
Dars o’tish joyi: ________________________________________________________________________________________
Dars jarayoni: 1. Tashkiliy qism: salomlashish, davomat va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsga qatnashmayotgan o’quvchilarni sinf jurnaliga qayt etish.
2. uy vazifasini surash: o’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini savol javob, mini test orqali sinash va faol qatnashgan o’quvchilarni baholash, bahlarni jurnalga quyish.
3. Yangi mavzu bayoni:
Respublika, viloyat, shahar aloqa tizimi asosini boshqaruv punktlarining aloqa tarmoqlari tashkil etadi.
Boshqaruv punktlarining aloqa tarmog’i - bu boshqarishni ta’minlash uchun ishlatilgan aloqa kuchlari va vositalarining tashkiliy-texnik birlashmasidir.
Fuqaro muhofazasi tizimida televideniye, radio, radiorele, uyali aloqa vositalari, simli va signal beruvchi aloqa vositalari ishlatiladi.
Favqulodda vaziyat sodir bo’lgan joydan olingan xabarda kim xabar berayotgani, qaysi hududdan xabar berilayotgani, ayni paytdagi holat, yana qanday xavf sodir bo’lishi mumkinligi, qanday chora-tadbirlar o’tkazilgani va yordam berish turi aniqlashtiriladi.
Agar xabar sirena orqali berilsa, aholi sirenani eshitib, reja bo’yicha harakatlana boshlaydi.
Xabar berish tizimi lokal va markazlashgan bo’ladi. Xabar berishning lokal tizimi halokatli suv bosish ehtimoli mavjud hududlarda, atom energetikasi obyektlarida, kimyoviy xavfli obyektlar joylashgan hududlarda aholini zudlik bilan xabardor qilish maqsadida tashkil etiladi. Àhîliga o’z vaqtida xabar berish juda muhim. Lokal tizimlarning asosiy afzalligi tezkorlikdir.
Xabar berishning markazlashgan tizimi:
- shaharlarda, tumanlarda, obyektlar va qishloq joylarida, yirik aholi punktlarida markazlashgan va markazlashmagan tarzda «Diqqat, barchaga!» signalini berish;
- mahalliy radioeshittirish stansiyalarida simli eshittirish tarmoqlari orqali aholiga og’zaki xabar berish;
- televideniye orqali xabar berish;
- signal va axborotni respublika, viloyat, shahar, tuman, vazirlik va idoralarning boshqaruv punktlariga, shahar, tuman ichki ishlar bo’limlariga
yetkazish;
- mansabdor shaxslarga xonadon va xizmat telefonlaridan doimiy xabar berish orqali o’tkaziladi.
Fuqaro muhofazasi xabar berish signalini iqtisodiyot obyektlari ishchixizmatchilariga, FVDT tuzilmalariga va respublika aholisiga yetkazishnita’minlashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |